Rux va uning birikmalari

Rux va uning birikmalari

O'quvchilarga / Kimyo
Rux va uning birikmalari - rasmi

Material tavsifi

Rux va uning birikmalari Ruxning atom massasi 65,39 (Z-30) ga teng. Uning tabiatda tarqalgan barqaror izotoplari: 64Zn (48,87%); 66Zn (27,81%); 70Zn (4,11%); 68Zn (15,68%) bo'lib, radioaktiv izotoplari ichida eng muhimi 65Zn dir. Rux tabiatda birikmalar holida uchraydi, uning eng ko'p uchraydigan birikmasi rux sulfid ZnS (aldama rux) va rux karbonat ZnCO3 (galmey) lardir. Ruxning ko'p minerallari polimetall rudalar jumlasiga kiradi. Rux rudasi flotatsion usulda boyitiladi, natijada rux konsentrati hosil bo'ladi. Rux asosan qaytrarish va elektroliz usuli bilan olinadi. Qaytrarish usulida ruda kuydirilib, rux oksidlanadi, 100C da koks bilan qaytrariladi: ZnS - ZnO - Zn; ZnSO3 - ZnO - Zn qaytarilgan rux bug'i sovitkichda suyuqlikka aylantirilib qoliplarga quyiladi, bunda ko'rg oshin, mishyak kabi qo'shimchalar bo'ladi. Yuqoridagi yo'l bilan olingan rux oksid sulfat kislotada eritiladi, natijada rux sulfat tuzi hosil bo'ladi, uni elektroliz qilib, rux ajratib olinadi. Rux, kadmiy va uning birikmalariga oid lar Asbob va idishlar: 1. Kipp apparati. 2. Gorelka 3. Voronka 4. Shtativ (probirkalari bilan) 5. Chinni tigel Reaktiv va materiallar. 1. Rux (granulalari va qirindisi). 2. Lakmusli qog'oz. 3. Filtr qog'oz 4. Temir sulfid FeS. Ruxga kislotalarning ta'siri. (mo'rili shkafda o'tkaziladi) a) Alohida probirkalarga 1-3 bo'lakdan rux solib, unga suyultirilgan va konsentrlangan xlorid, sulfat va nitrat kislotalar qo'shing. Sovuqda reaksiyalar bormagan probirkalarni isiting. Reaksiya tenglamasini yozing. b) Rux bo'lakchasiga 1-2 ml sulfat kislotaning suyultirilgan eritmasidan qo'ying. Vodorodning juda sust ajralib chiqayotganini kuzating. So'ng 1-2 tomchi mis ko'porosi eritmasidan tomizing. Vodorod ajralib chiqishi tezlashadi. Kuzatilgan hodisani tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing. Ruxning ishqorlar bilan o'zaro ta'siri. Probirkaga rux qirindisidan ozroq soling va ishqorning kuchli eritmasidan qo'ying. Qizdiring. Gaz ajralib chiqishini va ruxning erib sinkat hosil qilishini kuzating. Ajralib chiqayotgan gaz vodorod ekanini qanday isbotlash mumkin? Reaksiya tenglamasini yozing. Rux gidroksidning olinishi va xossalari a) Rux sulfat eritmasiga o'yuvchi natriy eritmasidan ozgina qo'shing. Oq iviq cho'kma - Zn(OH)2 hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. b) Hosil bo'lgan cho'kmani o'rtasidan bo'lib, ikkita probirkaga soling. Probirkaning biriga suyultirilgan kislota, ikkinchisiga (cho'kma eriguncha) mo'l o'yuvchi natriy qo'shing. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing. Rux gidroksid suvli eritmada qaysi ionlarga dissotsiyalanadi? d) Ozgina rux gidroksid olib, tigelga soling va uni 1-2 tomchi suyultirilgan kobalt nitrat eritmasi bilan ho'llang. Tigelni avval suv bug'lanib ketguncha bir oz isiting, so'ng qattiq qizdiring. Yashil rangli (rinman ko'ki deb ataluvchi) kobalt sinkat hosil bo'ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Rux sulfidning olinishi Rux sulfat eritmasiga ammoniy sulfat eritmasidan qo'shing. Oq cho'kma - rux sulfat hosil bo'ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Cho'kmaning ustidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga