S.F. Aripova

S.F. Aripova

O'quvchilarga / Kimyo
S.F. Aripova - rasmi

Material tavsifi

S.F. Aripova Kimyo fanlari doktori, professor, tabiiy birikmalar kimyosi va alkaloidlar kimyosi sohasida yirik olim S Aripova 1939 yilda Qo'qon shahrida tug'ilgan. Toshkent Farmatsevtika institutini tamomlagan. 1964 yildan beri o'simlik 1 moddalari kimyosi institutida ishlab 1 kelmoqda. 2006 yildan kumarin va terpenoidlar kimyosi laboratoriyasi, 2010 yildan alkaloidlar kimyosi laboratoriyasi mudiri bo'lib ishlagan. 1970 yilda «Issledovanie alkaloidov kodonopsisa klematisovidnogo. Stroenie kodonopsina, kodonopsinina» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1991 yilda «Serosoderjashie i tropanovie alkaloidi rodov Dipthychocarpus, Convolvulus, Datura» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2004 yili professor unvoniga erishgan. S. Aripovaning ilmiy yo'nalishi - Markaziy Osiyo hududida o'sadigan o'simliklarning alkaloidlarini o'rganish! S°F holda yangi individual moddalarni ajratib olish, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o'rganish, kimyoviy va fazoviy tuznlishini aniqlash, analoglarnni sintez qilish hamda yuqori fiziologik aktiv xususiyatga ega bo'lgan moddalarni izlash va tibbiyo'tga dori-darmon sifatida tavsiya etishdan iborat. Ko'p yillik izlanishlar natijasida S.Aripova tomonidan 24 dan ortiq o'simliklar va 10 ta tur zaharli zamburug''lar o'rganildi. Ulardan 100 dan ortiq individual moddalar chikarilib, 58 ta yangi moddalarning kimyoviy tuzilishi anikdandi. Shulardan 10 tasi alkaloid - dimer tuzilishiga ega. Birinchi marotaba o'simlikdan yangi tipga ega oltinguturt saqlovchi 12 ta alkaloid ajratildi, ularning tuzilishi isbotlandi va analoglari sintez qilindi. Bajarilgan ishlar tabiiy moddalar kimyosi faniga katta xissa ko'shdi va yangi moddalar bilan boyitdi. S. Aripova rahbarligi ostida quyidagi preparatlar yaratildi va tibbiyotga tatbiq etnldi: Beletoniy - kurare xususiyatiga ega, Miorelaksant - jarrohlik operatsiyalarida, Dang-shen - jigar hastaliklarida, Katatsin - kislorod yetishmovchilik holatlarida - insult, miokard infarqtida, Konsubin - mikroblar va zamburug'larga qarshi, turli teri kasalliklariga qarshi, Ardonin - bachadon faoliyatini kuchaytiruvchi, Krambinii - qalqonsimon bezi kasalliklarida (tireotoksikoz) ishlatiladi. Щu preparatlarning 4 tasi klinik sinovlardan o'tish uchun ruxsat olish arafasida. 10 dan ortiq alkaloidlar Fransiyaning «Latoxan» firmasining reklama katalogiga kiritilgan va tibbiy-biologik bioreaktnv sifatida ko'plab mamlakatlarga sotilmoqda. Olima ilmiy ishlarining umumiy soni 260 dan ortiq. U 15 ta xalqaro ilmiy simpoziumlarda (Hindiston, Turkiya, Xitoy, Rossiya) ishtirok etib, O'zbekiston fanini jahonga targ'ib qilgan. Uning rahbarligi ostida 7 ta fan nomzodi, 1 ta kimyo fanlari doktori va 4 ta magistr tayyorlangan. U 2004 yilda O'zbekiston mustaqilligining 13 yilligi munosabati bilan elon qilingan «Yilning eng yaxshi ishi» tanlovi sovrindoridir. Akademik SYu. Yunusov yaratgan ilmiy maktabning davomchisi S.Aripova rahbarligida tayyorlangan olimlar Qo'qon, Qarshi, Namangan va Andijon shaharlaridagi oliy o'quv yurtlarida prorektor, dekan, kafedra mudiri lavozimlarida yosh avlodga dare berish bilan bir katorda, tabiiy birikmalar kimyosi bo'yicha ilmiy izlznishlarini davom ettirmokdalar. Olima 2 ta monografiya («The Chemistry and Biological Activity of Natural Indole» va «Itogi issledovaniya alkaloidonosnix ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.23 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.23 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga