Sanoatda sulfat kislota ishlab chiqarish 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 43-mavzu Reja: 2 3 4 Sanoatda sulfat kislota ishlab chiqarish 1 Oltingugurt (IV )-oksidni olish Oltingugurt (VI )-oksidni gidratlash Oltingugurt (IV )-oksidini oksidlash Kimyo sanoati uchun juda muhim bo'lgan anorganik birikmalardan biri sulfat kislotadir. Sanoatda sulfat kislota ishlab chiqarish uchun xomashyolar: sof oltingugurt - S, temir kolchedan (pirit) - FeS2, rangli metallarning sulfidlari - CuS, ZnS, PbS, vodorod sulfid - H2S. 3. Oltingugurt (IV )-oksidini oksidlash. Oltingugurt (VI )-oksidni olish. Sanoatda xom-ashyodan sulfat kislota ishlab chiqarishga qadar bo'lgan jarayonlar bir necha bosqichga bo'linadi. 1. Oltingugurt (IV )-oksidni olish. 2. Oltingugurt (IV )-oksidni tozalash. Oltingugurt (IV )-oksidni olish. Mavjud xomashyolardan oltingugurt (IV )-oksid olish uchun quyidagi kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish kerak: S + O2 = SO2; 2H2S + 3O2 = 2SO2 + 2H2O; 4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2; Cu2S + 2O2 = 2CuO + SO2. Kolchedanni kuydirish (FeS2 ni oksidlash) pechiga kukun holdagi pirit yuqoridan pastga sochiladi, pastdan esa havo haydaladi. Piritning mayda zarrachalari bilan havoning aralashmasi qaynovchi qatlam deyiladi. SO2 ni tozalash. Oltingugurt (VI )-oksidning olinishi katalitik jarayon bo'lib, vanadiy (V)-oksid - V2O5 katalizator sifatida ishlatiladi. vanadiy Oltingugurt SO2 ga qo'shilgan chang va har xil qo'shimchalar katalizatorni zararlaydi, ya'ni katalizatorning katalitik xossasini susaytiradi. SO2 Oltingugurt (IV )-oksidini oksidlash. Oltingugurt (VI )-oksidini olish. Oltingugurt (IV )-oksidini oltingugurt (VI )-oksidga aylantirish uchun katalizator ishtirokida oksidlanadi. 2SO2 + O2 2SO3 + Q Reaksiya ekzotermik reaksiya bo'lib, 400°C da 99,2% oltingugurt (VI )- oksid hosil bo'ladi. Reaksiyada ajralib chiqayotgan issiqlik, issiq almashtirgichlarda SO2 ni isitish uchun sarflanadi. Chang, har xil aralashmalar, shuningdek, suv bug'idan tozalangan SO2 va havo issiq almashtirgichga, u yerdan kontakt apparatiga o'tadi. Kontakt apparatida hosil bo'lib, issiq almashtirgichda sovigan oltingugurt (VI )-oksidi yuttirish minorasiga o'tadi. Oltingugurt (VI )-oksidni gidratlash, ya'ni sulfat kislota olish: Yuttirish minorasida oltingugurt (VI )-oksididan sulfat kislota olinadi. Buning uchun SO3 n i suv bilan reaksiyaga kiritish kerak. Bu sulfat kislotali tuman juda qiyin kondensatlanadi. Shuning uchun yuttirish minorasida SO3 9 8% li sulfat kislota yordamida yuttiriladi. Dastlab konsentrlangan H2SO4 tarkibidagi suv SO3 ni gidratlaydi: SO3 + H2O = H2SO4 + Q ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.93 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.93 MB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: pptx