Qotishmalar 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 16-mavzu Reja: Qotishmalarning turmushdagi ahamiyati Gomogen qotishmalar Geterogen qotishmalar Qotishmalar - suyuqlantirilgan metallarda boshqa metallar, metallmaslar, murakkab moddalar erishidan hosil bo'lgan eritmalar. Qotishmalar kristall tuzilishga ega bo'ladi. Qotishmalar qattiq va yumshoq, qiyin va oson suyuqlanuvchi, ishqor va kislotalar ta'siriga chidamli turlarga bo'linadi. Qotishmalarning xossalari ular tarkibini tashkil qiladigan moddalarning xossalariga bog'liq. Rux, mis, alyuminiy alohida bo'lganda suvda erimaydi, lekin 5 % rux, 50 % mis, 45 % alyuminiydan iborat qotishma odatdagi sharoitda suv bilan ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi. Qotishmalar ham metallar kabi kristall tuzilishga ega va ularning xossalari tuzilishlariga bog'liq bo'ladi. Kristallanganda ba'zi qotishmalarda kimyoviy birikmalar vujudga keladi; ba'zilarida esa metallar atomlari kimyoviy jihatdan bog'lanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar qattiq eritmalar deb ataladi. Gomogen qotishmalar - atom radiuslari o'lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo'lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar (Cu-Au, Ag-Au, Na-K, Bi-Sb). Geterogen qotishmalar - atom radiuslari o'lchamlari keskin farqlanuvchi metallar orasida hosil bo'lgan, kristall panjara tugunlarida atomlar almashib joylasha olmaydigan qotishmalar (Sn-Al, Zn-Al). Intermetall (metallararo) qotishmalar - elektrmanfiylik qiymatlari bir-biridan keskin farqlanuvchi metallardan hosil bo'lgan qotishmalar. Ayrim hollarda metallar bir-biri bilan aralashmaydi va qotishma hosil bo'lmaydi. Qotishmalar oldindan belgilangan xususiyatlarga ega bo'lishini rejalashtirilgan holda tayyorlanadi. Qotishmalarning kristall panjaralari sof metallarnikidan keskin farq qiladi. Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi tufayli sanoatda va maishiy turmushda keng qo'llaniladi. Mavzu: Q O T I S H M A L A R Reja. Kirish : kimyo fanining, metallar, va qotishmalarning paydo bo'lish tariga bir nazar. Asosiy qism: 1. Qotishmalarning hosil bo'lishi haqida. 2. Tayyo xoldagi qotishmalarning tarkibiy qismi. 3. Qotishmalar haqida amaliy misollar va olimlarning bu boradagi izlanishlari natijalari. Xulosa. Insonlar juda qadimdan qabd yog' va oqsilga boy o'simlik mahsulotlaridan istemol qilganlar. ular bundan 6 ming yil avval oltin va kumushdan zebu-ziynat buyumlarini tayyorlashni bilishgan. Eramizdan 200 yil avval Misrda o'simlik va hayvon organizmlaridan turli bo'yoq moddalar, rux va oltingugurtdan dorivor moddalar tayyorlangan. Lekin o'sha davrda kimyo bilan faqat maxsus kishilar gina shug'ullangan. Kimyoning nazariy masalalari bilan qadimgi grek olimlari eramizdan avvalgi V-VI asrda shug'ullangan. Ular butun borliqni asosini to'tta element - suv, havo tuproq va olov tashkil qiladi deb tushuntirganlar. Kimyoning fan sifatida rivojlanishiga Irland olimi Robert Boyl (1627-1691) katta hissa qo'shdi. Uning Skeptik kimyogar yoki aralash jismlardan to'rt element va uch kimyoviy negizning isboti sifatida qilinadigan tajribalar haqida mulohaza kitobida alkimyo nazariyasi haqid o'z mulohazalarini bildirgan. Aytish mumkinki, shu davrdan boshlab fan sifatida rivojlana boshladi. Kimyo fani o'z navbatida bizning yurtimizda ha chuqur ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.18 MB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.18 MB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: pptx