Selen,tellur va ularning birikmalari.ularning olinishi va xossalari Reja: Selen va tellur haqida umumiy ma'lumot. Selen va tellur, birikmalarining analitik-kimyoviy tavsifi. Selen va tellurning sifatini aniqlash. Selen va tellurni miqdor jihatdan aniqlash. Xulosa . Foydalanilgan adabiyotlar. kirish. VI guruhning asosiy guruhcha elementlariga kislorod, oltingugurt,selen,tellur va poloniy kiradi.Asosiy guruhcha elementlarining o'zi yana ikkiga bo'linadi: tipik elementlar va selen guruppachasi. Selen guruppachasiga selen, tellur va poloniy kiradi. Selen va tellur atomlarining sirtqipog'onasida oltitadan(ns2np4) elektron bor. Shunga muofiq bu elementlarning oksidlanish darajasi +6, +4 va -2 bo'ladi. Selenning davriy sistemadagi o'rni. Se Te qatorida chapdan o'ngga o'tish tartibida elementlarning oksidlovchilik xossalari kamayadi,qaytaruvchilik xossalari sa kuchaya boradi. Undan tashqari: shu qatorda elementlarning atom va ion radiuslari, ionlanish potensiallari, nisbiy elektromanfiyliklari kichiklashib boradi. Binibarin elementlarning metalmaslik xossalari zaiflashi , metallik xossalari kuchayib boradi. Shuningdek selen va tellurning musbat zaryadlangan ikki valentli birikmalari alohida ahamiyatga ega. Bu elementlarning +6 oksidlanish darajasiga muofiq keladigan gidroksidlari H2SeO4 , H6TeO6 tarkibga ega. Bundan ko'rinadiki, selendan tellurga o'tganda markaziy ionning koordinatsion soni 4dan 6ga qadar o'zgaradi. Tellurning davriy sistemadagi o'rni. I. Selen va tellur haqida umumiy ma'lumot. I.1.SELEN VA TELLURNING KASHF QILINISHI .1798-yilda Klaprod yangi element haqida ma'lumot e'lon qildi va tellyr (lotincha tellus-yer) deb nomladi.Tellur oltin rudalaridan ajratib olingan. Selen 1817-yilda Berselius tomonidan sulfat kislota ishlab chiqarish zavodida shlaklardan aniqlandi. Yangi element xossalari bo'yicha tellurga juda o'xshash edi. Bu element Oy-yerning yo'ldoshi sharafiga selen deb nomlangan. I.2.SELEN VA TELLURNING IZOTOP TARKIBI. Mass-spektroskopiya metodi yordamida aniqlandiki selen 6ta tabiiy barqaror (74,76,78,80,82) izotopi va tellurning 8ta tabiiy barqaror (120,122,123,124,125,126,128,130)izotoplari mavjud. TELLURNING ASOSIY MINERALLARI. Tellur ham tabiatda rudalar tarkibida uchraydi. Selen va Tellur siyrak (tarqoq) elementlar guruhiga kiradi.Ko'pchilik hollarda ular alohida topilish joyiga ega emas, boshqa elementlarning rudalari va aralashmalari tarkibiga kiradi. SELENNING ASOSIY MINERALLARI. Selen tabiatda rudalar tarkibida uchraydi. I.2. SELEN VA TELLURNING QO'LLANILISHI. Selen tellur va ularning birikmalari hozirgi vaqtda yarim o'tkazgichlae sanoatida va elektronika-yarim o'tkazgich termoelementlar,fotoelementlar, xolla datchiklari tayyorlashda va avtomatlashtirish uchun, boshqa qurilmalar, radioelektronikalar telemexanikada va hoka'zolarda keng qo'llanilmoqda. Har yili olinadigan selenning yarmi elektrotexnika sanoatida yarim o'tkazgichlar tayyorlash uchun sarflanmoqda.Tellurning ayrim birikmalari bakterisid xossaga egaligi bilan tibbiyotda qo'llaniladi. Selen va tellur rezinaga qo'shimcha sifatida (0.1-0.2%) elastik va issiqlikka chidamliligini oshirish uchun qo'llaniladi. zaharLILIGI. Selen birikmalari teriga tushganda terini yallig'lntiradi va teriga har xil toshmalar toshiradi.Selenat kislota organizmga tushganda qusish (ko'ngil aynishi), talvasa, hattoki nerv sistemasini falj, shol qilib qo'yishi ham mumkin. Tellur bilan zaharlanganda titroq bosadi, bosh og'riydi, darmonsizlanadi, tomir urishi susayadi.Ishtaha yo'qoladi, ko'gil ayniydi, til qorayadi,nafas siqiladi, ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.08 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.08 MB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: pptx