Rangli metallurgiya neft va gaz sanoati va boshqa soxalarda yuqori haroratli jarayon va qurilmalar

Rangli metallurgiya neft va gaz sanoati va boshqa soxalarda yuqori haroratli jarayon va qurilmalar

O'quvchilarga / Kimyo
Rangli metallurgiya neft va gaz sanoati va boshqa soxalarda yuqori haroratli jarayon va qurilmalar - rasmi

Material tavsifi

Rangli metallurgiya neft va gaz sanoati va boshqa sohalarda yuqori haroratli jarayon va qurilmalar Reja 1 Rudadan metalni ajratib olish jarayoni va ishlatiladigan qurilmalar 2 Neft - gaz sanoatida qayta ishlash qurilmalarida kechadigan o'tli jarayonlar 3 Qurilish materallarini ishlab chiqarishdagi yuqori harorotli jarayon va qurilmalar Tayanch iboralar: Sanoat, metallurgiya, ruda, elektrolizlash, organik moddalar, koks gazi 1 Rudadan metalni ajratib olish jarayoni va ishlatiladigan qurilmalar Ma'lumki,o'rta maktab programmalarida metallurgiya sanoatining ishi va ki'rsatkichlari bilan qisqacha tanishtiriladi,ya'ni qora metallurgiya (chuyan va pulat ishlab chiqarish) va rangli metallurgiya (mis, alyuminiy, magniy, titan va boshqalar ishlab chiqarish) dagi texnologik protsesslar, qurilmalar haqida dastlabki tushunchalar berildi. Metallurgiya sanoati turli ximiyaviy birikmalardan iborat bo'lgan rudalardan turli metallarni ajratib olish va ularni turli keraksiz tabiiy jinslardan (glinozyom, kremnozyom, ohak va boshqa jinslar) tozalash protsessidan iboratdir. Rudalarning tarkibidan metallarni ajratib olishning bir necha usullari bor. Pirometallurgiya eng ko'p tarqalgan usul bo'lib, rudalarni suyuqlantirib, undan metallarni suyuq holda ajratib olishga asoslangandir. Bu usul, asosan, rux, mis, qalay, magniy va boshqa metallarni olishda ishlatiladi. 2. Gedrometallurgiya turli suyuqliklar,eritmalar yordamida rudalarni cho'ktirish yoki elektrolizlash orqali metallarni ajratib olishga asoslangan usuldir. Bu usul orqali boy va kambag'al rudalardan rux, mis hamda boshqa qimmatbaho metallarni ajratib olishda ishlatiladi. 3. Elektrometallurgiya. Bu usul rudalarni, metallarni eritish yoki elektr pechlarda tuzlarning eritmalardan metallarni elektroliz qilishdan iborat. Elektroliz, asosan,alyuminiy, magniy va toza mis olishda qo'llaniladi. Rudalarni elektropechlarda eritish esa faqat elektroenergiyaga boy va arzon bo'lgan mamlakatlargina mumkin bo'ladi. 4. Ximiyaviy metallurgiyada titan, vanadiy, tsirkoniy, niobiy kabi noyob elementlar qaytadan tiklanadi. hozirgi zamonaviy metallurgiyada, asosan, dastlabki materiallarni tayyorlab eritishga katta e'tibor berilmoqda. Masalan, temir rudasi qoidaga ko'ra, avval boyitiladi, chunki domna pechida doimiy (oddiy) rudalarning o'rniga tarkibida yuqori protsentli temir va minimal chiqindilari mavjud bo'lgan rudalargina ishlatiladi. 5. Poroshokli metallurgiya metodi esa ketma-ket takomillashadigan operatsiyalardan iborat bo'lib, turli poroshoklarni hosil qilish, ularni presslash va pishirishdan iborat. Bu usulda turli antifriktsion, qattiq qotishmalar va boshqalar hosil qiladi. Neft gaz - sanoatida qayta ishlash qurilmalarida kechadigan o'tli jarayonlar Metallurgiya sanoatida qizdiradigan, eritadigan pechlarda va qurilmalarga yoqilg'ilar yoqiladi. Hamma turdagi (ko'rinishdagi) foydalaniladigan yoqilg'ilar organik moddalar hisoblanadi. Ularning sostavi, asosan, uglerod, vodorod, kislorod, azot va oltingugurt hamda yoqilg'i kuli hosil qiladigan va nam beruvchi mineral aralashmadan iborat bo'ladi. Eng ko'p ishlatiladigan yoqilg'ilar, asosan, koks, mazo't va tabiiy gazlar hisoblanadi. Koks. Uning issiqlik berish qobilyati 23520 kjkg. Koks toshko'mirning alohida navi (kokslanuvchi ko'mir)-ni havo kirmaydigan maxsus pechlarda 950-100 °C gacha qizdirish (quruq haydash) yo'li bilan olinadi. Kokslanuvchi ko'mir quruq haydalganda uchuvchan moddalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.53 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.53 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga