Qishloq xo'jaligini kimyolashtirish asoslari haqidagi tushunchalarni o'rganish Reja: 1. Qishloq xo'jaligini kimyolashtirish asoslari haqidagi tushunchalarni o'rganishning ahamiyati 2. Kimyo o'quv kursida qishloq xo'jaligini kimyolashtirish asoslarini o'zlashtirilishi 3. Kimyo kursida ammiakli selitra va superfosfat ishlab chiqarish mavzularining ahamiyati. Asosiy tushunchalar: Qishloq xo'jaligini kimyolashtirish asoslari haqidagi tushunchalarni o'rganish, tuproqning kimyoviy tarkibi, fotosintez, mineral o'g'itlar, ularning tarkibi, ahamiyati va ularni ishlab chiqarishning kimyoyiv mohiyati. Ta'lim to'g'risidagi qarorlar mamlakatimiz qishloq xo'jaligini rivojlantirish munosabati bilan kimyo kursida dars berish jarayonida kimyo o'qituvchisi oldida muhim vazifalar turadi: a). o'quvchilarni kimyoning qishloq xo'jaligimizda tutgan roli bilan tanishtirish- ishlab chiqarishning kimyolashtirishning ilmiy asoslarini ochish; b). o'quvchilarni bu ishlab chiqarishda zarur bo'ladigan bir qator masalalar bilan qurollantirish; v). o'quvchilarni qishloq xo'jaligi mehnatiga muhabbat qo'yadigan qilib tarbiyalash kerak; Qishloq xo'jaligini kimyolashtirish tuproq, ekin hayvonlarga- qishloq xo'jaligi ekinlarining zararkunandalariga, yovvoyi o'tlar va boshqalarga kimyoviy ta'sir ko'rsatish yo'li bilan ekinlar hosilini oshirish va qishloq xo'jaligi hayvonlari mahsuldorligini oshirishga qaratilgan bir butun kompleks tadbirlarni o'z ichiga oladi: O'quvchilar qishloq xo'jaligini kimyolashtirish masalalarining hammasi bilan emas, balki faqat kimyo o'quv kursiga kiritilgan o'quv dasturidan tashqariga chiqmaydigan va o'quvchilar uchun qiyinlik qilmaydigan masalalar bilan tanishtiriladi, chunki umumiy o'rta ta'lim maktabining asosiy vazifasi kimyo asoslarining o'zlashtirilishini ta'minlashdan iboratdir. Kimyo o'quv kursida qishloq xo'jaligini kimyolashtirish asoslariga quyidagilar kiradi: 1. Tuproqning kimyoviy tarkibi, tuproqqa ohak va gips solish jarayonlari va kimyoviy mohiyatlari; 2. Kimyoviy elementlar: azot, fosfor, kaliy, kislorod va vodorodning o'simliklar rivojlanishiga ta'siri. 3. Qishloq xo'jalik ekinlari uchun kerak bo'ladigan kimyoviy elementlarni tabiatda eng ko'p tarqalgan eng muhim birikmalari. 4. Qishloq xo'jalik ekinlari uchun kerak bo'lgan kislorod, azot, uglerod va boshqa elementlarning tabiatda aylanishida o'simlik va hayvonlarning roli. 5. Fotosintez, uning ahamiyati va mohiyati, uglevodlar, yog'lar va oqsillar sintezida o'simlik va hayvonlarning roli. 6. Mineral o'g'itlar (ularning tarkibi, ahamiyati va ularni ishlab chiqarishning kimyoviy mohiyati). 7. Qishloq xo'jalik ekinlarida bo'ladigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashishning eng muhim kimyoviy vositalari (ularning tarkibi, xossalari va organizmga ko'rsatadigan ta'siri) 8. Qishloq xo'jalik ekinlarining o'sishi va rivojlanishini tartibga soladigan kimyoviy vositalar. 9. O'simliklarda bo'ladigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashishning kimyoviy usullari: urug'larni dorilash, dudlash, tutun bilan qoplash va kimyoviy o'toq. 10. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash: shakar, kraxmal, gidroliz spirt, sovun ishlab chiqarish, sellyuloza, yog'lar, oqsillar va boshqalar qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlashning mohiyati Kimyo o'qituvchisi o'quv materialini qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi masalalari bilan sistemali ravishda bog'lab boradi - bu ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o'quvchilar oldida asta- sekin ocha boradi. O'quvchilarni qishloq xo'jaligini kimyolashtirish asoslari bilan umumiy sistema asosida tushuntirib boriladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.22 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.22 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: doc