Saydiaxral To'xtayevich To'xtayev

Saydiaxral To'xtayevich To'xtayev

O'quvchilarga / Kimyo
Saydiaxral To'xtayevich To'xtayev - rasmi

Material tavsifi

Saydiaxral To'xtaevich To'xtaev Saydiaxral To'xtaevich To'xtaev 1942 yil 1 sentyabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1948 yil 6 yoshida 22- o'rta maktabga o'qishga kirdi. Kime faniga qiziqishi sababli 1958 yilda Toshkent Politexnika institutining kimyo -texnologiya fakultetiga kirib, 1963 yili diplom ishini himoya qildi. Yo'llanma bo'yicha 1965 yilgacha,Azot sanoati Davlat loyihalash institutining Chirchiq filialida ishlab, O'rta Osiyo kimyo zavodlari uchun ammiak, azot kislota, ammiakli selitra va boshqa tsexlarning loyihalarini yaratish bilan shugullandi. U 1965 yil O'zR FA Kimyo institutiga kelib akademik Malik Nabievich Nabiev bilan suhbatdan o'tgandan so'ng, institutga stajyor-izlanuvchi lavozimiga kabul qilindi. 1966- 1969 yillarda aspiranturada o'qidi va Rostov - Don shahrida ulug olim, professor. Bergman Andrey Georgievich rahbarligida stajirovka o'tib, fanning asoslarini o'rganib, 1969 yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shundan so'ng u Uzbekistan Fanlar akademiyasi Kimyo institutida kichik va katta ilmiy xodim, 1979 yildan bo'lim va laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlab kelmokda. 1984 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi, 1985 yilda unga professorlik unvoni berildi. 1989 yilda «Noorganik kimyo» sohasi bo'yicha Uzbekistan Fanlar akademiyasi muxbir azosi va 200 yilda Akademigi etib saylandi. , S. To'xtaev noorganik kimyo va noorganik kimyo texnologiyasi, mineral o'gitlar, defoliantlar va boshqa kimyoviy preparatlarni olish sohalaridagi chuqur fundamental tadqiqotlari bilan mamlakatimizda va chet ellarda malakali mutaxassis sifatida tanildi. Uning tomonidan fundamental izlanishlar asosida 300 dan ziyod uchlamchi, to'rtlamchi va murakkab sistemalardagi tuzlarning eruvchanligi to'g'risida yangi ma'lumotlar olindi. Sistemalarda hosil bo'lgan 100 dan ziyod kimyoviy birikmalar va qattiq eritmalar zamonaviy fizik - kimyoviy usullar bilan o'rganilib tasdiqlandi. Olingan yangi kompleks birikmalardagi ionlarning koordinatsiyasi va ularning paydo bo'lishi qonuniyatlari qayd etildi. Olingan ma'lumotlarning barchasi noorganik kimyo texnologiyasi sohasidagi mutaxassislar tomonidan amaliyotda qo'llanilib kelinmoqda. S. To'xtaev tarkibida mineral o'g'itlarning samaradorligi va qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini oshiradigan, o'simliklar o'zlashtira oluvchi shakldagi mikroelementlar birikmalari, fiziologik faol moddalar, o'stiruvchi moddalar bo'lgan ammofos, karbamid, oddiy va ikkilamchi ammoniylashgan superfosfatlar, kaliy sulfati olinishining ilmiy asoslarini ishlab chiqdi. Qizilqum fosforitlaridan oddiy va boyitilgan superfosfat olishning kimyoviy va texnologik asoslarini yaratdi. Tarkibida asosiy ozuqa elementlari va mikroelementlari bo'lgan, qishloq xo'jalik ekinlarini bargidan oziqlantirish uchun qo'llanuvchi, suvda eruvchan yangi murakkab o'g'itlarni sintez qilishning nazariy va texnologik asoslarini yaratdi. Noorganik tuzlar asosida bir qator yuqori samarali, kam zaharli paxta defoliantlari sintezining nazariy asoslari yaratildi va mlzkur defoliantlar (Sihat, Sadaf, O'zDYeF) qo'llanishga joriy etildi. Sovuq tushguncha birinchi terimning o'zidayoq asosiy hosilni terib olishga hamda paxtaning tez pishishn va ko'saklarning ochilishiga imkon beruvchi samarali stimulyator - defoliantlar (Najot, Sardor) olishning ilmiy asoslarini va samarali texnologiyasini ishlab chiqdi. S. To'xtaev ilmiy yangiliklarni ishlab chiqarishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.98 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.98 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga