Sathdagi hodisalar, sirt taranglik tushunchasi

Sathdagi hodisalar, sirt taranglik tushunchasi

O'quvchilarga / Kimyo
Sathdagi hodisalar, sirt taranglik tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Sathdagi hodisalar sirt taranglik tushunchasi Reja: Qattiq jism sirtining suyuqlik bilan ho'llanilishi Ho'llanishning miqdoriy ifodasi Ho'llanish issiqligi Qattiq jism sirtining suyuqlik bilan ho'llanilishi Suyuqlik va qattiq jism chegarasida bo'ladigan hodisalar, jumladan, qattiq jism sirtini suyuqlik bilan ho'llanishi quyidagi ikki kuchga bog'liq: -suyuqlik molekulalarining o'zaro va -suyuqlik molekulalari bilan qattiq jism molekulalari orasidagi tortishish kuchlariga bog'liq. Agar suyuqlik molekulalarining o'zaro tortishish kuchi suyuqlik molekulalari bilan qattiq jism molekulalari orasidagi tortishish kuchidan ancha kuchsiz bo'lsa, suyuqlik qattiq jism sirtini to'liq ho'llaydi (suyuqlik qattiq jism sirtiga yoyilib ketadi). Masalan, suv toza shisha sirtini to'liq ho'llaydi. Agar suyuqlik molekulalarining o'zaro tortishish kuchi suyuqlik molekulalari bilan qattiq jism molekulalari orasidagi tortishish kuchidan kamroq bo'lsa, suyuqlik qattiq jism sirtini qisman ho'llaydi. Suyuqlik sirtiga o'tkazilgan urinma bilan qattiq jism sirtiga o'tkazilgan urinma orasidagi burchak chet burchak (yoki ho'llanish burchagi) deb ataladi va θ harfi bilan ishoralanadi. Agar suyuqlik qattiq jismni ho'llasa, chet burchak o'tkir, ya'ni θ ≤ π2 bo'ladi. Agar θ = 0 bo'lsa, suyuqlik qattiq jismni to'liq ho'llagan bo'ladi. 2.3-rasmda vertikal qattiq jismni ho'llayotgan suyuqlik va suyuqlikning gorizontal qattiq jism sirtiga tushirilgan tomchisi tasvirlangan. 2.3-rasm. Vertikal qattiq jismni qisman ho'llayotgan suyuqlik va bunday suyuqlikning gorizontal qattiq jism sirtiga tushirilgan tomchisi II. Agar suyuqlik molekulalarining o'zaro tortishish kuchi suyuqlik molekulalari bilan qattiq jism molekulalari orasidagi tortishish kuchidan katta bo'lsa, suyuqlik qattiq jism sirtini amalda ho'llamaydi. Qattiq jismni ho'llamaydigan suyuqlik tomchisi qattiq jism sirtida ellipsoid shaklini oladi. 2.4-rasmda qattiq jismni ho'llamaydigan suyuqlik tomchisi va suyuqlikning idish devori yonidagi sirti ko'rsatilgan. Bu holda chet burchak o'tmas (ya'ni θ π2) ekanligi aniq ko'rsatilgan. 2.4-rasm. Qattiq jismni ho'llamaydigan suyuqlik Agar chet burchak 180° ga teng (ya'ni θ = π) bo'lsa, suyuqlik qattiq jismni u m u m a n ho'llamaydi. Lekin amalda bunday moddalar uchramaydi, juda oz bo'lsa ham suyuqlik qattiq jismni ho'llaydi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, har bir suyuqlik ba'zi qattiq jismlarni ho'llaydi, ba'zilarini ho'llamaydi. Masalan, suv toza shisha sirtini ho'llaydi, ammo parafin sirtini ho'llamaydi; simob shisha sirtini ho'llamaydi, lekin toza temir sirtini ho'llaydi. Suv bilan ho'llanadigan qattiq jism sirti gidrofil sirt (a)deb ataladi; ho'llanmaydigan jismlarning sirtlari esa gidrofob yoki oleofil sirtlar ( b ) deyiladi. Parafin, talk, grafit, oltingugurt sirtlari shular jumlasiga kiradi. Sirtlarni sun'iy ravishda biror suyuqlik bilan ho'llanadigan yoki ho'llanmaydigan qilish mumkin. Masalan, biror qattiq uglevodorodning sirtiga sirt- faol modda surkab, uni suv bilan ho'llanadigan holatga keltirish mumkin. Ho'llanish turli texnologik jarayonlarda chunonchi, ruda va ko'mirlarni boyitishda katta rol o'ynaydi. Suvda «kambag'al ruda» suspenziyasi tayyorlab, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 239.29 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 239.29 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga