Rahmat Ahmedovich Shoymardonov Rahmat Axmedovich Shoymardonov 1940 yilda Buxoro shahrida tug'ilgan. 1963 yilda Buxoro Davlat Pedagogika instituta tabiatshunoslik fakultetining kimyo va biologiya bo'limini imtiyozli diplom bilan bitirgan. Pedagogik faoliyatini Buxoro shaxridagi 6-son o'rta maktabning kimyo va biologiya o'qituvchisi sifatida boshlagan. 1964 yil avgust oyidan boshlab uning ilmiy-pedagogik faoliyati asosan Buxoro Davlat pedagogika instituta (hozirgi Buxoro Davlat universiteta) bilan bog'liq. R.Shoymardonov 1968-1971 yillarda O'z FA O'simlik moddalari kimyosi instituta aspiranturasida tahsil oldi. 1971 yilda akademiklar S.Yu.Yunusov va S.I.Iskandarov rahbarligida «Alteramin va leontidinning tuzilishi va sintezi» mavzuoida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Unga 1976 yilda dotsentlik, 1991 Yilda esa professorlik ilmiy unvoni berildi. R.Shoymardonovning alkaloidlar kimyosi, kimyoviy ekologiya, mahalliy gilmoyalardan yupqa qavatli xromatografiya uchun adsorbentlar olishga bag'ishlangan 40 dan ziyod ilmiy maqolalari «Ximiya prirodnix soedineniy», «Rastitelnie resursi», «Ximiya v shkole» va boshqa ilmiy jurnallarda, 50 dan ziyod tezislari esa xalqaro va Respublika ilmiy anjumanlari materiallarida chop etilgan. O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari ruxsati bilan uning quyidagi darslik va o'quv ko'llanmalari nashr qilingan: Organik ximiya. Toshkent, «O'qituvchi», 1979, 615 b. (muallifdoshlar: S.I.Iskandarov va A.A.Abdusamatov). Organik ximiyadan praktikum. Toshkent, «O'qituvchi», 1982, 334 b. (muallifdoshlar: S.I.Iskandarov, A.A.Abdusamatov, B.Sodiqov). Organik kimyodan savol, masala va mashqlar. Toshkent, «O'qituvchi», 1996, 360 b. Organik kimyo. I kiem. Buxoro, 2005, 442 b. (muallifdosh B.B.Umarov). Organik kimyo. II qism. Toshkent, Yangiyulpoligraf service, 2008, 347 b. Organik kimyodan testlar to'plami. Buxoro, 2012, 448 b. (muallifdosh S.F.Abdurahmonov). Organik kimyo. Toshkent, 2013, 504 b. (akademik litseylarning labiiy fanlar yo'nalishi o'quvchilari uchun o'quv qo'iianma, muallifdosh M.Ergashov). Buxoro Davlat universiteta o'quv-metodik kengashi qarori bilan R.Shoymardonovning 10 dan ziyod qo'llanma va ishlanmalari chop etilgan Bu o'quv adabiyotlaridan Respublikamiz oliy o'quv yurtlari professor-o'kshuvchilari va talabalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'kchtuvchi va o'quvchilari keng foydalapishmoqda. R.Shoymardonov Buxoro Davlat pedagogika instituta kimyo kafedrasi mudiri (1979-1986 yillar), institut o'quv ishlari prorsktori (1986-1992 yillar). BuxDU organik va fizkolloid kimyo kafedrasi mudiri (1992-1994 yillar), BuxDU o'quv ishlari prorektori (1994-1996 yillar), BuxDU kimyo-biologiya fakulteti dekani (1996-2002 yillar), BuxDU organik va fizkolloid kimyo kafedrasi professori (2002-2005 yillar), BuxDU ichki nazorat va monitoring bo'limi boshligi (2005-2011 yillar) lavozimlarida samarali faoliyat olib bordi. U talabalar bilimini hamda professor-o'qituvchilar faoliyatini baholashda reyting tizimini joriy qilish va uni takomillashtirish, kafedralar va fakultetlar o'quv-moddiy bazasini mustahkamlash va boyitish, o'quv jarayonida zamonaviy pedagogik va informatsion texnologiyalardan foydalanish, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar samaradorligini oshirish borasida faoliyat ko'rsatdi. U uzoq yillar davomida kimyo ta'lim yo'nalishi talabalari uchun «Organik kimyo» fanidai, organik kimyo mutaxassisligi magistrantlari uchun «Geterosiklik birikmalar ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.41 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.41 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: docx