Qon zardobi va siydikdagi urat kislota miqdorini aniqlash

Qon zardobi va siydikdagi urat kislota miqdorini aniqlash

O'quvchilarga / Kimyo
Qon zardobi va siydikdagi urat kislota miqdorini aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Qon zardobi va siydikdagi urat kislota miqdorini aniqlash. Kerakli asbob va reaktivlar: tsentrifuga, 10; 25 ml li o'lchov tsilindri, 2,10 ml li pipetkalar, FEK, trixlor sirka kislotaning 10% li eritmasi, qon zardobi, urat kislotaning standart eritmasi, natriy karbonatning to'yingan eritmasi, Folin reaktivi. Urat kislota fosforvolframat reaktivini qaytaradi, natijada ko'k rangli volfram oksidlari hosil bo'ladi. Rangning ravshanlik darajasi urat kislota kontsentratsiyasiga to'g'ri proportsional. 1-tajriba. Qondagi urat kislotani aniqlash. Ishning bajarilishi. Oqsilni cho'ktirish uchun tsentrifuga probirkasiga 1,5 ml qon zardobi quyib, teng miqdorda 10% li trixlor sirka kislota va 1,5 ml distillangan suv qo'shiladi. 10 minutdan keyin 15 minut 300 aylmin tezlikda tsentrifugalanadi. So'ngra 2 ta o'lchov tsilindri olib, ularning biriga 1,5 ml tsentrifugat, ikkinchisiga kontrpol sifatida 1,5 ml suv quyiladi va tsilindrlarda natriy karbonatning to'yingan eritmasidan 0,7 ml va Folin reaktividan 0,05 ml qo'shiladi. Bunda tsentrifugatli aralashma ko'karadi. Suyuqlikning hajmi 10 ml ga yetkazilib, qizil svetofiltrda FEK ning o'ng barabanidan foydalanib, kolorimetrlanadi. Hisoblash avval chizilgan kalibrlash egri chizig'i asosida olib boriladi. Egri chiziq asosida topilgan qiymat 3 ga (suyultirish darajasi) va protsent qiymatini topish uchun 100 ga ko'paytiriladi. Kalibrlash egri chizig'i chizish uchun turli kontsentratsiyali urat kislotaning standart eritmalari tayyorlanadi. Ish standart eritmani (0,02 mgml) tayyorlash uchun urat kislotaning asosiy standart eritmasidan (20 mg) 5 ml olib 10 marta, ya'ni hajmi 50 ml ga yetguncha suyultiriladi. 7 ta nomerlangan probirka olib, ularga 29-jadvalda keltirilgan miqdorlarda reaktivlar qo'shiladi. 29-жадвал Rang ravshanlik darajasi yuqoridagidek qizil svetofiltrda, 10 ml li kyuvetada, FEK ning o'ng barabanidan foydalanib kolorimetrlanadi. Kontrol eritma sifatida alohida probirkaga 0,7 ml natriy karbonatning to'yingan eritmasi, 0,05 ml Folin reaktivi va 9,25 ml distillangan suv qo'yiladi. Abstsissa o'qiga urat kislotaning kontsentratsiyasi, ordinata o'qiga optik zichlik qo'yilib, egri chiziq chiziladi. Olingan grafik kalibrlash egri chizig'i vazifasini o'taydi. 2-tajriba. Siydikdagi urat kislota miqdorini aniqlash. Siydikdagi urat kislotani aniqlashda siydik avval 50 marta suyultirilishi kerak. 2 ta probirka olinib, ulardan biriga 1,5 ml distillangan suv, ikkinchisiga 1,5 ml suyultirilgan siydik qo'yiladi. Har ikkala probirkaga natriy karbonatning to'yingan eritmasidan 0,7 ml dan va Folin reaktividan 0,05 ml dan quyiladi. So'ngra suyuqlik hajmi 10 ml ga yetkaziladi va FEK da qizil svetofiltrdan foydalanib kolorimetrlanadi. Siydikdagi urat kislota miqdori quyidagi formula asosida hisoblab topiladi: bu yerda: S-siydik bilan ajaralayotgan urat kislotaning milligramm miqdori, a-kalibrlash egri chizig'i bo'yicha topilgan urat kislotaning mikrogramm miqdori, b-siydikning suyultirilish darajasi; v-sutkalik siydikning millilitr miqdori; 1,5-analiz uchun olingan siydikning miqdori; 100-mikrogrammni milligrammga aylantirish uchun koeffitsient. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.03 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.03 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga