Qattiq jism sirtidagi adsorbsiya

Qattiq jism sirtidagi adsorbsiya

O'quvchilarga / Kimyo
Qattiq jism sirtidagi adsorbsiya - rasmi

Material tavsifi

Qattiq jism sirtidagi adsortsiya Reja: Freyndlix formulasi Lengmyurning monomolekulyar Adsortsiya nazariyasi Polyanining polimolekulyar Adsorbillanish nazariyasi Bet nazariyasi Qattiq jism ham xuddi suyuqlik kabi sirt energiya va demak sirt tarangligiga ega bo'ladi. Lekin hozirgacha qattiq jismning sirt tarangligini aniq o'lchash usuli ma'lum emas. Dag'al va bilvosita usullar bilan topilgan natijalarning ko'rsatishicha, masalan, bariy sulfatning sirt tarangligi 1250 ergsm2 ga, qurg'oshin ftoridniki 900 ergsm2 ga, kaltsiy ftoridniki esa 2500 ergsm2 ga teng. Qattiq jism sirtida gazning adsorbillanishi miqdor jihatidan xarakterlash uchun yo gaz bosimining pasayishi yoki adsorbent massasinineg ortishi bilan o'lchanadi. Adsorbentning sirt birligiga (1 m2 ga) yutilgan moddaning mol hisobdagi miqdori solishtirma adsorbtsiya deyiladi. Solishtirma adsorbtsiyani topish uun adsorbtsion muvozanat vaqtida yutilgan modda miqdorini (mol hisobida) adsorbent sirtiga bo'lish kerak: Bu yerda: G-solishtirma adsorbtsiya; X-yutilgan modda miqdori; S- adsorbent sirti. Lekin qattiq g'ovak adsorbentlarning sirtini o'lchash juda qiyin bo'lgani uchun amalda solishtirma adsorbtsiyani topishda yutilgan modda miqdori adsorbent massasiga bo'linadi: G = X m Bu yerda: X - yutilgan moddaning gramm hisobidagi massasi; m - adsorbent gramm hisobida olingan massasi. Har qanday adsorbent ma'lum miqdordan ortiq moddani yuta olmaydi. Moddaning sirt birligiga yutilishi mumkin bo'lgan eng ko'p miqdori maksimal solishtirma adsorbtsiya deyiladi va G∞- bilan belgilanadi. Qattiq jismlarda bo'ladigan adsorbtsiya hodisasini tekshirish natijasida qutblangan adsorbentlar qutblangan moddalarni yaxshi adsorbillashi, qutblanmagan adsorbentlar esa qutblanmgan moddalarni yaxshi adsorbillashi aniqlangan. Agar qutblanmagan adsorbent sirtida COOH, OH, NH2 va shunga o'xshashlar kabi qutblangan gruppasi bo'lgan organik moddalar eritmalardan adsorbillansa, bu molekulalarning qutblangan gruppalari qutblangan suyuqlik tomon, qutblanmagan radikallari esa adsorbent tomon yo'naladi. Agar yutiluvchi modda adsorbent tarkibidagi atom yoki atomlar gruppasi bo'lsa, u modda yaxshi adsorbillanadi. Qutblangan va geterogen adsorbentlarning sirti suvni yaxshi, lekin benzolni (qutblanmagan) yomon adsorbillaydi, bular gidrofiladsorbenlar deyiladi. Aksincha adsorbent suvni yomon, benzolni esa yaxshi adsorbillasa u gidrofob (yoki liofob) adsorbent deyiladi. Masalan, ko'mir gidrofob adsorbentlarning tipik vakili, silikagel esa gidrofil adsorbentlarning vakilidir. Adsorbtsiyalash maqsadlari uchun aktivlangan ko'mir juda ko'p ishlatiladi. Aktivlangan ko'mir g'ovak modda bo'lib, asosan ugleroddan iborat. turli organik moddalarning havo kirmaydigan joyda qizdirilishidan hosil bo'lgan ko'mirda har xil smolalar bo'lib, ular ko'mirning g'ovaklarini berkitib qoyadi. Bu smolalarni yo'qotib ko'mirning g'ovakligini oshirish maqsadida ko'mir maxsus ishlanadi ya'ni aktivlantiriladi. Ko'mir qanday sharoitda aktivlantirilishiga qarab yo kislotalarni yoki asoslarni adsorbillaydi. Masalan, 900S da aktivlangan tza ko'mir kislotalarni adsorbillaydi, 400-500S da aktivlangan ko'mir asoslarni yaxshi adsorbillab, kislotalarni adsorbillamaydi. N.A.Shilov aktivlangan ko'mir o'z sirtida kislota yoki asoslarni adsorbillash sabablarini ko'mirga ishlov berayotganda uning sirtida birikmalar ya'ni asos yoki kislota xarakteriga ega bo'lgan oksidlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.36 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.36 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga