S- elementlar Reja: 1. S- elementlar oilasiga umumiy tavsifnoma 2. Vodorodni tabiatda tarqalishi, olinishi va kimyoviy xossalari 3. Ishqoriy metallarni olinishi va kimyoviy xossalari 4.Tabiiy suvning qattiqligi va uning yo'qotish usullari 1. S- elementlar oilasiga umumiy tavsifnoma Valent elektron konfiguratsiyalairi. Valent elektron konfiguratsiyalari shu element atomining davriy tizimda qaysi guruhda joylashganligini bildiradi. Valent elektron- element atomining eng oxirgi orbitalida ya'ni yadrodan eng uzoqda joylashgan elektron orbitalidagi elektronlari nazarda tutiladi. 1-rasm Bu yerda 1 element H (vodorod) ning bitta elektroni mavjud atomida va shu yagona elektron vodorodning valent elektroni hisoblanadi. Shuning uchun ham vodorod H+ (metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalarida H2S, organik birikmalar) yoki H-( metallar bilan hosil qilgan birikmalarida NaH, CaH2). 1- rasmda davriy tizimdagiba'zi asosiy guruh elementlarning elektron konfiguratsiyasi keltirilgan. 2-rasm S- elementlar-davriy tizimning I- va II- asosiy guruhida joylashgan elementlar hisoblanadi (H va He ham S- elementlar oilasiga mansub). 3-rasm S- elementlar oilasi- valent elektronlarining oxirgi elektroni s- orbitalida joylashgan elementlar kiradi. Ishqoriy metallarning ba'zi parametrlari 4 -rasm II- asosiy guruh s- elementlarining ba'zi parametrlari 5-rasm 6-rasm Keltirilgan rasmlardan shuni xulosa qilish mumkin: s- elementlar oilasiga 14 ta element kiradi. Shularning 2 tasi metallmas (H2 va He), bittasi amfoter metal(Be). 6 tasi ishqoriy metallar va 5 tasi ishqoriy-yer metallaridir. Fr va Ra radioktiv elementlardir. s- elementlarining barchasini tashqi pog'onasi ns1 yoki ns2 bilan tugaydi. n- elementning qaysi davrda joylashganini va yadroni nechta elektron orbital o'rab turganini ko'rsatadi. s ni tepasidagi son esa element qaysi guruhda joylashganini ko'rsatadi (He mustasno, inert gaz bo'lgani uchun va tashqi qobig'i to'lgani uchun) s- elementlar oilasida davrda o'ngdan chapga: atom radiusi, metallik xossalari, qaytaruvchilik xususiyatlari, spin kvant soni kamayadi, NEM, ionlanish energiyasi, elektronga moyillik, metallmaslik xossalari, oksidlovchilik xossalari, tashqi pog'anasidagi valent elektronlar soni, yadro zaryadi ortadi. Bosh, orbital va magnit kvant sonlari o'zgarmaydi. s- elementlar oilasida guruhda yuqoridan pastga qarab: Bosh kvant soni atom radiusi, metallik xossalari, yadro zaryadi, qaytaruvchilik xususiyatlari ortadi, NEM, ionlanish energiyasi, elektronga moyillik, metallmaslik xossalari, oksidlovchilik xossalari kamayadi, orbital, magnit, spin kvant sonlari tashqi pog'anasidagi valent elektronlar soni o'zgarmaydi. 2. Vodorodni tabiatda tarqalishi, olinishi va kimyoviy xossalari Vodorodni (Hudrogenium) XVI asrda Paratsels (Germaniya) kashf etgan. 1776 yilda G. Kavendish (Angliya) vodorodning xossalarini aniqladi va boshqa gazlardan qanday farqi borligini ko'rsatdi. Lavuazye 1783 yilda vodorodni suvdan birinchi bo'lib ajratib oldi va suvning vodorod bilan kisloroddan iborat kimyoviy birikma ekanligini isbot etdi. Vodorod tabiatda erkin va birikma holida uchraydi. Erkin holda juda oz miqdorda uchraydi. U yengil gaz bo'lgani uchun havoning ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
468.09 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
468.09 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: docx