Saponinlar kimyosi va texnologiyasi Reja: 1. Saponinlar tasnifi 2. Saponinlar kimyosi 3. Saponinlarning tibbiyotda ishlatilishi 4. Diasponin, olish texnologiyalari Glikozidlarning suvdagi eritmasi chayqatilganda turun ko'pik hosil qiladi, shuning uchun ular saponinlar deb atalgan (lotincha sapo - sovun so'zidan olingan). Saponinlar fermentlar yoki suyultirilgan kislotalar ta'sirida gidrolizlanib, monosaxaridlar aralashmasiga hamda aglikon - sapogeninlarga parchalanadi. Saponinlar, ayniqsa chinniguldoshlar (Caryophyllaceae), primuladoshlar (navro'zguldoshlar) (Primulaceae), polemoniyadoshlar (Polemoniaceae), dukkakdoshlar (Fabaceae), poligaladoshlar (Polygalaseae), araliyadoshlar (Araliaceae), sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae), yamsdoshlar (Dioscoreaceae), ra'noguldoshlar (Rosaceae), sapindoshlar (Sapindaceae), lolaguldoshlar (Liliaceae), chuchmomadoshlar (Amaryllidaceae), tuyatovondoshlar (Zygophyllidaceae) va boshqa oilalarning vakillari tarkibida ko'p miqdorda to'planadi. Saponinlar oq rangli amorf birikma, sapogeninlar esa kristall modda. Ular suvda, suyultirilgan etil (60-70%) va metil spirtlarida yaxshi eriydi. 90% li etil spirtida esa faqat qaynatilgandagina erib, sovitilganida qayta cho'kadi. Saponinlar efir, xloroform va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Ularning aglikonlari - sapogeninlar, aksincha turli organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Saponinlar fenollar va steroid spirtlar bilan molekulyar birikma beradi hosil bo'lgan birikmalar suvda va spirtda yomon erigani sababli, saponinlarni o'simlikdan ajratib olishda va ular miqdorini aniqlashda shu reaksiyalardan foydalaniladi. Steroid spirtlarga kiradigan xolesterin miqdorini aniqlash usullari ham uning saponinlar bilan erimaydigan molekulyar birikma hosil qilishga asoslangan. Saponinlar xolesterin bilan birikkanda, biologik faolligini yo'qotadi. Saponinlar faol biologik birikmadir. Tarkibida saponin bo'lgan o'simliklar kukunining changi burun va tomoqning shilliq qavatlarini qichishtirib, yo'taltiradi hamda aksirtiradi. Ular iste'mol qilinganida ichki sekretsiya bezlarining suyuqlik ajratish qobiliyati kuchayadi. +on eritrotsitlarini eritish saponinlarning eng muhim va o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. SHuning uchun saponi eritmasini venaga yuborish mumkin emas. Aks holda eritrotsitlarni eritib yuborishi mumkin. Iste'mol qilingan ba'zi saponinlar kuchli zahar sifatida ta'sir qilishi mumkin. Zaharli saponinlar sapotoksinlar deb ataladi. Saponinlar tasnifi. Saponinlar aglikonlarining kimyoviy tuzilishiga qarab ikki guruhga bo'linadi. 1. Sapogeninlari triterpenlarning unumlari bo'lgan (pentasiklik va tetrasiklik birikmalar) saponinlar. Triterpen saponinlarning suvdagi eritmasi aksariyat kislotali sharoitga ega. Triterpen pentasiklik saponinlarning aglikoni sifatida ko'p o'simliklarda uchraydigan oleanol, ursol, glitsirretin kislotalar boshqalar, triterpen tetrasiklik saponinlarga jenshenda uchraydigan panaksodiol va panaksotriollar misol bo'la oladi. 2. Sapogeninlari siklopentanpergidrofenantrenning unumlari (steroid birikmalar) bo'lgan saponinlar. Steroid saponinlarning suvdagi eritmasi neytral reaksiyali bo'ladi. Steroid saponinlar tabiatda triterpen saponinlarga nisbatan kamroq tarqalgan bo'lsada, ular ko'proq va ancha chuqur o'rganilgan. Steroid saponinlarga misol qilib angishvonagul o'simligining saponinlaridan tigonin (sapogenini - tigogenin) va digitonin (sapogenini - digitogenin), dioskoreya o'simligi saponinlaridan diossin (sapogenini - diogenin) va boshqalarni ko'rsatish mumkin.Saponinlar aglikoni - sapogeninlarga qand qismi odatda uchinchi uglerod atomidagi gidroqsil orqali birikadi. Lekin boshqa uglerod atomlariga joylashgan gidroqsil guruhlar, ba'zan bir vaqtda ikkita uglerod atomiga joylashgan ayrim-ayrim gidroqsil guruhlar orqali ham ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.08 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.08 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: doc