Purin guruhiga kiradigan alkaloidlar

Purin guruhiga kiradigan alkaloidlar

O'quvchilarga / Kimyo
Purin guruhiga kiradigan alkaloidlar - rasmi

Material tavsifi

Purin gruppasiga kiradigan alkaloidlar Purin guruppasi alkaloidlari. Purin alkaloidlarini o'simliklarning turli. Organlarida tarqalishi va ularni ajratib olish usullari. Bu gruppaga kiradigan alkaloidlar pirimidin va imidazol halqalarining birikishidan hosil bo'lgan bitsiklik purin yadrosidan tashkil topgan. Purin alkaloidlarini asosan o'simliklarning turli organlaridan olinadi. Masalan, choy bargidan- kofein, kakao mevasidan- teobromin olinadi. Bu gruppaga kiradigan alkaloidlarning kimyoviy tuzilishini, yani ular tarkibidagi metil radikallarining joylashishi va sonini turli kimyoviy reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Masalan, kofein, teofillin, teobromin va ksantin molekulalarini oksidlansa, ular quyidagi moddalarni hosil qiladi. Bu reaksiyalardan ko'rinib turibdiki, ksantin, kofein, teofillin va teobrominlar molekulalari alloksan va mochevinadan tashkil topgan. Ular bir-biridan molekulasidagi metil radikallarining joylanishi va soni bilan farq qiladi, xolos. Purin gruppasiga kiradigan alkaloidlardan meditsinada kofein va uning benzoat hamda salitsilat kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari, shuningdek teobromin, diuretin, teofillin kabilar dori modda sifatida qo'llaniladi. Kofein (Coffeinum 1,3,7-trimethylxontinum. Theinum) М.О=212,21 Kofein turli o'simlik organlaridan, shuningdek sintetik usul bilan olinadi. Kofein asosan choy bargidan, ko'pincha ishlab chiqarish fabrikalarida chiqadigan choy chiqindisini suv bilan ekstraksiya qilib olinadi. Kofein bunday manbalarda o'rta hisobda 3% atrofida bo'ladi. Kofeinni choy chiqindisidan ajratib olishda bir necha usullardan foydalaniladi. Shulardan suv yordamida ajratib olish usuli alohida ahamiyatga ega. Bu usulda choy chiqindisini suv bilan aralashtirib, suvli qismini qo'rg'oshin atsetat yoki magniy va kaliy oksid bilan ishlash orqali yot moddalardan tozalanadi. So'ngra aralashmani filtirlab sovutilsa, kofein kiristallab, yot moddalardan ozod qilinadi. Kofein bir necha usullar bilan sintez qilinadi. 1 usul: Bu reaksiya bo'yicha 8-metilksantinni siydik kislotaga dimetilanilin katalizatori ishtirokida atsetat angidrid tasir ettirib, uzoq vaqt davomida 138-142 0S gacha qizdirib olinadi. Sintezning keyingi bosqichlari quyidagi sxema bo'yicha olib boriladi: 2 усул: Kofeinni original metodlardan biri Traube usuli bilan olish. Kofein oq hidsiz, achchiq mazali kristall poroshok bo'lib, suvda, spirtda qiyin eriydi. Issiq suv va xloroformda esa yaxshi eriydi. Ochiq havoda turishi natijasida kristallizatsiya suvini yo'qotadi, 234-2370 da suyuqlanadi. Preparat chinligini mureksid hosil qilish reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Buning uchun chinni idishda preparatning quruq kristallariga pergidrol yoki bromli suv va xlorid kislota qo'shib, suv hammomida quriguncha bug'lantiriladi. So'ngra qolgan qoldiqqa ammiak bug'ini yuborilsa, qizil rang hosil bo'ladi. Bunda boradigan kimyoviy reaksiyani quyidagicha ifodalash mumkin:Preparatning suvdagi eritmasi tannin bilan oq cho'kma, yod eritmasi bilan qo'ng'ir cho'kma, shuningdek Dragendorf reaktivi, sulema va boshqa umumalkaloid reaktivlar bilan turli tarkib va rangga ega bo'lgan cho'kmalar hosil qiladi. Kofein miqdorini suvsiz sharoitda alkalimetrik, shuningdek yodometrik usullar bilan aniqlanadi. 1. Alkalimetrik usul. Preparatning aniq miqdorini suvsiz atsetat kislotada eritiladi. So'ngra eritmaga xloroform va benzol qo'shib, neytral qizili indikatori ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.62 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.62 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga