Qaynar qatlamda ketadigan kimyoviy texnologik jarayonlar sulfat kislota olish texnologiyasi

Qaynar qatlamda ketadigan kimyoviy texnologik jarayonlar sulfat kislota olish texnologiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Qaynar qatlamda ketadigan kimyoviy texnologik jarayonlar sulfat kislota olish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Qaynar qatlamda ketadigan kimyoviy texnologik jarayonlar sulfat kislota olish texnologiyasi Reja: Sulfat kislotasini ishlab chiqarish Sulfat kislota ishlab chiqarish uchun xomashyo va undan sulfat angidridi ishlab chiqarish Absorbsiya jarayoni Tayanch iboralar: Absorbsiya, katalizator, texnologik jarayon, nitroza usuli, kontakt usuli. SULFAT KISLOTASINI ISHLAB CHIQARISH Sulfat kislota kimyo sanoatini ko'p tonnalik asosiy mahsulotlaridan biridir. Sanoatda bir necha nav H2SO4 chiqariladi va ular o'zaro konsentratsiyasi va aralashmalari bilan farq qiladi. Asosiy qism - texnik kontakt kislota (H2SO4 ning miqdori 92,5%), aralashmalarining miqdori kam bo'lgan akkumulyator kislotasi (H2SO4 92% - 94%), oleum (SO3 - 19% - 24%) va minora usulda olingan kislota (H2SO4 - 75%) ko'rinishda chiqariladi. Ularning xossalari va undan kelib chiqqan ishlatish sohalari kengligi uchun sulfat kislotasini ishlab chiqarish yaxshi rivojlangan. Xossalari. Suvsiz sulfat kislota (monogidrat) H2SO4 - og'ir, moysimon qiyin qaynaydigan suyuqlik, suv bilan har qanday nisbatda aralashadi va bunda ko'p miqdorda issiqlik chiqadi. Konsentrlangan H2SO4 ning 00 С dagi solishtirma og'irligi 1,85 гғsm3 ga teng, 3040 С da qaynaydi va 100 da muzlaydi. Sulfat kislota moysimon bo'lgani uchun u ba'zan kuporos moyi deb ham ataladi. Bu nom temir kuporosi qattiq qizdirilib, sulfat kislota hosil qilingan vaqtdan beri saqlanib kelinmoqda. Toza sulfat kislota rangsiz, texnikaviy sulfat kislota esa undagi turli qo'shimchalar hisobiga qaramtir bo'ladi. Ishlatilishi. Sulfat kislota xalq xo'jaligida hamma tarmoqlarda keng qo'llanilmoqda va uning ishlab chiqarish miqdori uzluksiz ortib bormoqda. Sulfat kislota mineral o'g'itlar - superfosfat va ammoniy sulfat ishlab chiqarishda ayniqsa ko'p ishlatiladi. Masalan, suvsiz bir tonna superfosfat (ftorapatitdan) olish uchun 600 kg 65% li sulfat kislota sarflanadi. Suyuq yoqilg'ilarni qayta ishlash, ya'ni kerosin, parafin, surkov moylari hamda, to'yinmagan uglevodorodlarni oltingugurtli birikmalardan tozalashda ko'p miqdorda sulfat kislota ishlatiladi. Sulfat kislota ko'pgina organik sintezlarda keng qo'llaniladi. Masalan, organik birikmalarni sulfatlab sulfokislotalar, ionitlar, turli bo'yoqlar olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota nitrolash reaksiyasi bilan nitrobenzol, nitrotsellyuloza va nitrolitserin olishda suvni tortib oluvchi birikma sifatida ishlatiladi. Olinish usullari. Sulfat kislota dastlab XII asrlarda olina boshlangan. U vaqtda temir kuporosini (ҒеSO4) termik qayta ishlab H2SO4 olingan. Xozirgi vaqtda sulfat kislota asosan, ikki usul: nitroza va kontakt usullar bilan olinadi. Nitroza usuli 200 yildan beri ma'lum, kontakt usuli esa XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida sanoat tomonidan o'zlashtirilgan bo'lib, nitroza usulini siqib chiqarmoqda. Ikkala usulda ham avval oltingugurtdan yoki oltingugurtli birikmalardan sulfit angidrid - SO2 olinadi, so'ngra bu gaz sulfat kislotaga aylantiriladi. Buning uchun sulfit angidrid (SO2) ni kislorod ishtirokida oksidlab sulfat angidridga (SO3) o'tkaziladi. Bu jarayonni tezlatish maqsadida katalizatorlardan foydalaniladi. Katalizator sifatida azot ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.65 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.65 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga