Qishloq xo'jalik korxonalari moliyasini umumiy ta'rifi Reja: Qishloq xo'jalik korxonalari moliyasining mohiyati va funksiyalari. Qishloq xo'jalik korxonalarining moliyasini tashkil etish tamoyillari. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining o'ziga xos xususiyatlari vav ularning korxonalar moliyasini tashkil etishga ta'siri. Qishloq xo'jalik korxonalarida bajariladigan moliyaviy ishlarning mazmuni va vazifalai. Moliyaviy menejment. Agrosanoat majmuiga qarashli byudjet muassasalarining moliyasini tashkil etish asoslari. 1. Qishloq xo'jalik korxonalari moliyasining mohiyati va funksiyalari. Tijorat korxonalarining moliyasi moliya tizimining asosiy bo'g'ini bo'lib, u yalpi ichki mahsulotni yaratish, taqsimlash va sarflash jarayonlarini o'z ichiga oladi. U asosan jami ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan moddiy ishlab chiqarish sohalariga xizmat qiladi. Tijorat korxonalarining tadbirkorlik faoliyati davomida mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishni tashkil qilish, o'zining moliyaviy resurslarini shakllantirish, mablag' bilan ta'minlashning tashqi manbalarini jalb qilish va ulardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan turli pul munosabatlar vujudga keladi. Boshqa so'z bilan aytganda shu pul munosabatlar moliyaviy munosabatlardir. Moliyaviy munosabatlar xo'jalik yurituvchi sub'ektning o'z kapitalini. markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini tashkil qilish va sarflash bilan bir vaqtda sodir bo'ladi. O'zining iqtisodiy mazmuniga ko'ra jami moliyaviy munosabatlar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha guruhlanishi mumkin: 1) Кorxonani tashkil qilish vaqtida - ustav kapitalini tashkil qilish bilan bog'liq bo'lgan ta'sischilar o'rtasidagi pul munosabatlar. Ustav kapitali ishlab chiqarish fondlarini tashkil qilishning dastlabki manbai bo'lib hisoblanadi; 2) mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog'liq bo'lgan o'zaro korxonalar o'rtasidagi pul munosabatlar. Bu asosan mol etkazib beruvchilar bilan xaridorlar o'rtasidagi munosabatlardir; 3) qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarish va joylashtirish, o'zaro kredit berish va qo'shma korxonalarni tashkil eishda hissa qo'shib qatnashish bilan bog'liq bo'lgan tijorat korxonalar o'rtasidagi pul munosabatlar; 4) xarajatlarni mablag' bilan ta'minlash, foyda va aylanma mablag'larni taqsimlash va sarflash bilan bog'liq bo'lgan korxonalar bilan ularning filial, sex, brigada kabi bo'limlari o'rtasidagi pul munosabatlar; 5) daromadlarni taqsimlash va sarflash, aksiya va obligasiyalarni chiqarish va joylashtirish, aksiyalar bo'yicha dividendlar va obligasiyalar bo'yicha foiz to'lovlari to'lash bilan bog'liq bo'lgan korxonalar bilan ularning ishlovchilari o'rtasidagi pul munosabatlar; 6) korxonalar bilan ularning yuqori tashkilotlari o'rtasida, xolding ichida, korxona a'zo bo'lgan uyushma va assosiasiyalar bilan vujudga keladigan pul munosabatlar. Moliyaviy munosabatlar markazlashtirilgan maqsadli pul fondlarini va rezervlarni tashkil qilish, taqsimlash va sarflash, marketing izlanishlarini, ilmiy-tekshirish ishlarini bajarish, ko'rgazmalar tashkil qilish, investisiya loyihalarini amalga oshirish va aylanma mablag'larni to'ldirish uchun qaytarish sharti bilan moliyaviy yordamlar ko'rsatish jarayonida vujudga keladi; 7) soliq to'lovlari, byudjetdan tashqari fondlarni tashkil qilish, byudjetdan mablag' bilan ta'minlash va jarimalar qo'llash bilan bog'liq bo'lgan korxonalar bilan moliya tizimi o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlar; 8) tijorat banklarida pul mablag'larini saqlash, ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.97 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.97 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: doc