Sangzor daryosi havzasi dorivor o'simliklari MUNDARIJA KIRISH……3 1-BOB. SANGZOR DARYOSI HAVZASINING FIZIK- GEOGREFIK TAVSIFI. TADQIQOT obyektI, PREDMETI VA MEDODLARI……6 2-BOB. SANGZOR DARYOSIDA TARQALGAN O'SIMLIKLARNING O'RGANILISHI (ADABIYOTLAR SHARHI)…….10 3-BOB. SANGZOR DARYOSI HAVZASI FLORASI……14 3.1.Floristik tarkibi……14 3.2.Hayotiy shakllari……21 3.3.Mintaqalar bo'yicha tahlili…….32 3.4.Ishlatilishi bo'yicha tahlili……44 4-BOB. SANGZOR DARYOSI HAVZASI DORIVOR O'SIMLIKLARI….56 XULOSALAR……66 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI……67 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Sangzor daryosining havzasi Turkiston tog' tizmasining g'arbiy qismidagi tabiiy-geografik sharoitiga ko'ra o'ziga xos flora va o'simliklar qoplamiga ega. Shu bilan bir qatorda havzada barcha antropogen, texnogen va tabiiy omillarning yig'indisi ham mavjuddir. Bular havzadagi biologik xilma-xillikdagi o'zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa antropogen omilning tinimsiz va kuchli ta'sirini davom etishi mumkinligini hisobga olgan holda ushbu hudud o'simliklar qoplamining tipologik tuzilishini, fitosinotik xilma-xilligini, o'simliklar xalq xo'jaligidagi ahamiyati va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqishdagi mavjud muammolar uning davlat miqiyosidagi dolzarbligini ko'rsatadi. Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Sangzor daryosi havzasining o'simliklari haqidagi dastlabki ma'lumotlar A.P. Fedchinkoning [52] 1869-1870-yillardagi tadqiqotlari bilan bog'liq. Shundan 66 yil o'tgach, tadqiqot ishlari G'uralash qo'riqxonasi o'simliklari va ko'proq florasiga bag'ishlangan edi. A.I. Granitovni [11] ishidagi xaritada (1:1500) Sangzor havzasidagi Baxmal tumani uchun 9 ta o'simliklar formatsiyasi ajratilgan. A.I. Granitovning 1967-yilda tuzilgan [12] xaritasida esa (M. 1:2500) 6 ta yaylovlar tipi ko'rsatilgan. I.V. Stryukova, R.A. Kimlar [49] yaylovlar xaritasida (M. 1:200; 1974 y) 15 ta yaylovlar tiplari keltirilgan. E.M. Demurinaning [13] monografiyasida havza uchun 9 ta assotsatsiyalar seriyasi va komplikslarning konturlari keltirilgan. 1991-yili Sangzor havzasidagi Baxmal o'rmon xo'jaligi hududida o'rmon tuzish va taksatsiya o'tkazilib M.1:500 xarita tuzilgan [46]. 2004 yilda [63] Baxmal tumanining qishloq xo'jaligi xaritasi (M. 1:500) tuzilib, unda urbanizatsiya jarayonining 2004-yilga qadar ahvoli aks etgan. Shuningdek bu yerda ekin maydonlari, daraxtzorlar, bog'lar va yaylovlar ham ko'rsatilgan. Lekin yaylovlarning floristik tarkibi, tipologik tuzilishi va fetosinotik xilma-xilligi kabi xalq xo'jaligi uchun kerakli ma'lumotlar yo'q edi. M.Tirkashevaning (2007-2011 y) olib borgan tadqiqotlarida havzadagi o'simliklar qoplamini fitosinotik xilma-xilligi haqida ma'lumotlar berilgan lekin unda xalq xojaligidagi ahamiyatiga to'xtalib o'tilmagan. Keyingi 65-70 yil mobaynida antropogen va texnogen omillarning kuchli ta'siri oqibatida ularning qanchalik o'zgarganligini korsatuvchi ma'lumotlar va ularni jamlovchi yaxlit ilmiy asar yaratilmagan. Tadqiqot maqsadi: Sangzor daryosi havzasi florasidagi dorivor o'simliklarning tarqalishini o'rganish va ularni tahlil qilish. Tadqiqot vazifalari: Sangzor daryosi havzasi floristik tarkibini o'rganish (taksonomik tahlil qilish); Sangzor daryosi havzasida tarqalgan o'simlik turlarini hayotiy shakillari bo'yicha tahlil qilish; O'rganilayotgan hudud florasining tik mintaqalar bo'yicha tarqalishini tahlil qilish; O'rganilayotgan hududda keng tarqalgan yirik oilalarni aniqlash; 5. Sangzor daryosi havzasi florasidagi o'simliklarni xo'jalik ahamiyatiga ko'ra tahlil qilish. Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida olingan ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
5.72 MB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
5.72 MB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: doc