Qattiq moddalarning tuzilishi REJA Qattiq moddalarning tuzilishi. Kristall va amorf moddalar. Kristallik sistemalar. Kristallarning ichki tuzilishi. Kristallik panjara hosil bо'lish energiyasi. Ma'lumki, moddalar uch xil: gaz, suyuq, qattiq agregat holatda bо'lishi mumkin. Moddaning gaz va suyuq holatida zarrachalar tartibsiz joylashgan bо'ladi, bu zarrachalar orasidagi о'zaro tortishish kuchi zarrachalarni bir joyda tutib turish uchun yetarli emas, shuning uchun bunday agregat holatdagi moddalarning muayyan shakli bо'lmaydi. Qattiq jismlar, suyuq hamda gazsimon jismlarning aksincha, ma'lum mustaqil shaklga ega bо'lib, bu shaklni qanday vaziyatda turishidan qat'i nazar saqlab qoladi. Qattiq moddaning zarrachalari bir-biri bilan shunday puxta bog'langanki, ular о'rnidan-о'rniga о'ta olmaydi. Ammo qattiq moddalarning zarrachalari ham bir qadar harakat qiladi, ammo ularning bu harakati ma'lum nuqtalar atrofida tebranishidan iborat bо'ladi. Bundan, moddani tashkil qiluvchi zarrachalar modda faqat qattiq holatda bо'lgandagina bir qadar tо'g'ri tartibda joylashadi, degan xulosa kelib chiqadi. KRISTALL VA AMORF MODDALAR. Qattiq moddalarning kо'pchiligi kristallardan tuzilgan bо'ladi. Bir bо'lak moddani sindirib, uning singan joyini kо'zdan kechirish yо'li bilan bu moddaning kristallardan tuzilganligiga ishonish qiyin emas. Odatda, moddaning singan joyida har xil burchak ostida joylashgan kristallarning mayda tomonlari yaxshi kо'rinib turadi. Kristallarni bu yoqlari yaltiraydi, chunki ular yorug'likni har xil darajada aks ettiradi. Moddaning kristallari nihoyatda kichik bо'lsa, shu moddaning kristallardan tuzilganligini mikroskop yordami bilan aniqlash mumkin. Qattiq moddalar orasida shundaylari ham uchraydiki, ularning siniq yerida kristallar boriligini payqab bо'lmaydi, masalan bir bо'lak odatdagi shisha sindirib kо'rilsa uning siniq joyi silliq ekanligini va kristall moddalarning siniq joyidan farqli о'laroq, yassi yuzalar bilan emas balki ovol yuzalar bilan chegaralanganligini kо'ramiz. Smola, yelim va ba'zi boshqa moddalarning parchalari sindirilganda ham xuddi ana shunday hol kuzatiladi. Bunday moddalarning hammasi amorf moddalar deb ataladi. Har qaysi kristall modda, odatda, mutlaqo muayyan shakldagi kristallarni hosil qiladi. Masalan natriy xlorid yoki osh tuzi kub shaklida, achchiqtosh oktaedr shaklida kristallanadi va hokazo. Har qaysi modda kristallarining shakli uning о'ziga xos xususiyatlaridan biridir. KRISTALLIK SISTEMALAR. Kristallik shakllarini klassifikatsiya qilish kristallning simmetriya darajasini aniqlashga asoslangan. Kristallik kо'p yoqlarining har xil simmetriya hollari kristallografiya bо'limida batafsil о'rganiladi. Bu yerda xilma-xil kristallik shakllarining hammasi oltita gruppaga, ya'ni oltita kristallik sistemaga bо'linishini, bu gruppa esa, о'z navbatida, sinflarga ajralishini kо'rsatib о'tishning о'zi kifoY. Bu sistemalarga quyidagi nomlar berilgan: I-muntazam sistema, II-tetragonal yoki kvadrat sistema, II-rombik sistema, IV-geksagonal sistema, V-monoklinik sistema va VI-triklinik sistema. Kristallarning qaysi sistemaga kirishi shu kristallar kristallografik о'qlarning bir-biriga nisbatan joylashgan va ular yoqlarining uzun-qisqaligi bilan belgilanadi. Prizma piramida triklinik geksagonal prizma rombik prizma Kristallarning ichki tuzilishi Kristalning tashqi shakli uning yashirin ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.58 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.58 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: doc