Sanoatda neft, gaz kondensati va gazni qayta ishlash qurilmalari Reja: 1. Kirish; 2. Respublikamizdagi neft-gaz sanoati korxonalari; 3. Neftdan yoqilg'i mahsulotlari olish texnologiyalari; 4. Gazni qayta ishlash korxonalari. Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xo'jaligining asosiy zvenosi bo'lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi. Respublikamiz mustaqil bo'lgandan keyin neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Ilgarigi o'z holicha ish yurituvchi neft, gaz, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari yagona tarmoq - O'zbekneftgaz milliy xolding korporatsiyasiga birlashtirildi. Bu korporatsiyaning tarkibida neft va gazni qayta ishlash bo'yicha uchta yirik korxona ishlab turipti. Bular: Uzneftni qayta ishlash davlat sanaoat birlashmasi, Sho'rton va Muborakdagi gazni qayta ishlash zavodlari. O'zbekneftmahsulot aksiyadorlik birlashmasi tarkibigg Farg'ona, Olti Ariq va Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodlari kdradi. Sho'rton gazni qayta ishalsh zavodining yaqinida gazni kimyoviy usul bilan qayta ishlash kompleksi qurildi. Bu kompleks gazdan polietilen, polimerbenzin va shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishga mo'ljallangan. Bu korxonalar uchun xomashyo: neft, gaz kondensati va tabiiy gaz hisoblanadi. gaz kondensatining kimyoviy tarkibi neftning kimyoviy tarkibiga o'xshash bo'lib, faqat qaynash temperaturasining oxiri bilan farqlanadi gaz kondensati neftga Karaganda birmuncha yengil hisoblanadi. Shu sababli gaz kondensati va neftlar bir xil qurilmalarda qayta ishlanadi. Neft va gaz kondensatini qayta ishlash ikki xil do'nalishda amalga oshiriladi. Birinchisi yoqilgi-yoqilgi yo'nalishi. Bunda neft va gaz kondensatini atmosfera bosimining 360°S gacha qizdirib, ular dan benzin, kerosin va dizel yoqilg'isi fraksiyalarini ajratib olinadi. qolgan ogir qismi-mazutni katalitik kreking, termik kreking yoki gidrokreking qurilmalariga berilib, qo'shimcha ravishda benzin, kerosin va dizel yoqilgisi olinadi. Ikkinchi yo'nalish-yoqilgi-moylar olish yo'nalishidir. Bu yo'nalishda neft va gazkondensatidan yengil fraksiyalar olingandan so'ng, qoldiq -qismi mazutni vakuum ostida ishlovchi qurilmalarda turli fraksiyalarga ajratilib ulardan har xil neft moylari olinadi. Olti-Ariq neftni qayta ishlash zavodi 1906-yilda ilk bor ishga tushirilgan. Bunda neft maxsus qublarda haydalar edi. 1917 -yilda qublar texno logik qurilmalarga almashtirildi. Keyinchalik texnologik qurilmalar takomillashtirildi. 1950-60-yillarda eski qurilmalar zamonaviy texnologik qurilmalar bilan almashtirildi. Hozir zavoda 2 7-ta texnologik qurilma mavjud bo'lib, zavod yoqilgi-yokilg'i yo'nalishi bilan ishlaydi. Bu yerda og'ir qoldiq-mazut termik kreking qurilmasiga berilib. yengil fraksiyalar va termik qoldiq olinadi. Fargona shahridagi neftni qayta ishlash zavodi J£5JLfimma ishga tushirilgan. Zavod yoqilg'i moy yo'nalishida ishlaydi. Yengil fraksiyalar j ajratib olingandan so'ng, og'ir qoldiq mazut vakuum sharoitida ishlaydigan qurilmalarda har xil fraksiyalarga ajratiladi. Har qaysi fraksiya alohida-alohida tozalanib, ulardan turli xil moylar olinadi. Hozirgi zavodda 30 dan ortik texnologik qurilmalar ishlab turipti. Zavodda ilk bor yiliga 600 ming tonna neftni haydaydigan AVT qurilmasi ishga tushirilgan, keyinchalik yana birnechta AVT qurilmalari foydalanishga topshirildi. 1965-68 yillarda yiliga ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.17 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.17 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: doc