Real gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlar xossalari REJA: KIRISH. Moddalarning gaz, suyuq va qattiq xossalari. Real gazlar. Van -der -Vaals tenglamasi. Suyuqliklarning bug'lanishi. Kondensatsiya. Suyuqlik bilan bug'ning muvozanati. Qattiq jismlarning tuzilishi, kristall panjara va ularning turlari. Xulosa: Tabiatda moddalarning gaz, suyuq va qattiq holatlarda bo'lish sabablarini molekulyar -kinetik nazariya to'liq tushuntiradi. Gaz molekulalari orasidagi o'rtacha masofa ularning diametriga nisbatan juda katta bo'ladi. shuning uchun gazlar osongina siqiladi, chunki gazni siqqanimizda molekulalar orasida o'rtacha masofa kamayadi. Lekin siqilish jarayonida molekulalarning o'lchamlari (diametri) o'zgarmaydi, chunki molekulalar bir -biriga yaqinlashganda, ular orasida kuchli itarishish kuchi hosil bo'ladi. bu kuch esa molekulalarning bir -biriga tegib, ezilishiga yo'l qo'ymaydi. 1. Moddalarning gaz, suyuq va qattiq xossalari. Qattiq jismning zichligi suyuqlikning zichligidan ancha katta. Shuning uchun qattiq jismning atom yoki molekulalari suyuqlik molekulalariga nisbatan bir -biriga juda yaqin joylashgan. Shu sababli qattiq jism molekulalari orasidagi o'zaro ta'sir kuchi suyuqlik molekulalari orasidagi o'zaro ta'sir kuchidan ancha katta. Qattiq jism molekulalari biror muvozanat vaziyati atrofida asosan tebranib turadi. Kamdan -kam hollarda qattiq jism molekulalari o'zining muvozanat vaziyatini o'zgartiradi. Shu sababli qattiq jism muayyan hajmga va muayyan shaklda ega bo'ladi. Agar qattiq jismning atom yoki molekulalarining muvozanat vaziyati markazlarini to'g'ri chiziq bilan tutashtirsak, kristall panjara deb ataluvchi fazoviy panjara hosil bo'ladi. Kristall panjarada atomlarning joylashishidagi ichki tartib tufayli uning tashqi ko'rinishi ham muntazam geometrik shaklda bo'ladi. Modda tuzilishining molekulyar -kinetik nazariyasi uning gaz, suyuqlik va qattiq holatlari orasidagi asosiy farq quyidagilardan iborat ekanligini bildiradi: 1. Gaz molekulalari bir -biridan o'z o'lchamlariga nisbatan juda katta masofada joylashganligi uchun ular orasidagi o'zaro ta'sir kuchi hisobga olinmas darajada kichik. Shuning uchun gaz molekulalari faqat ilgarilanma harakat qiladi. 2. Suyuqlikning zichligi gazning zichligidan ancha katta bo'lganligi uchun suyuqlik molekulalari bir -biriga yaqin joylashgan. Shuning uchun ular orasida kuchli o'zaro ta'sir kuchlari mavjud. Shu sababli ular biror muvozanat vaziyati atrofida tebranib turib, ahyon bir o'troq holatdan boshqasiga sakrab o'tib ilgarilanma harakat qiladi. Demak, suyuqlik molekulalari tebranma va ilgarilanma harakat qilar ekan. 3. Qattiq jism molekulalari bir -biriga juda yaqin joylashganligi uchun ular juda katta o'zaro ta'sir kuchlari bilan bog'langan. Qattiq jism molekulalari qo'shni molekulalarning ta'sir kuchini yengib, o'z o'rnini tashlab keta olmaydi. Shu sababli ular faqat tebranma harakat qiladi. 2. Real gazlar. Van -der -Vaals tenglamasi. Ma'lumki molekulayar fizika qonunlarini o'rganishda gaz: O'zaro ta'sirlashmaydigan moddiy nuqtalar majmuasidan iborat: Gaz molekulalarining xususiy hajmi gaz turgan idishning hajmiga nisbatan hisobga olmasa ham bo'ladigan darajada kichik deb qarash mumkin. Bunday shartlarga bo'ysunuvchi gazlarga ideal gazlar deyiladi. Tabiatdagi ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
392.72 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
392.72 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: pptx