Sanoatda nitrat kislota ishlab chiqarish

Sanoatda nitrat kislota ishlab chiqarish

O'quvchilarga / Kimyo
Sanoatda nitrat kislota ishlab chiqarish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Sanoatda nitrat kislota ishlab chiqarish. Dars jihozi: Tarqatma testlar, platkatlar. Darsning borishi: I. tashkiliy qism: davomatni aniqlash, yangiliklar bilan tanishish. II. Asosiy qism: 1.Uyga vazifani so'rash. 2. O'tilgan mavzuga doir savol-javob. a)Nitrat kislota tuzlari nima deb qanday birikmalarga aytiladi. b) Nitrat kislotaning kimyoviy xossalari aytib bering. Reja: Uning fizik xossalari. Kimyoviy xossalari. Hozirgi vaqtda nitrat kislota asosan ammiakdan olinadi, bu jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichda ammiak Fe katalizatori ishtirokida oksidlanadi. 4NH3+5O2=4NO+6H2O Nitrat kislota rangsiz suyuqlik, suvdan 1,5 barobar og'ir, 86 0S da qaynaydi, suv bilan aralashadi, kristalgidrat hosil qiladi. Kuchli oksidlovchi. Boshqa moddalarni oksidlaganda azotning oksidlanish darajasi +4, +3, +2, +1 va -3 gacha o'zgaradi. Dastlab ammiak va havo aralashtirilib, tozalangandan so'ng kontakt qurilmasiga yuboriladi. Bu qurilmada katalizator sifatida platina-rodiyli qotishmadan tayyorlangan ingichka simli to'rdan foydalaniladi. Kontakt qurilmasidan harorat 750-800 S atrofida saqlanib turadi. Kontakt qurilmasidan chiqqan gaz oksidlanish minorasiga yuboriladi. Hosil bo'lgan azot (IV)-oksid o'tish minorasiga uzatiladi va suv bilan reaksiyaga kirishib, nitrat va nitrit kislotaga aylantiriladi. Hosil bo'lgan nitrat kislotaga aralashgan nitrit kislota qo'shimcha berilgan kislorod bilan reaksiyaga kirishib, nitrat kislotaga aylanadi. Lekin yutish minorasida har qanday sharoitda ham oz miqdorda NO bo'ladi. U ko'pchilik zavodlarda atrof muhitni ifloslantir-maslik uchun katalizator ta'sirida parchalangandan so'ng havoga chiqarib yuboriladi. Texnik jihatdan imkoniyati yo'q zavodlarda azot(II)-oksid to'g'ridan to'g'ri atmosferaga chiqarib yuboriladi. U havoda oksidlanib, zavod mo'risida qo'ng'ir rangli gaz-tulki dumi holida chiqib turadi. Bu esa hayvonlar, shuningdek odamlar salomatligiga katta zarar keltiradi. Sanoat miqyosida ishlab chiqarilgan nitrat kislota kontsentratsiyasi 68 % li bo'ladi. Sotish uchun qizg'ish-qo'ng'ir rangli, tutovchi 96-98 % li kontsentratsiyali nitrat kislota eritmalari ishlab chiqariladi. Sanoatda nitrat kislota ishlab chiqarish sxemasi Nitrat kislotaning ishlatilishi Nitrat kislota plasmassalar sanoatida, dori-darmon ishlab chiqarishda, buyoqchilikda, portlovchi moddalar, azotli va kompleks o'g'itlar tayyorlashda keng qo'llaniladi. Nitrat kislota ko'p metallarni o'zida eritish xususiyatiga ega ekanligi tufayli undan sanoat miqyosida foydalaniladi. Sulfat kislota bilan aralashmasi nitratlovchi sifatida ishlatiladi. Nitrat kislota Chirchiq elektrokimyoviy va Navoiy shahridagi Navoiazot, Farg'onadagi Azot zavod-larida Respublikamiz ehtiyojini qoplashga etarli miqdorda ishlab chiqariladi Mustahkamlash uchun savollar: Nitrat kislotaning kimyoviy xossalarini aytib bering. Nitrat kislotaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati qanday? Darsni yakunlash Baholash va izohlash. Uyga vazifa berish. Uyga vazifa Mavzuni o'qib konspektlashtirish. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 525.56 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 525.56 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga