Seolitlar. Katalitik faollikni katalizator yuzasi xossalari bilan bog'liqligi

Seolitlar. Katalitik faollikni katalizator yuzasi xossalari bilan bog'liqligi

O'quvchilarga / Kimyo
Seolitlar. Katalitik faollikni katalizator yuzasi xossalari bilan bog'liqligi - rasmi

Material tavsifi

Seolitlar. Katalitik faollikni katalizator yuzasi xossalari bilan bog'liqligi Reja: Geterogen reaksiyalarda seolitlarning o'rni Katalizatorlarni qaytarish. Geterogen reaksiyalarda seolitlarning o'rni Gomogen jarayonining katalizatorlari gaz ( HCL ,NH3, BF3 , azot oksidlari va hokazo) yoki suyuq moddalar ( mineral kislotalar, SO2CL2 , organik asoslar va hokazo )dir. Ularni tayyor holda olinadi va ma'lum miqdorda reakstion sistemaga kirgiziladi. Reakstiyalarni geterogen fazada olib berish uchun katalizatorlar kerak. Ular yuqori darajada aktiv bo'lishlari kerak. Bu esa o'z navbatida katalizatorni tayyorlash usullariga va ularni reakstiyadan oldin qayta ishlashga bog'likdir. Qattiq katalizatorlarga qo'yiladigan asosiy talablar: uning aktivligi, barqarorligi, tanlovchanligi, uzoq muddat ishlashi, zaharlarga va yuqori temperaturalarga chidamliligi, qayta tiklashning osonligi. Katalizatorni ishga yaroqliligi uni tayyorlashda ishlatilgan materiallarga va ishlab chiqarish sharoitiga bog'likdir. Katalizatorning uzoq muddat ishlashi uni optimal ish rejimida ishlatishga bog'likdir. Ishlash sharoitiga rioya qilmaslik katalizatorni tezda ishdan chiqish iga olib keladi. Hozirgi zamon katalizatori murakkab va ko'p komponentli aralashmalar va birikmalardan tuzilgan bo'lib, ularning tarkibiga aktivlovchi qo'shimchalar kiritilgan bo'ladi. Bu katalizatorlarning tarkibi elektrik usulda topiladi. Katalizatorni cho'ktirib tayyorlash uchun ko'p incha nitrat tuzlarining yoki organik karbon kislotalarning suvli eritmalaridan foydalaniladi. Sulfatlar va galagenidlarni ishlatish taklif kilinmaydi, chunki SO4 va SL ionlari gelga adsorblanib tayyor katalizatorning aktivligini pasaytiradi. Cho'ktirishni ammiakning suvli eritmasi (NH 4)2CO3, NA2CO3, K2CO3lar bilan amalga oshiriladi. Cho'ktirish jarayoni sovuq yoki issiq sharoitda konstentrlangan va konstentrlanmagan eritmalardan olib borilishi mumkin. Cho'ktirilayotgan vaqtda to'la cho'ktirishga erishish kerak, bu esa emprik usulda amalga oshiriladi. Cho'ktirish tezligini, temperaturasini va eritmalar konstetrastiyalash keng miqiyosda o'zgartirish mumkin. Masalan, aktiv Zn (ON)2 suyultirilgan eritmadan cho'ktiriladi, aktiv Su- katalizatori esa konstentrlangan ishqorni mis nitrat yoki mis astetat tuzining konstentirlangan eritmasiga 60-800S da, kuyib cho'ktirib olinadi. Aralash katalizatorlarni olish uchun aktiv komponentlar tuz larini eritmasini birgalikda cho'ktirib olish maqsadga muvofiqdir. Hisobashni mettallarning nisbatiga qarab qilish kerak. Olingan cho'kmalarni distillangan suv bilan ON yoki NO3 ionlari yo'qolguncha yuvish kerak. Toza yuvilmaganda katalizator aktivligi pastroq bo'ladi va u tez charchab qoladi. Cho'kmada ortiqcha ishqorning bo'lishi kondensastiya jarayonini hosil qiladi. Buning natijasida yuzada kondensastiya mahsulotlarining uchmaydigan birikmalarini pardasi hosil bo'ladi, bu esa adsorbstiyani qiyinlashtiradi. Shuning uchun cho'ktirilgan gellar yaxshilab tozalab yuviladi. Yuvilgan cho'kmalar termostatlarda har - xil temperaturalarda quritiladi va ulardan katalizatorlar tayyorlanadi. Katalizatorlar tabletka, donasimon yoki boshqa shakllarda tayyorlanadi va maxsus pechlarda qizdirilib me'yoriga etkaziladi. Katalitik aktivligi yuza bilan gambarchas bog'likdir. Shuning uchun aktiv komponentlar neytral bo'lgan g'ovakmateriallar yuzasiga chuktiriladi. Bu materiallarni tashuvchilar (nositel) yoki «tregerlar» deyiladi. Katalizatorlarni qaytarish. Chuktirish yoki shimdirish, kizdirish usullari bilan olingan katalizatorlarning aktiv komponentlarni oksid holida bo'lganligi uchun ularni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.91 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.91 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga