MAVZU: Ruda tarkibidagi misni ajratib olish MIS - Мис, bеlgisi - Cu (Cuprum lotincha Kipr orolining ismidan olingan), davriy sistеmaning I guruh kimyoviy elеmеnti, Cu (lot. Cuprum), tartib raqami 29, atom massasi 63,546, zichligi 8,920 gsm3, tsuyuq= 10830C; tqayn=25730C; qizil rangli kubik kristallik mеtall, issiqlik va elеktr o'tkazuvchanligi katta; havoda oksidlanib qorayadi, nam havoda gidroksikarbonat hosil bo'lgani uchun ko'karadi; kislotalarda va ammiakda erib, tuzlar hosil qiladi. Misdan kimyoviy apparaturalar (issiqlik almashgichlar, muzlatkichlar, plazmatron dеtallari va boshqalar) tayyorlanadi. 30% dan ortiq mis sanoatda mis qotishmalari sifatida ishlatiladi. Cu Markaziy Osiyoda eng yirik mis qazib olish konlaridan biri Qolmoqqir makonidagi rudalarni portlatish jarayoni. Bugungi kunda Vanyukov pеchi, Outokumpu, Mitsubisi, Noranda, Bеyjing jarayonlari va agrеgatlari mis ishlab chiqarishda eng asosiy uskuna hisoblanmoqda. Elektroliz sexidan chiqqan va sotuvga tayyorlangan 99,99 % li mаhsulot - mis katodining umumiy ko'rinishi MIS ISHLAB CHIQARISH Mis ishlab chiqarish XX asrning ikkinchi yarmida keng rivojlangan. Rangli metallar iste'moli bo'yicha mis aluminiydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Mis va uning birikmalarini asosiy iste'mol qiluvchi sohalar: Xomaki misni olovli tozalash usuli Xomaki misni olovli tozalashdan asosiy maqsad - bo'lajak elektrolitik tozalashga yaroqli zich anodlar olish va unsur metallarni yo'qotishdir. Unsur metallarning borligi elektroliz jarayoniga salbiy ta'sir qiladi. Anodlarni xomaki misdan ham qo'ysa bo'ladi, faqat elektroliz ko'rsatkichlari zich anodga nisbatan ancha yomonroqdir.Xomaki misdagi zarra metallarni uch guruhga bo'lsa bo'ladi: Olovli tozalashda quyidagi operatsiyalar o'tkaziladi: Misni elektrolitik tozalash usuli Elektrolitik tozalashning asosiy maqsadi toza, yuqori sifatli mis va yarim mahsulot (shlam) olishdir. Shlamda oltin, kumush, selen va tellur to'planadi Bu jarayonni amalga oshirish uchun anoddagi misni doimiy elektr toki yordamida eritiladi va shu davrda erkin misni katodga o'tkaziladi. Yerituvchi modda hisobida sulfat kislotasi qo'llanadi. Asosiy dastgoh hisobida temir betondan yasalgan kesimi to'g'riburchak bo'lgan elektrolitik vanna qo'llaniladi. Vanna elektrolit quyadigan truboprovod va elektr tokini ta'minlaydigan shinalar bilan jihozlangan. Vannaning ichki sirti viniplast yoki qo'rg'oshin bilan izolyatsiya qilingan, chunki eritmada sulfat kislotasi bor. Elektroliz o'tadigan muhit - elektrolit tarkibga ega: 135-200 H2SO4 va 170-200 mis kuporosi - Cu SO4 · H5O (35-50Cu2+ ionlariga to'g'ri keladi). Anod hisobida misdan tayyorlangan plastina qo'llanadi. Anodning eni 35-40 mm, og'irligi 270-320 kg. Katod bo'lib toza misdan yasalgan ensiz plastina qo'llanadi. Katodning o'lchamlari anodnikiga nisbatan kattaroqdir. Buni elektr tokining katod sirtida bir tekis taqsimlanishi uchun qilinadi. Bu tadbir natijasida katodning chegara qismlarida har xil o'sish va dendiritlar paydo bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi. Vannaga anod va katodlar navbat bilan osiladi. Anod va katodlar elektr zanjiriga parallel sxemada ulangan. Vannaning kattaligi anod, katodlar soni ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
577.06 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
577.06 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: pptx