Qiyin eriydigan metallarni gidropresslash jarayonlarini takomillashtirish M U N D A R I J A Kirish Davlatimiz rahbari I.A.Karimov tomonidan mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish, ishlab chiqarishni birinchi navbatda aniq yo'nalish tarmoqlarini yanada takomillashtirish texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida ushbu sohani rivojlantirishga ayniqsa, ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi o'zaro aloqa va bog'liqlikni chuqurlashtirishga alohida e'tibor qaratmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida ham ushbu masala ta'kidlab o'tildi [1]. Mamlakatimizda innovatsion faoliyat har tomonlama qo'llab quvvatlanmoqda. Buning yaqqol dalili sifatida yaqinda ya'ni, 21 dan 26-chi aprel (2016 y.) kunlari Toshkentda o'tkazilgan xalqaro innovatsion loyihalar yarmarkasi ham misol bo'la oladi. So'nggi yillarda Prezidentimizning ushbu yo'nalishga doir qator qarorlari, jumladan, 2008 yil 15 iyulda Innoavatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar tug'risida qarori qabul qilindi. Ushbu qarorni ijrosini ta'minlash maqsadida Qarshi davlat universitetining Umumtexnika fanlari kafedrasida ham bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimov o'zining Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi O'zbekiston sharoitida uning bartaraf etishning yo'llari va chegaralari kitobida 2008 yilda boshlangan va bugungi kunda ko'lami tobora kengayib va chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozida baho berar ekan bugungi kunning eng dolzarb muammosi bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, uning ta'siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo'llarini izlashdan iborat - deb ta'kidladi. Bu o'rinda gap Jahon iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etish, bank moliya tizimini mustahkamlash real iqtisodiyot korxonalarida yordam ko'rsatish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholini ijtimoiy himoya qilish kabi chora tadbirlarni amalgam oshirishda e'tabor qaratish bilan birga, biz ertangi kunimizni, kelajagimizni also unutmasligimiz zarurligi haqida bormoqda dedi u. Bu dastur iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarini egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta'minlaydigan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha maqsadli loyihalarni o'zida mujassam etishi darkor- deyilgan asarda. Shu bois yangi texnologiyalar, mashinasozlik metallarga ishlov berish kabi sohalarni rivojlantirmay turib, jahon iqtisodiy inqirozining bartaraf etish ancha og'ir o'tadi [2, 3]. Texnikaning turli sohalarida fan-texnika rivoji bilan bog'liq ko'pgina amaliy masalalarni hal etish uchun materiallar ishlab chiqarish usullari hamda ularni optimal qo'llanish sohalari haqida bilish zarur. Ayniqsa bu borada materialshunoslikning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lgan qiyin eriydigan metallar, ularning tuzilishi, klassifikatsiyasi, fizik-mexanik va kimyoviy xossalari hamda ularga bosim ostida ishlov berish to'g'risida teran fikrga ega bo'lish zarur. Chunki, ushbu materiallar sanoatning va ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: doc