MENDELEYEV DAVRIY JADVALI RODIY Rodiy (yun. rhodon - atirgul; lot. Rhodium), Rh - Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element. Platina guruhidagi metallar turkumiga kiradi. Tartib raqami 45, at.m. 102,905. 1 ta barqaror izotopi (l03Rh) bor. Uran yemirilganida Rodiyning massa sonlari 95 dan 110 gacha bo'lgan bir necha izotopi hosil bo'ladi. Rodiyni ingliz kimyogari Vollaston 1803 y.da metall holida ajratib olgan. Rodiy Yer po'stining massa jihatidan 1107% ini tashkil qiladi, u tabiatda platina va platina guruhdsagi metallar bilan birga uchraydi. Kumushsimonko'qish rangli, korroziyaga chidamli qattiq metall. Suyuklanish trasi 1960°, kaynash trasi 4500° ga yaqin, zichligi 12,42 gsm³. Rodiy kimyoviy jihatdan juda barqaror. Faqat laqqa cho'g' holida metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Havoda 100° da oksidlanib, Rh2O3 ga o'tadi. Rodiy hech qaysi kislotada va kislotalar aralashmasida erimaydi. Birikmalarida 2, 3, 4, 5 va 6 valentli bo'ladi. Ko'pincha 3 valentli. Uning RhF3, RhCl3 Rhl3 tarkibli galogenidlari, Rh(OH)3H2O tarkibli gidrooksidi, Rh2S3, Rh3S4, Rh9Sg, Rh(HS)3 tarkibli sulfidlari, Rh(NO3)3 2 H2O, Rh2(SO4)3 15H2O tarkibli tuzlari ma'lum. Rodiy platina affinajida hosil bo'ladigan mahsulotlardan olinadi. Rodiyning platina bilan qotishmasi katalizator sifatida, termoparalar, kimyoviy jihozlar va b. tayyorlashda ishlatiladi, Rodiy projektor va reflektorlar yasashda, elektr kontaktlar tayyorlashda ham qo'llanadi. Rodiy tuzlaridan tibbiyotda, chinni sirlari uchun kora bo'yoq olishda foydalaniladi. Rodiy - unsurlar davriy jadvalining 45 unsuri, metall. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
802.68 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
802.68 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: pptx