Qudrat Ahmerovich Ahmerov Qudrat Ahmerovich Ahmerov 1937 yili Toshkentda tavallud topgan. 1955 yili Mannon Uyg'ur nomli 22-o'rta maktabni me'dal bilan tamomlab, O'rta Osiyo Politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetiga o'qishga kiradi. 1960 yili institutni bitiradi va mazkur oliy o'quv yurtining «Organik kimyo» kafedrasiga assistent vazifasida ishga olib kolinadi. Bir yil davomida Moskvadagi M.V.Lomonosov nomidagi Nozik kimyo-texnologiya institutining «Organik sintez texnologiyasi» kafedrasida stajirovkada bo'ladi. 1962 yil mazkur institutning aspiranturasiga kiradi. 1966 yilning boshida u o'zining atsetilen bilan ammiakning yuqori haroratdagi katalitik reaksiyasini o'rganishga bag'ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Shu vaqtdan boshlab Q. Ahmerov Toshkent Politexnika institutining «Organik kimyo» kafedrasida assistent, katta o'qituvchi va 1968 yildan boshlab dotsent vazifasida faoliyat ko'rsata boshlaydi. U o'zining pedagogik faoliyatini kimyo texnologiyasi fakulteti dekani o'rinbosari vazifasi bilan qo'shib olib boradi. «Organik kimyo», «Asosiy organik sintez texnologiyasi» kurslari bo'yicha ma'ruzalar o'qiydi va amaliy mashg'ulotlar olib boradi. Pedagogik faoliyatini ilmiy ishlarini davom ettirish bilan hamohang ravishda davom ettiradi. Malumki, atsetilen bilan ammiak reaksiyasini dastlab o'rgana boshlagan olim A.Ye.Chichibabin edi. Pekin qandaydir sabablarga ko'ra endi o'rganila boshlangan ushbu reaksiya uning diqqatidan chetda qolib ketadi. Shu bois yosh tadqikotchi Q.Ahmerovning ilmiy rahbari professor R.M.Flid unga mazkur reaksiyani aspirantlik ilmiy ishi sifatida davom ettirishini taklif etadi. Kechani kunduzga ulab olib borilgan tadqiqotlar o'z samarasini beradi, reaksiyaning kinetikasi chuqur o'rganiladi, yangi samarali ikkita katalizator ishlab chiqarilishi ishni kichikroq hajmda bo'lsa-da, Shostkadagi kimyo'viy reaktivlar korxonasida amalga oshirishga imkon beradi. Yetmishinchi yillarda yosh olim o'z hamkasblari va shogirdlari bilan birgalikda o'rganilayotgan reaksiya va jarayonlar ko'lamini kengaytirib yuboradi. Ushbu jarayonlarni o'rganishga Moskva, Chernologolovka, Novosibirsk kabi shaharlardagi ilmiy -tekshirish va oliy o'quv yurtlari olimlari diqqati ham jalb kilinadi. Natijada 'atsetilen bilan ammiakdan nafaqat sirka kislotasining nitrilini, balki piridin asoslarining ko'pdan ko'p hosilalarini olish ham mumkinligini ko'rsatadi. Shu yillarda nashr qilingan ilmiy maqola va monografiyalar fikrimiz tasdig'i bo'la oladi. xalqaro simpoziumlar, kongress va boshqa anjumanlarda qilingan ma'ruzalar ko'pchilik yirik olim va tadqiqotchilarning diqqatini tortadi. Reaksiyada hosil bo'ladigan piridin asoslarining asosiy qismi ko'mirdan olinuvchi mahsulotlar o'rnida ishlatilishi mumkinligi amalda tasdiqlanadi. Eng muhimi reaksiya chiqindilari bo'lmish yuqori molekulali birikmalar aralashmalari va azotli smolalar, qotirgichlar, bo'yoq, elim va boshqa kerakli mahsulotlar tayyorlash uchuy xom ashyo sifatida amaliy ahamiyat kasb etishi ham-tajribalarda isbotlanadi. Mazkur tadqiqotlar dotsent Q. Ahme-rovning 1981 yilning 23 martida Moskvadagi M.V.Lomonosov nomli Nozik kimyo texnologiya instituta (hozirgi Akademiya) da yoqlagan dissertatsiyasiga asos bo'ldi. Atsetilen bilan ammiak reaksiyasini uchinchi komponent (keton, aldegid va boshqalar) ishtirokida o'rgangan shogirdlaridan Dilmurod Yusupov va Abduvahob Ikromovning o'rgangan jarayonlarida sintez qilingan yangi mahsulotlar qimmatbaho metallarning turli aralashmalari-dan ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.33 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.33 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: docx