Qo'shaloq superfosfat ishlab chiqarish Reja: Qo'shaloq superfosfat olishning fizik-kimyoviy asoslari Qo'shaloq superfosfat ishlab chiqarish Superfos Qoratog' fosforitidan superfosfat olishning fizik-kimyoviy asoslari Qoratog' fosforitidan superfosfat turidagi o'g'itlar ishlab chiqarish Tabiiy fosfatlarni fosfat kislotasi bilan parchalash natijasida oddiy superfosfatdan asosan fosfatli birikmalar (monokalg'tsiyfosfat va mahlum miqdordagi erkin fosfat kislotasi) bo'lishligi bilan farqlanadigan qo'shaloq superfosfat olinadi. Qo'shaloq superfosfatdagi kalg'tsiy sul'fat qo'shimchasi - fosfatning, tarkibida sul'fat-ion bo'lgan ekstraktsion fosfat kislota bilan parchalanishi yoki ruda tarkibida sul'fatlarni bo'lishi hisobidan ishtirok etishi mumkin. Chunki qo'shaloq superfosfat ishlab chiqarish uchun odatda ekstraktsion fosfat kislotasi ishlatiladi, lekin tabiiy fosfatning bir qismi fosfat kislota olish uchun sul'fat kislota bilan, qolgan qismi esa tayyor mahsulot olish uchun fosfat kislota bilan parchalanadi. Qo'shaloq superfosfat (uni chet ellarda, bahzan, uchlik superfosfat nomi bilan yuritiladi) tarkibidagi P2O5 ning miqdori oddiy superfosfatdagiga nisbatan 2-3 marta ko'p va uning tarkibida: P2O5o'zl. = 42-50% (xom ashyo sifatiga bog'liq holda); P2O5umum. = 45-56%; P2O5s.e. = 38-42% va P2O5erkin = 1,5-5% bo'ladi. Qo'shaloq superfosfat kontsentrlangan fosfat kislota (52-54% P2O5) ishlatilgan holda kamerali (oddiy superfosfatga o'xshash) usulda va 28-36% P2O5 li kislota qo'llagan holda oqimli (kamerasiz) usullarda olinadi. Kamaerali superfosfat omborga tashlangan holda yetiltiriladi. Oqimli usulda esa birdaniga donadorlangan (omborli yetiltirishsiz) mahsulot olinadi. Kamera-oqimli usul ham mavjud bo'lib, unda oson parchalanadigan fosforit unidan olingan kamerali superfosfat yetiltirish bosqichisiz to'g'ridan-to'g'ri donadorlash va quritishga uzatiladi. Qo'shaloq superfosfat olishning fizik-kimyoviy asoslari. Tabiiy fosfatlar tarkibidagi minerallarning fosfat kislotasi bilan parchalanishi quyidagi asosiy reaksiyalar bo'yicha sodir bo'ladi: Ca5(PO4)3F + 7H3PO4 + 5H2O = 5Ca(H2PO4)2*H2O + HF CaMg(CO3)2 + 4H3PO4 = Ca(H2PO4)2*H2O + Mg(H2PO4)2*H2O + 2CO2 P2O3 + 2H3PO4 + H2O = 2[RPO4*2H2O]. Mahlum xom ashyo uchun fosfat kislotaning stexiometrik mehyori - ko'rsatilgan reaksiyalarni va boshlang'ich ekstraktsion fosfat kislota eritmasidagi neytrallovchi (CaO, MgO, P2O3) va kislotali (H2SO4) qo'shimchalarning bo'lishini ehtiborga olgan holda hisoblanadi. Qo'shaloq superfosfat olishni ikki asosiy bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqichda fosfat va fosfat kislotaning uzluksiz aralashtirilishidan harakatchan suspeziyada tahsirlashuv jarayoni sodir bo'ladi, undagi suyuq faza tarkibida fosfat kislota, mokokalg'tsiyfosfat va boshqa eruvchan reaksiya mahsulotlari bo'ladi. Ularning suyuq fazadagi kontsentratsiyasi jarayonning haroratiga, fosfat kislotaning kontsentratsiyasi va sarflanish mehyoriga bog'liqdir. Boshlang'ich paytda tez, ammo fosfat kislotaning neytrallanishi hisobiga muntazam sekinlashadigan parchalanishning bu bosqichi suyuq fazaning kalg'tsiy fosfatlari bilan to'yinishi natijasida to'xtaydi. Ishlab chiqarish sharoitida uning davomiyligi bir necha sekunddan (kamera-oqimli usulda) 3-10 minutgacha (kamerali jarayonda) va xattoki 1-1,5 soatgacha (oqimli usulda) cho'zilishi mumkin. Fosfat parchalanishining ikkinchi bosqichi monokalg'tsiyfosfatning kristallanishi bilan bir vaqtda sodir bo'ladi, buning natijasida reaktsion massa suyuq va qattiq fazalarining tarkibi doimo ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
121.59 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
121.59 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: docx