Radiokimyo

Radiokimyo

O'quvchilarga / Kimyo
Radiokimyo - rasmi

Material tavsifi

RADIOKIMYO REJA: Kirish: 1.Radiatsion kimyo haqida umumiy ma'lumot. 2.Radioaktivlik haqida tushuncha. 3.Elementlarning bir-biriga aylanishi va radioaktiv qatorlar. 4.Radioaktiv yemirilish qonuni. 5.Radioaktiv minerallar. 6.sun'iy radioaktivlik. 7.Radiatsion himoya. 8.Radioaktiv elementlarning ahamiyati va ishlatilishi.Nishonlangan atomlar. Xulosa Radiokimyo - radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, ularni ajratib olish, konsentrlash (to'plash) fan va texnikaning turli sohalarida qo'llash usullarini o'rganadigan soha. R. rivojlanish davrida bir necha bosqichni bosib o'tdi. R.ning dastlabki 1 bosqichi 1898 y.dan, ya'ni P. Kyuri va M. Kyuri ilk tabiiy radioaktiv elementlar - poloniy va radiyni ajratib olishlaridan boshlandi. II bosqich (1914-33)da tabiiy radioaktiv elementlarning kimyoviy tabiati o'rganildi. ll bosqich I.Kyuri va F. Jolio-Kyurilarning 1934 y.da sun'iy radioaktiv izotoplarni kashf qilganlaridan keyin boshlandi. IV bosqich sun'iy izotoplarning texnologiyasi bosqichi bo'lib, parchalanish zanjir reaksiyasining sanoat miqyosida amalga oshirilgan davri - 1944 y.ga to'g'ri keladi. Eng so'nggi bosk,ich 50-y.ni - izotoplarni ajratib olish davrini o'z ichiga oladi. Hoz. zamon R. sini quyidagi asosiy bo'limlarga ajratish mumkin: umumiy R., yadro aylanishlari kimyosi, radioaktiv elementlar kimyosi va amaliy radiokimyo. Umumiy R. radioaktiv elementlar va izotoplarning fizik-kimyoviy qonuniyatlarini: radioaktiv elementlar va izotoplarning turli muhitda qanday shaklda uchrashini aniqlaydi, kichik radiokimyoviy konsentratsiyadagi radioaktiv elementlarning xossalarini tekshiradi, radioaktiv moddalarning fazalararo taqsimlanish jarayonini o'rganadi. Yadro aylanishlari kimyosi yadro reaksiyalari va radioaktiv o'zgarishlarda hosil bo'ladigan mahsulotlarni va kimyoviy aylanishlarni o'rganadi, yadro reaksiyalari va yadro aylanishlarida hosil bo'ladigan izotoplarning turg'un shakllarini aniqlaydi. Rezerford Rezerford tajribasi Radioaktiv elementlar kimyosi barqaror va uzoq, mavjud bo'luvchi izotoplari bo'lmagan elementlarni o'rganadi. R. usullari asosida o'rganiladigan elementlar texnetsiy, prometiy, astat, uran, toriy, poloniy, radon, fransiy, radiy, aktiniy, protaktiniy va transuran elementlar, shuningdek, vodorodsimon atomlar: myuoniy, pozitroniy va mezoatomlardan iborat. Bu bo'limga shartli ravishda yadro yoqilg'isi texnologiyasini ham kiritish mumkin. Amaliy R. nishonli birikmalar sintezini, radioaktiv izotoplarning fan va sanoatda (kimyo, fizika, geokimyo va b. tadqiqotlarda) qo'llanishini o'z ichiga oladi. Radioaktiv elementlar Radioaktiv elementlar - barcha izotoplari radioaktiv bo'lgan kimyoviy elementlar. Tabiatda uchraydigan, tartib rakami 83 (vismut)dan katta bo'lgan barcha elementlar radioaktiv. Ularni ketmaket yuz beradigan radioaktiv o'zgarishlar zanjirlarining alohida halqalari sifatida tasavvur qilish mumkin. Bir zanjir tarkibiga kiruvchi elementlar radioaktiv oila yoki radioaktiv qator hosil qiladi. Tartib raqami 83 dan kichik bo'lgan R.e. ham bor. Ular texnetsiy 43Te va prometiy 61Pm. Davriy sistemada joylashgan urandan keyingi elementlar sun'iy usulda olingan transuran elementlardir. Tabiiy R.e.dan faqat uran (tartib raqami 92) va toriy (90) elementi izotoplarining yarim yemirilish davri Yerning yoshiga yaqin. 238U(T,,2=4,51 mlrd. y.), 235U(713 mln.y.), 232Th(14,l mlrd. y.). Shuning uchun barcha tabiiy R.e. ichida faqat uran bilan toriy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.48 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.48 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga