Sa'dulla Iskandarov

Sa'dulla Iskandarov

O'quvchilarga / Kimyo
Sa'dulla Iskandarov - rasmi

Material tavsifi

Sadulla Iskandarov Sadulla yskandarov 1939 yil 5 fevralda Xorazm viloyati Bog'ot qishlog'ida tug'ilgan. Toshkent Farmatsevtika institutini tugatgan (1961 yil). O'zbekiston FA O'simlik moddalari kimyosi instatutida aspirant, kichik, katta ilmiy xodim (1962 - 1973 yillar), Xorazm Pedagogika instituti o'quv-ilmiy ishlar bo'yicha prorektor (1973 - 1977 yillar), o'rta Osiyo neftni qayta ishlash ilmiy-tadqiqot instituti direktori (1977 -1978 yillar), Toshkent Irrigatsiya va kishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti rekgori (1978 - 1986 yillar), kafedra, laboratoriyalar mudiri (1987 - 1991 yaalar, 2001 - 2007 yillar), Toshkent Farmatsevtika instituti rektori (1991 -1993 yillar, 1994 - 200 yillar). «O'zfarmsanoat» DAK boshqaruvi raisi (1993 - 1994 yillar), O'zbekiston FA O'simlik moddalari kimyosi instituti direktori maslahatchisi va O'zbekiston Kimyo -farmatsevtika ilmiy - tadkiqot instituti bosh ilmiy xodimi vazifalarida 2007 yildan beri ishlab kelmokda. O'zbekiston FA muxbir azosi (1989 yil), akademigi (200 yil), O'zbekiston Qishlok xo'jalik FA akademigi (1991 yil), kimyo fanlari doktori (bioorganik kimyo, 1973 yil). professor (1980 yil). S. Yskandarov ilmiy ishlari o'simliklar tarkibidagi fiziologik faol moddalarni tadkiq qilish, o'simliklarning o'sish jarayonini boshqarish, yangi biologik faol moddalarni sintez, tahlil qilish usullarini yaratish va tibbiyot, qishloq xo'jatigi uchun yuqori samarali preparatlar kashf etish hamda yangi texnologiyalar yaratishga bag'ishlangan. U mamlakatimiz hududida keng tarkalgan leontitse, termopsis o'simliklarining turlarini tadkiq etib, ajratilgan 24 ta yangi alkaloidlarning kimyoviy tuzilishi va stereokimesini aniqlash davomida yangi izlanish metodlarini yaratgan. Adabiyotda malum bo'lmagan getero- halqali alkaloidlarning yangi guruhi hamda xinolizidin alkaloidlarining bimolekulyar katori mavjudligini ochgan. .Alkaloidlarning stereokimesini o'rganishda molekulalarniig istalgan S - N bog'lari o'rniga S - D boglarini almashtirish usullarini ishlab chiqish, getero - halqalarning turli atomlariga izotoplar almashtirib, ularning bir qator izomerlariga kuchli zlekgroapar tarami bilan bombardimon qilganda sterik effekt namoyon bo'lishini ochgan. Tarkibida laktam, alfa - piridon halkdlarini saqlagan alkaloidlarning absolyut konfiguratsiya-larini aniklashning spekgro - polyarimetriya usulini yaratgan. Leontitse va termopsis o'simliklari turlaridan ajratib olingan alkaloidlar summasidan bimolekulyar katorga mansub bo'lgan yangi alkaloidlar ajratib olib, ularning tuzilishini sintez yo'li bilan tasdiklab, alkaloidlar o'simlik o'sishi, rivojlakishi jarayonida muhim rol o'ynashi va organizmda faqatgina monomolekula holidagina emas, balki biopolimerlar tarkibida ham bo'lishi mumkinligini bashorat qilgan. Akademik O.Sodiqov maktabida urganilgan goebelin alkaloidi tuzilishi ham ko'pgina bahslarga sabab bo'lsa-da, uning bimolekulyar tuzilishga mansub ekanligini adabiyotda malum alkaloid sofokarpindan sintez qilib, uzil - kesil tasdiklagan. Akademik A.P. Orexov maktabida leontidin alkaloidi 1930 yillarda ajratilgan bo'lib. qariyb 40 yil davomida o'rganilib, 6 ta gipotetik kimyoviy struktura taklif qilingan. Leontidinning kimyoviy tuzilishi zamonaviy elektron -, optik-, radiospektroskopiya usullaridan foydalanib, uning tabiiy azobirikmalar yangi guruhining birinchi namunasi ekanligini aniklagan va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.13 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.13 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga