Qo'sh elektr qavat tuzilishi haqidagi nazariyalar

Qo'sh elektr qavat tuzilishi haqidagi nazariyalar

O'quvchilarga / Kimyo
Qo'sh elektr qavat tuzilishi haqidagi nazariyalar - rasmi

Material tavsifi

Qo'sh elektr qavat (qeq) tuzilishi haqidagi nazariyalar Reja: Qo'sh elektr qavatning tuzilishi haqida gelmgols va perren nazariyasi O. SHtern nazariyasi Qo'sh elektr qavatning tuzilishi haqida gelmgols va perren nazariyasi Qo'sh elektr qavatning tuzilishini birinchi marta Gelmgols va Perren tushuntirib berdilar. Ularning fikricha, qo'sh elektr qavat yassi kondensatorga o'xshab tuzilgan bo'lib, zaryadlar fazalar chegarasida ikkita qarama-qarshi zaryadlar qatori shaklida joylashgan. Qavatlardan biri qattiq jism sirtiga bevosita yopishib turadi, ikkinchisi esa (ya'ni birinchi qavatga nisbatan qarma-qarshi zaryadli bo'lgani) suyuqlik muhitida bo'ladi. Ikki qavat orasidagi masofa juda ham kichik bo'lib, uning o'lchami bitta yoki ikkita molekulaning raidus o'lchamiga teng bo'ladi. Gelmgols va Perren qo'sh elektr qavat hosil bo'lishini quyidagicha tasavvur qilishgan: l - qarama-qarshi zaryadlar orasidagi masofa ϕ0 -qattiq faza bilan eritma orasidagi potensiallar ayirmasi 6.2-rasm. Gelmgols va Perren qo'sh elektr qavat sxemasi + q - q Rasmning shtrixlangan qismi eritmani ifodalaydi. Rasmda + q va - q sirtlar orasidagi punktir chiziq elektrpotensial qiymatining o'zgarishini ko'rsatadi. Bu qiymat qattiq faza bilan eritma orasidagi potensiallar ayirmasini ham ifodalaydi. Gelmgols va Perren nazariyasining kamchiligi - Broun (issiqlik) harakati hisobga olinmagan. Undan tashqari, bu nazariyada qavatlar orasidagi masofani ular juda kichik deb tushuntirgan (1 yoki 2 ta molekulaning radiusiga teng). Vaholanki, keyingi tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, bu masofa ancha kattadir. Undan tashqari bu nazariyada qattiq faza va eritma orasidagi umumiy potensial elektrokinetik potensialga teng deb qabul qilingan. Vaxolanki, ular bir-biridan farq qilar ekan. O. SHtern nazariyasi 1924 yilda O. Shtern taklif qilgan nazariyada Gelmgols - Perren va Gui - Chepmen nazariyalari umumlashtirildi, kamchiliklari bartaraf qilindi. Bu nazariyani yaratishda Shtern quyidagi bayon etilgan ikki farazni oldinga suradi: birinchidan, har qanday ion o'ziga xos aniq o'lchamga ega; ikkinchidan, ionlar Van-der-Vaals kuchlari ta'sirida o'ziga xos ravishda qattiq faza sirtiga ion radiusidan kattaroq masofaga qadar yaqinlasha olmaydi, chunki Van-der-Vaals kuchlari elektrik tabiatiga ega bo'lmaganidan ularning ta'siri masofa kattalashishi bilan tezda susayib ketadi; bu kuchlar sirtdan taxminan 0,1-0,3 nm uzoq masofalarga qadargina o'z ta'sirini ko'rsata oladi. Shtern fikriga muvofiq, qarshi ionlarning faqat bir qismi qattiq faza yaqinida 1-2 molekula radiusiga teng masofada (u δ bilan belgilangan) Gelmgols (yoki adsorbsion) qavatni hosil qiladi. Sirtdagi (ya'ni potensial belgilovchi) ionlar zaryadini batamom kompensatsiyalash uchun zarur bo'lgan qarshi ionlarning qolgan qismi esa diffuz (yoyiq) tartibda joylashadi (6.4-rasm). Shtern diagrammasining bu qismi Gui - Chepmen diagrammasidagi kabi bo'ladi. Shunday qilib, qo'sh elektr qavatning tuzilishi qattiq faza sirtida zaryadning hosil bo'lish mexanizmiga emas, balki zaryadlarning sirtda joylashishiga bog'liq ekanligini ko'ramiz. Shtern taklif qilgan qo'sh elektr qavatning tuzilish sxemasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 78.3 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 78.3 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga