Sanoatdagi gazlarni fraksiyalarga ajratish ustanovkalari Reja: 1. Zamonaviy AGFU qurilmalari; 2. AGFU qurilmalarning tuzilishi Oxirgi vaqtda zavonaviy zavodlarda AGFU qurilmalari ishlamoqda. Bu ustanovkalar asosan gazlarni ajratuvchi absorber, tindirish kolonnasi, propan kolonnasi va butan kolonnasidan j iboratdir. (AGFU sxemasi). Gazlar aralashmasi -yog'li gaz tomchi ajratuvchidan keyin absorberga beriladi. Absorberga gazni yutuvchi sifatida tindirilmagan benzin beriladi. Absorberni tepa qismidan quruq gaz chiqib ketadi. S3-S4 gaz lari bilan to'yingan benzin tindirish kolonnasiga keladi. Kolonna tepasidan gazlar tozalash sistemasidan o'tib propan kolonnasiga keladi. Kolonnani ostki qismidan tindirilgan stabilizatsiya qilingan benzin tozalash sistemasi orqali skladga yuboriladi. Propan kolonnasini tema qismidan propan-propilen gazlari ajralib chiqadi. Pastki qismidan gazlar aralashmasi butan kolonnasiga keladi. Kolonnani ustki qismidan butan-butilen gazlari chiqadi. Ogir qismi asosan Qb kolonnani pastki qismidan olinadi, tozalash sistemasidan o'tib tindirilgan benzina qo'shiladi. . Bu hildagi AGFU larda yiliga 300 ming tonnaga yaqin tindirimagan benzin va 200 ming tonnaga yaqin gazlar aralashmasi qayta ishlanadi. Odatda propan va propilen gazlari bir-biridan ajratilmagan holda olinadi. Agarda zavodda propilenni polimerizatsiya qiladigan yoki alkilirovanie ustanovkalari bo'lsa, gazlar aralashmasi reaksiyaga to'g'ridan to'gri beriladi. Propan gazi reaksiya zonasidan o'zgarmagan holda chiqadi va uni zavodning gaz sistemasiga yuboriladi. Butan-butilen gazi ham xuddi shunday ishlatiladi. (sxema) Bu apparatda 40-50 ta tarelka bo'lib yarmi tepa qismida, yarmi pastki qismida joylashgan. Yuqori qismida gazni og'ir qismi yutiladi. Pasxki qismida esa to'yingan absorbentdan issiqlik ta'sirida yengil gazlar ajralib yuqori tomon harakat qiladi. Natijada yuqoridan yengil quruq gaz, pastki qismidan to'yingan absorbent va S3-S4 gazlari chiqadi. Absorberda gazlarni yaxshi yutilishini ta'minlash uchun 1,2-2 MPa bosim hosil qilinadi. 80 1JL - ma'ruza bo'yicha tayanch so'zlar va iboralar absorber; tindirish kolonnasi; popan-propilen gazlari; butan-butilen; absorbent. Savollar 1. AGFU qurilmalarida absorbent sifatida nima ishlatiladi? 2. AGFU qurilmalarida propan va propilen gazlari aralashma holida olinadimi, yoki bir-biridan ajratiladimi? 3. AGFU qurilmasi asosiy apparatining nomi nima? 4. Separator nima vazifani bajaradi? 5. Separator dan chiqayotgan gaz qanday gaz hisoblanadi? 6. Benzinda erigan gazni qanday ajratib olinadi? 7. Gazsimon mahsulotni rektifikatsiya qilish uchun nima qilish kerak? 8. Gazsimon mahsulotni sovitish qanday amalga oshiriladi? 9. Deetanizatordan qanday gazlar ajralib chiqadi? 10. Deetanizatordan keyingi joylashgan kolonnadan qanday uglevodorodlar fraksiyaga bulinadi? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI N.S.Axmetov Obshaya i neorganicheskaya ximiya, Uchebnik. 2-e izd., pererab. i dop. M., Visshaya shkola 1988. YA.A.Ugay Obshaya ximiya Uchebnik. 2-e izd., pererab. i dop. M., Visshaya shkola 1984. X.R.Raximov Anorganik kimyo darslik 1984 y. B.V.Nekrasov Osnovi obshey ximii, V 2-x t M., Ximiya 1972-1973. T. 1-2. S.A.Bolezin. Praktikum po neorganicheskoy ximii. 1978. S.A.Bolezin. Anorganik ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.54 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.54 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: doc