Qamashi tumani tog' va tog' oldi o'simliklar qoplamida tarqalgan chandir lipskiya (lipskya insignis (koso-pol.) nevski) senopopulyatsiyalari mavzusidagi MUNDARIJA KIRISH 3 1. QAMASHI TUMANINING FIZIK-GEOGRAFIK TAVSIFI 6 2. SOYABONGULDOSHLAR (APIACEAE) OILASI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT 10 3. CHANDIR LIPSKIYANING BIOEKOLOGIYASI VA FITOTSENOTIK TAVSIFI 30 Chandir lipskiya haqida umumiy ma'lumot 30 Chandir lipskiya fenologiyasi 32 Chandir lipskiya senopopulyatsiyalarining zichligi va individlar soni 39 Chandir lipskiya senopopulyatsiyalaridagi o'simliklar jamoasining floristik tarkibi 42 4. O'SIMLIKNI MUHOFAZA QILISH VA KO'PAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI 50 XULOSALAR 54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 56 ILOVALAR 58 KIRISH Qadim zamonlardan beri insoniyat o'z tevarak atrofidagi tabiat bilan uyg'unlikda yashab kelgan. U tabiatni Ona tabiat deb atagan va unga ehtiyotkorona munosabatda bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan sanoatning rivojlanishi, insoniyatning ehtiyojlari ortishi natijasida tabiat ne'matlariga bo'lgan munosabat ham o'zgarib borgan. Natijada so'nggi asrlarda inson va tabiat orasidagi muvozanat buzilib, tabiatdagi ayrim hayvonot va o'simliklarning yo'qolib ketishi jadallashdi. Buning oldini olish maqsadida 1979 yilda O'zbekiston Qizil kitobi ta'sis etildi. O'zbekistonda yovvoyi holda o'sadigan o'simliklar soni qariyb 4 150 ga yetdi. Shulardan 577 tasi shifobahsh xususiyatga ega. Bular orasida jumhuriyatimiz hududida ma'lum sharoitlardagina uchraydigan yer sharining boshqa floristik viloyatlarida o'smaydigan, fan olamida endem tur deb yuritiladigan 390 turi bo'lib, ular Respublikamizning bebaho milliy boyligi hisoblanadi. Kimyo fanining nihoyatda taraqqiy qilishi, ayniqsa yangi kimyoviy birikmalar, jumladan sintez qilish yo'li bilan olinayotgan tez va yaxshi ta'sir etuvchi dorilar ko'paygani bilan dorivor o'simliklar o'z qimmatini yo'qotgani yo'q, aksincha ularga bo'lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor preparatlarning qariyb 50 foizi o'simliklardan ajratib olinadi yoki ulardan tayyorlanadi. Tabobatda katta ahamiyatga ega bo'lgan alkaloidlar, saponinlar, efir moylari va boshqa moddalar ham o'simliklardan olinadi, yana turli dorilar, preparatlar va vita'minlarga boy konsentratlar tayyorlanadi. Bundan tashqari o'simliklardan turli oshlovchi, bo'yoqbop va boshqa sanoat mahsulotlari olinadi. Respublika hukumati ba'zi bir yovvoyi o'simlik turlarini yig'ishni tartibga solish maqsadida o'simliklardan bir qancha turini O'zbekiston Qizil Kitobiga kiritishga qaror qildi. Qashqadaryo viloyati hududida ham keyingi yillarda qishloq xo'jaligi va sanoat qurilishi ishlarining jadal sur'atda olib borilishi tabiatga, shu jumladan o'simliklar olamiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Ayniqsa juda kam uchraydigan endem va relikt (qadimgi davr florasiga oid turning ma'lum joylarda qoldiq holda saqlanayotganligi) turlar o'sadigan sharoitlar o'zlashtirilishi natijasida ular tez orada butunlay yo'qolib ketish xavfi tug'ilmoqda. Ishning dolzarbligi. Bugungi kunda bioxilma-xillikni saqlash butun dunyo hamjamiyati oldida turgan muhim muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Bu borada Respublikamizda ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017 yil 4 sentabrdagi PQ-3256-sonli qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Fanlar ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
9.36 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
9.36 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: docx