Real gazlar va ularning ichki energiyasi Reja: 1.Real gazning ichki energiyasi haqida tushuncha 2.Molekulalarning harakat kinetik energiyasi va o'zgarmas hajmdagi issiqlik sig'im orasidagi bog'lanish 3.Joul- Tomson effektini mohiyati Bizga ma'lumki, ideal gazning U-ichki energiyasi uning molekulalari harakatining kinetik energiyasidan iborat. Bu energiya berilgan gazning hajmiga ham, bosimiga ham bog'liq bo'lmay, faqat uning Т temperaturasi bilan aniqlanadi. Bir mol ideal gaz uchun bunda СV o'zgarmas hajmdagi molyar issiqlik sig'imidir. Real gazda molekulalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchlari katta ahamiyatga egaligini bilamiz. Shuning uchun real gazning ichki energiyasi uning molekulalar harakatining kinetik energiyasi bilan molekulalarning o'zaro ta'sir potensial energiyasining yig'indisidan iborat bo'ladi. Joul С-jo'mrakka ega bo'lgan naycha bilan tutashtirilgan ikki A vа В idishlarni suvli kalorimetrga joylashtirgan. В idishning havosi so'rib olingan bo'lib, A idishdagi havo ma'lum Р bosimga ega. С-jo'mrak ochilganda A idishdagi havo В-idishga oqib chiqib, tashqi ish bajarmagani holda kengayadi. Joul bu tajribada kelometrning temperaturasi o'zgarmaganini payqagan. Shunga asosan, u ichki energiyasi o'zgarmaydi degan xulosa chiqardi. 188- yil Joul shu tajribani Tomson bilan birgalikla yanadi sezgiroq boshqa variantda takrorlaydi Vodorod kengayayotganda isigan gaznin hajmi (issiqlik almashinmay) kengayganida uning temperaturasini o'zgarishidan iborat bo'lgan mana shu effekt Joul - Tomson effekti deyiladi. Bu hodisa real gaz xossalarining ideal gaz xossalaridan farq qilishining natijasidir. Gaz kengayishi natijasida sovishdan iborat bo'lgan effektga Joul - Tomson musbat effekti deyiladi Gaz kengishi natijasida isisa bunday effektga Joul - Tomson manfiy effekti deyiladi. Keyinchalik Joul - Tomson effektining ishorasi Van-Der Vaals tenglamasidagi a va в tuzutmalardan qaysi birining roli kattaroq bo'lishiga bog'liq ekanligida aniqlanadi Ma'lumki, molekulalarning o'zaro ta'sir kuchlari O ga teng bo'ladigan ideal gazlarda Joul-Tomson effekti bo'lmaydi. Joul - Tomson effekti miqdoriy jihatdan Joul-Tomson differensial koeffitsienti deb ataluvchi bilan xarakterlanadi Yuqorida aytilgandek Joul-Tomson effekti qaytmas protsessdir. Issiqlik mashinasining f.i.k. to'g'risida aytilgan fikrlar hammasi sovitish apparatlariga ham tengligidir, chunki ularni issiqlik dvigatellariga teskari qurilmalar deb tushinish mumkin. Sovutgich mashinada issiqlik sovuq jismdan olib, issiqroq jismga berilishini eslaylik. Bunda mexanik ish bajariladi, yana shu ish hisobidan sovuq jismdan issiq jismga issiqlik uzatiladi. Bunda prosess o'zidan bajarilmasligini bilamiz. Sovitgich mashinasining f.i.k. sifatida sovitalyotgan jismdan olingan Q issiqlik miqdorining bunda sarf qilingan A ishga nisbatini olish kerak: 1902- yilda Klod birinchi marta detanderli mashinalar ishlab chiqib unda havoni suyultirdilar. P.L.Kapisa Klod mashinasidan foydalanib porshenli detanderturbinaga ya'ni turbodetanderga almashtirildi va unda 77,32K temperaturada suyuq azot va 90,12 K - temperaturada suyuq kislorod olinadi. Landau L. D., Lifshits E. M. nazariy fizika. - M.: Fan, 1958 Yil. 509 s. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
99.95 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
99.95 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: pptx