Qon zardobidan albuminni ajratish. Ishning umumiy izohi. Hayvon (odam) qoni zardobidan 50% to'yinish darajasida tuz bilan to'yintirish yo'li bilan globulinlar (alfa, beta, gamma) cho'ktiriladi, so'ngra cho'kma ustidagi suyuqlikdan tuz bilan to'yintirish darajasini 70% sha yetkazib turib, zardob albumini cho'ktiriladi va dializ yo'li bilan to'zsizlantiriladi. Jihozlar va reaktivlar. 50 ml o'lchagich silindr, 50 ml li stakan, tsentrifuga (yoki vakum filtr qurilmasi), dializ membranasi yoki naychasi, dializ qilish uchun 1 l li kamera (stakan), SF-26, 10 ml zardob. Ishning borishi. Hayvon yoki odam qon zardobini tuz bilan cho'ktirilganda, tuzning kontsentratsiyasi sekin-asta ishirilishiga qarab, quyidagi fraktsiyalar (qismlar) cho'qishi mumkin: Qon zardobi albumini globulinlar yig'indisini ammoniy sulfat tuzi bilan 50% gacha to'yintirilib oldindan cho'ktirilgandan so'ng, ajratiladi. Buning uchun 10 ml zardobiga 3,13 g tuz qo'shiladi va globulinlar cho'kmasi filtrlanib yoki tsentrifugalanib olib tashlanadi, filtrat (cho'kma ustidagi suyuqlik) yig'ib olinadi. Globulinlar cho'kmasi qayta cho'ktirib fraktsiyalash uchun foydalanildi. Zardob filtrati globulinlar olib tashlangandan so'ng o'lchagich silindrga solinib, hajmi o'lchanadi va 60% gacha to'yintirish uchun quruq tuz qo'shiladi. Ma'lum kontsentratsiyagacha kerak bo'lgan tuzning miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi: X - tuzning moqdori, g da; V - eritma hajmi, ml da; S1 - boshlang'ich to'yintirish darajasi (o'nli bo'laklarda 100%=1,00), S2 - berilgan to'yintirish darajasi. Kerakli miqdordagi tuz erigandan so'ng, suspenziya 30-45 minutgacha cho'kma hosil qilinlik uchun qoldiriladi. Albumin cho'kmasi globulinga o'xshab yig'iladi. Cho'kma (agarda filtrlangan bo'lsa - cho'kma filtri bilan) oz miqdordagi suvda eritiladi va suvda dializlanadi (3 marotaba, suvning hajmi 1 l, har bir navbati 1-2 soatdan). Dializatdagi albumin kontsentratsiyasi niqlanadi, unumi yutilishi bo'yicha (280 nm) nomogrammaga asosan topiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.16 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.16 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: doc