Polisaxaridlarga xos rangli reaksiyalar

Polisaxaridlarga xos rangli reaksiyalar

O'quvchilarga / Kimyo
Polisaxaridlarga xos rangli reaksiyalar - rasmi

Material tavsifi

Polisaxaridlarga xos rangli reaksiyalar Kerakli asbob va reaktivlar. Probirkalar (1,5 ml li) va tomchilatuvchi pipetkalar, shtativ, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, 0,1% li kraxmal eritmasi, 0,1% li glikogen eritmasi, Lyugol eritmasi, 10% li NaOH eritmasi etil spirti. Tajriba: Kraxmalga yod ta'sir ettirish reaksiyasi. Kraxmal yod bilan ko'k rang beradi. Bu reaksiya o'ziga xos reaksiya bo'lib, kraxmal tarkibidagi amilazaning poliglyukozid zanjiri spiralsimon strukturaga ega bo'ladi, yod esa spiral o'rtasidagi bo'shliqqa kirib olib, koordinattsion kompleks hosil qilsa kerak. Shuning uchun kraxmal gidrolizga uchratilsa yoki spirt qo'yilsa ko'k rang yo'qoladi, shunday hodisa qizdirilganda ham kuzatiladi, lekin eritma sovitilganda ko'k rang yana hosil bo'ladi. Ishning bajarilishi. Probirkaga 0,1% li kraxmal eritmasidan 3 ml qo'yib, ustiga 2-3 tomchi Lyugol eritmasidan tomiziladi. Hosil bo'lgan ko'k rangli eritmani uch qismga bo'lib biriga teng hajmda 10% li natriy gidrooksid eritmasi, ikkinchisiga shuncha miqdorda etil spirt qo'shiladi, uchinchisini esa qaynatiladi. Bu vaqtda uchala probirkadagi suyuqlik rangsizlanadi. Lekin oxirgi probirkadagi suyuqlik sovitilgandan so'ng ranggi tiklanadi. Alohida probirkaga 2-3 ml glikogen eritmasi qo'yib, unga 2-3 tomchi Lyugol eritmasidan tomiziladi. Probirkadagi suyuqlik qizil-qo'ng'ir rangga kirishi kuzatiladi. LIPIDLAR XIMIYASI LIPIDLARNING FIZIK - XIMIYAVIY XOSSALARI. Lipidlarga turli-tuman ximiyaviy tuzilishiga ega bo'lgan ko'p sonli tabiiy birikmalar kiradi, ular tarkibiga ko'ra turli xildagi spirtlarning yuqori molekulyar yog' kislotalari yoki fosfat kislota bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Ularda tarkibiy qismlarining bog'lanish tipi bo'yicha umumiylik bo'lsada, tuzilishi va ximiyaviy tabiati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Barcha lipidlar suvda amalda erimaydi, lekin ko'pgina organik erituvchilarda oson eriydi, shu jihatdan ular uglevodlar va oqsillardan keskin farq qiladi. Lipidlarning o'ziga xos eruvchanligi muhim amaliy ahamiyatga ega bo'lib, to'qima va organlar tarkibida bo'lgan boshqa moddalardan ularni ajratib olishga imkon beradi. Lipidlarni tarkibi va ximiyaviy tabiatiga ko'ra 2 ta katta gruppaga bo'lish mumkin: neytral yog'lar (yoki triglitseridlar) va lipoidlar (yog'simon moddalar) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.61 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.61 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga