Polisponin, saparal olish texnologiyalari Reja: 1. Polisponin olishda ishlatiladigan xom ashyo 2. Xom ashyoni maydalash 3.O'simlik xom ashyosidan saponinlar ekstraksiyasi Polisponin olish texnologiyasi. Polisponin quruq ekstrakt bo'lib, Nippon dioskareyasi ildizpoyasi, ildizlaridan - Dioscorea nipponica Macino olinadi. Tarkibida 17% dan kam bo'lmagan suvda eruvchan steroid saponinlar bo'lishi kerak. Ular yig'indisi ichida asosiy suvda eriydigan saponin - bu diossinindir: Diossinin erish temperaturasi 202-203 0S (parchalanish) D - 69,880 (metanol). Gidrolitik parchalanganda ikki molekula ramnoza va ikki molekula glyukoza hamda diosgenin hosil bo'ladi. Polisponin tarkibiga kiruvchi nippon dioskareyasining ekstrakti och sarish rangdan to jigarranggacha bo'lib, mayda to'q rangli zarrachalarni saqlaydi. Gigroskopik bo'lib saqlash mobaynida uvalanadi. Suvda oson eriydi, ko'pincha yengil loyqa hosil qiladi. Amalda 95% li spirtda, efir va xloroformda erimaydi. Suvli eritmasi chayqatilganda turun ko'pik hosil bo'ladi. SHilliq qavatga tushganda qizartiradi, achishtiradi. Polisponin qon-tomirlar aterosklerozida va bosh miya gipertoniyasida tavsiya etiladi. Dori turi shaklida - 100 mg quruq ekstrakt saqlovchi tabletka. Nippon dioskareyasi - Uzoq SHarq endemi. Faqat ajratilgan rayonlardagina yengil-quruq xom ashyo tayyorlash (amlash) mumkin. Ildizpoya ildizlari bilan 8% gacha steroid saponinlarni saqlaydi. Molekulaning glikozid qismi uglevod qoldiqlariga boliq ravishda diosgenin saponinlari to'rt molekula qand saqlovchi suvda eriydigan, kam miqdor qand saqlovchi suvda erimaydiganlarga bo'linadi. Suvda eriydigan saponinlar asosiy tarkibini diossinin hisoblansa, suvda erimaydiganlari tarkibidan esa diossin va gratsillin topilgan. Nippon dioskareyasidan olingan ekstrakt, asosan suvda eruvchi saponinlarga kiradi. O'simlik xom ashyosidan saponinlar ekstraksiyasi. Nippon dioskareyasining ildizpoyasi juda qattiq bo'lganligi sababli tayyorlov bazalaridan qayta ishlash zavodlariga maydalangan (1-3 mm gacha) holda keltiriladi. Ekstraksiya yolon tubli, filtrlovchi mato joylashtirilgan oddiy aylantirgichli ekstraktorda olib boriladi. Ekstraksiya xona temperaturasida 80% li etil spirtda 8 soat davomida olib boriladi. Har bir soatda 15 minut aralashtirgich ishga tushiriladi. hammasi bo'lib 3 marta ekstraksiya o'tkaziladi. Dastlabki ikkita spirtli ekstrakt texnologik jarayonning keyingi bosqichiga o'tkaziladi, uchinchi spirtli ekstrakt esa yangi xom ashyoni birinchi ekstraksiyasi uchun ishlatiladi. Har bir spirtli ekstrakt druk filtr orqali bo'z filtrdan o'tkaziladi. Uchta ekstraksiyadan so'ng chiqindi ekstraktordan vakuum yordamida kub rektifikatsion kolonkaga etil spirtini haydash va rektifikatsiya qilish uchun yuboriladi. Olingan haydalgan spirt ekstraksiya bosqichlarida ishlanadi, chiqindi tashlab yuboriladi. Spirtli ekstraktlarni bulatish va so'nggi mahsulotni olish. Birlashtirilgan ikkita dastlabki spirtli ekstrakt oddiy ilofli va aralashtirgichli vakuum bulatgich apparatida olib boriladi. Ekstraktlarni bulatish olib borilayotgan ilofdan chiqqan suvli harorati 70-75 0S bo'lishi kerak va bosim 100-150 mm. sim. ust. bo'lishi kerak. Bulatish dastlabki hajmning 110 gacha olib boriladi. Kub qoldiq 10-15 0S gacha sovitiladi, suvda erimaydigan saponinlar to'liq cho'kmaga tushguncha ushlab turiladi. CHo'kmaga tushgan saponinlar ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.97 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.97 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: doc