Rahim Sodiqovich Tillaev (1927 - 2012) Rahim Sodiqovich Tillaev 1927 yilda Toshkent shaxrida hunarmand oilasida tug'ilgan. 1946 yilda o'rta maktabni tugatib O'rta Osiyo Davlat universitetining kimyo fakultetiga o'qishga kiradi va u ni 1951 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgach, aspiranturaga tavsiya qilinadi. 1954 yilda kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqiyatlk himoya qiladi. Rahim Tillaev 1954 - 1955 yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri bo'lib ishlaydi va 1955 yildan Toshkent Davlat universits-ti kimyo fakultetining fizikaviy kimyo kafedrasiga assistent bo'lib o'tib, o'zining ilmiy va pedagogik faoliyatini davom ettiradi. 1966 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffakiyatli himoya qilib kafedra professori va 1972 yildak 2005 yilgacha kgfedra mudiri bo'lib ishlaydi. Shu yillar davomida kimyo fakulteti talabalari uchun fizikaviy kimyodan va mutaxassislik fanlaridan ma'ruza qamda amaliy mlshg'ulotlar o'tkazadi. Professor R.Tillaevning ilmiy-tadkiqot ishlari Respublikamizda fizikaviy kimyo fanini va polimerlarning radiatsion kimyosini rivojlantirishga qaratilgan edi. U sintetik polimerlarga vinil monomerlarini radioaktiv nurlar ta'sirida payvandli polimerlashning yangi usullarini ishlab chiqib, polietilen, polivinilxlorid, polistirol va boshqa qator polimerlarning payvandli sopolimerlarini sintez qildi hamda ularning fizik - kimyoviy va fizik - mexanik xossalarini o'rgan-di. Bunda payvandli sopolimerlar eritmalari termodinami-kasini o'rganishga katta ahamiyat berildi. Payvandli sopolimerlar eritmalarining xossalari ularni olish sharoitlariga, komponentlar tabiati va tarkibiga, makromolekulyar parametr-larga bog'likligi haqida qator qonuniyatlar kashf qilindi. Bu masalalarni hal qilishda olingan natijalar termodinamik mezonlar asosida baholandi va polimerlarning termodinamik xossalariga molekulyar strukturaning ta'siri ko'rsatib berildi. Kafedrada genetik va sema'ruza usullarida yaratilgan yangi nav paxta tolatarining ustmolekulyar, kristall va kapillyar - govak tuzilishi hamda termodinamik xossalarini o'rganish sohasida jadal ilmiy-tadqikotlar olib borildi. Tsellyuloza va uning efirlari eritmalarining termodinamik, gidrodinamik, makromolekulyar xossalari va konformatsion xueusiyatlari chuqur tahlil qilindi. Suvda eruvchan tsellyuloza efirlari hamda tabiiy va sintetik polielsktrolitlar asosida noyob xossalarga ega interpolimer komplekslar olish va ularning fizik - kimyoviy va termodinamik xossalarini o'rganish bo'yicha tadkiqotlar o'tkazildi. R. Tillaev rahbarligida yana bir ilmiy yo'nalish - elektrod jarayonlarning kinetikasini tadqiq qilish bo'yicha ishlar amalga oshirildi. Bu sohada turli korroziya ingibitorlari va antikorrozion koplamalar ishtirokida elektrod jarayonlar kinetikasi o'rganildi. Respublikamizdagi mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilari asosida kislotali va tuzli muhitlardagi korroziyaning oldini oluvchi yangi ingibitorlar va antikorrozion koplamalar yaratildi. Jumladan, yog' - moy korxonalari chiqindisi hisoblangan gossipol smolasi asosida metallarning zanglashiga qarshi xossaga ega va turli maqsadlarga mo'ljallangan bir necha yangi kompozitsiyalar olinib, amaliyotga tatbiq etildi. R. Tillaev fizikaviy kimyo fanidan oliy o'quv yurtlari talabalari uchun «Misol va masalalar to'plami» va «Fizik kimyodan amaliy mashg'ulotlar» o'quv ko'llanmalarini rus tilidan o'zbek tiliga tarjima qilgan va o'nlab uslubiy ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.88 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.88 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: docx