Radiatsion va termik polimerlanish

Radiatsion va termik polimerlanish

O'quvchilarga / Kimyo
Radiatsion va termik polimerlanish - rasmi

Material tavsifi

Radiasion va termik polimerlanish Monomer molekulalarining katta energiyaga ega bo'lgan ionlashtiruvchi α, β, γ-nurlar ta'sirida polimerlanish jarayoni radiasion polimerlanish deyiladi. Nur ta'sirining birinchi bosqichida yuksak quvvatga ega bo'lgan rentgen, lazer va γ-nurlar, yadroviy zarrachalar, tezlashtirilgan ion, neytron, deytron, proton kabi zarrachalar monomer molekulasi bilan o'zaro ta'sirlashuvi natijasida uning tarkibiga kiruvchi atom yoki molekuladan elektronlarni ajratib chiqaradi. Natijada nisbatan zaryadlangan zarrachalar, kationlar yoki kationradikallar hosil bo'ladi. Ionlanish jarayonida ajralib chiqqan, yuksak energiyaga ega bo'lgan elektronlar, monomerlar molekulasi bilan uchrashib, uni aktiv radikallarga qadar parchalaydi. Demak, birinchi bosqichda yuksak energiyaga ega bo'lgan ion radikallar hamda erkin radikallar hosil bo'ladi. |--→ AB+ + e- → A' + B+ AB--| |--→ AB*--→ A' + B- Nurlanishning yuqori pog'onalarida polimerlanish jarayoni ionlar ta'sirida juda katta tezlik bilan boradi va hosil bo'lgan polimerlarning molekulyar massasi ham yuqori bo'ladi. Padiasion polimerlanish jarayonining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, nur ta'sirida makromolekula o'sishi bilan bir qatorda uning parchalanishi ham ko'zatiladi, ya'ni destruksiyaga uchrab, yangi tip aktiv makroradikallar hosil qiladi va ularning yangi monomermolekulalari bilan to'qnashib chiziqsimon tuzilishga ega bo'lganmakromolekula zanjiri o'rniga tarmoqlangan yoki tikilgan to'rsimon tuzilishga ega bo'lgan makromolekulalar hosil qiladi. Ko'pincha radiasion polimerlanish jarayoni erituvchilar ishtirokida tezroq boradi. Misol uchun uglerod (IV)-xlorid erituvchi sifatida ishlatilganida radiasiya ta'sirida erituvchimolekulasida quyidagi o'zgarishlar sodir bo'ladi: γ CCL4 --→ CCL3' + CL' hosil bo'lgan uglerod (II)-xlorid radikali monomer bilan birikib aktiv markaz hosil qiladi: CCL3'+CH2=CHX → CCL3 - CH2 - CHX' Biroq, erituvchi miqdori oshgan sari (ya'ni aralashma suyultirilgan sari) hosil bo'layotgan polimerning molekulyar massasi kamayib boradi. Bu holat erituvchi molekulalarining γ-nuri ta'sirida aktiv radikallar hosil qilib, zanjirning uzilish reaksiyasiga qatnashishi natijasida sodir bo'ladi. CL3C - (- CH2 - CHX - )n - CH2 - CHX' + CCL4 → CL3C - (-CH2-CHX-)n-CH2-CHX-CL+ CCL3' Shunday qilib, radiasion polmerlanish jarayoni quyidagi asosiy omillarga bog'liq bo'ladi: a) Radiasion nurlanish quvvatining ta'siri (nurning intinsivligi) ko'pincha gomogen sistemalarda polimerlanish tezligi nurlanishning 0.35-100 rengenmin. oraliq miqdoriga to'g'ri proporsionaldir. V=K*[M]*Jn Odatda n ning qiymati 0.5-1 oraliqda bo'lib, o'zgarib turadi. b) Issiqlik ta'siri. Reaksion aralashmada harorat ortib borishi bilan polimerlanish jarayonining tezligi ortib boradi. Odatda yadraviy (radioaktiv) nurlar ta'sirida polimerlanish reaksiyasining aktivlanish energiyasi haroratning o'zgarishiga bog'liq bo'lmaydi. v) Radiasion polimerlanishga fazoviy muhit ham katta ta'sir qiladi. Qattiq -suyuq kabi ikki fazadan iborat sistemalarda radiaktiv nurlar ta'sirida polimerlanish jarayonini tezlashtirish usuli hozirgi ilmiy texnika davrida juda istiqbolli usullardan biri hisoblanadi. Shunday qilib, radioaktiv yoki yuiksak energiyaga ega boi'lgan turli xil zarrachalar ta'sirida polimerlanish jarayoni hali chuqur o'rganilmagan, ammo bu usul yuqori ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.82 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.82 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga