Salitsil kislota va amino benzoy kislota Company name Reja: Salitsil kislota amino benzoy kislota Salitsal kislota va uning xossalari Amino benzoe kislota va uning hosilalari Salitsil kislota aromatik kislota bo'lib, unda karboqsil gruppa bilan bir qatorda, fenollardagi kabi OH gruppa ham bo'ladi. Salitsil kislota va uning hosilalari Salitsil kislota fenolkislotalarning tipik namoyandasidir. Uning kimyoviy nomi ogidroksinbezoy kislota bo'lib, uchta izomer gidroksibenzoy kislotalar (o-, m-, n-) ning biridir. Salitsil kislota sanoatda Kolbe usuli bilan hosil qilinadi. Bu usulda natriy fenolyatning quruq, kukuni karbonat angidrid bilan avtoklavda bosim ostida (4-5 atm) +1250 S gacha qizdiriladi. Salitsil kislota to'zi hlorid kislota bilan parchalanadi va salitsil kislotani (IV) hosil qilinadi. Aslida salitsil kislotani fenolni karbonat angidrid bilan to'gridan-to'gri karboqsillab olsa bo'ladiku, ammo bunda reaksiya unumi kam bo'ladi. Salitsil kislotaning kislotali hossasi (rKa 2,98) benzoy (rKa 4,20) va n-gidroksibenzoy (rKa 4,58) kislotalarning kislotali hossasiga nisbatan kuchlidir. Salitsil kislota sekinroq qizdirilsa, sublimatlanib xaydaladi, qattiq qizdirilganda esa fenol va karbonat angidridga ajraladi. Salitsil kislota temir (II)-hlorid ta'sirida binafsha rang hosil qiladi (fenol gidroqsiliga sifat reaksiya). Salitsil kislota antiseptik hossaga ega, shuning uchun u mevalar, oziq-ovqat mahsulotlari, oqsillar, vinolar va shu singarilarni konservalashda ishlatiladi. U, shuningdek, revmatizmni davolash va isitmani tushirish hossasiga ega, ammo u ichilmaydi, chunki ovqat hazm qilish kanali shilliq pardasiga kuchli ta'sir qiladi. Salitsil kislota xam aromatik kislotalarning, xam fenollarning hossalarini takrorlaydi. Salitsil kislota aromatik kislota sifatida to'zlar (natriy salitsilat), murakkab efirlar (metilsalitsilat, fenilsalitsilat) hosil qiladi. Aminobenzoe kislota va uning hosilalari n-Aminobenzoy kislota oqsillar tarkibiga kirmaydigan aromatik aminokislota bo'lib, rangsiz kristall modda. U n-nitrobenzoy kislotani qaytarish orqali olinadi Aromatik aminokislotalarning efirlari ogriqni qoldiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Bu ta'sir ayniqsa para- hosilalarda keng namoyon bo'ladi. Tibbiyotda n-aminobenzoy kislota etil efiri (I) anestezin, b-dietilaminoetil efiri (II) esa novokain nomi bilan 218 OH H2N N N N N 1 2 3 4 5 6 7 8 CH2 N H C O NH CH CH2 CH2 C O OH HOOC NH2 ogriqni qoldiruvchi vosita sifatida keng ishlatiladi. Bu efirlar hlorgidrat tuzi xolida ishlatiladi, chunki tuz xolida ular suvda yahshi eriydi. Shuningdek, nbutilaminobenzoy kislota dimetil-aminoetil efirining hlorgidrat tuzi (II) dikain nomi bilan ko'z, quloq, tomoq, burun kasalliklarini davolashda og'riq qoldiruvchi vosita sifatida qullanadi. n-Aminobenzoy kislota dietilaminoetilamidining hlorgidrat to'zi (IV) esa novokainamid nomi bilan aritmiyaga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. n-Aminobenzoy kislota qoldigi yana darmondori modda - foli kislota molekulasining tarkibiga kiradi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.86 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.86 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: pptx