Saxarozaning gidrolizi

Saxarozaning gidrolizi

O'quvchilarga / Kimyo
Saxarozaning gidrolizi - rasmi

Material tavsifi

Saxarozaning gidrolizi. Kerakli asbob va reaktivlar. Probirkalar, pipetkalar (1 ml li, sog'imi 5 ml li), shtativ, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, 5% li saxaroza eritmasi, 10% li sulfat kislota eritmasi, 10% li NaOH eritmasi α - naftol (10% spirli eritma), Selevanov reaktivi, Feling reaktivi, Barfed reaktivi. Saxaroza boshqa uglevodlar singari optik aktivlik xususiyatiga ega bo'lib, qutblangan nur sathini o'ngga buradi. Uning solishtirma burish burchagi +66,50 ga teng. Gidrolizga uchratilgandan keyin esa gidrolizatning qutblangan nurni burish yo'nalishi va burchagi o'zgarib qoladi. Bu hodisa inversiya deb, hosil bo'lgan shakar esa invertirlangan shakar deb yuritiladi. Ikkinchi tomondan, soharoza qaytaruvchanlik xossasini namoyon qilmagani holda, uning gidrolizati Feling va Barfed reaktivlarini qaytaradi. Ishning bajarilishi. 5% li saxaroza eritmasidan 4 ta probirkaga 1 ml dan quyib, birinchisida α - naftol bilan ikkinchisida rezortsinning 0,05% li eritmasi bilan (Selivanov reaktivi) uchinchisida Feling, to'rtinchisida Barfed reaktivlari bilan tajribalar o'tkaziladi. Shundan keyin alohida probirkaga 5% li saxaroza eritmasidan 5-10 ml qo'yib ustiga bir necha tomchi 10% li sulfat kislota qo'shib qaynatiladi. Gidrolizat sovutilgach, ohistalik bilan neytrallanadi va yuqoridagi reaksiyalar takrorlanadi. Kuzatish natijalari quyidagi jadval (1-jadval) ko'rinishida qayd qilinadi. 1-jadval POLISAXARIDLAR Polisaxaridlar tirik organizmda uchraydigan uglevodlarning asosiy qismini tashkil etadi, ular monosaxaridlar va ularning hosilalari asosida hosil bo'lgan biologik polimerlardir. Kraxmal, glikogen (hayvon kraxmali), insulin, tsellyuloza dekstrin, xitin, gialuronat va xondroitin sulfat kislotalar, geparin va boshqalar tabiatda eng ko'p tarqalgan polisaxaridlar hisoblanadi. Ular organizmda turli-tuman vazifalarni bajaradi. Polisaxaridlar bir-biridan molekulasining o'lchami, bog'lanish usuli va tipi, tarkibiy qismlari, xossa hamda bajaradigan vazifalari jihatidan farq qiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.4 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.4 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga