Shponkali va shlitsali birikmalar Reja: Shponkali birikmalarda dopusk va o'tqazishlar. To'g'ri yonli shlitsali birikmalarda dopusk va o'tqazishlar. Evolventa shlitsali birikmalarning dopusklari. Shlitsali birikmalarni kontrol qilish kalibrlari. Vallarning qo'zg'almas birikmalari va turli detallarning (shkivlar, tishli g'ildiraklar va b.) teshiklari shponkalar va shlitsalar yordamida aylantirish momentlari bir valdan ikkinchisiga uzatiladi va yig'iladi. Mashinalar konstruksiyalarida shponkalarning bir necha turi uchraydi, bulardan eng ko'p tarqalgani prizmatik shponkalardir (19-rasm). Bu shponkalarning dopusk va o'tqazishlari standartlashtirilgan (GOST 7227-58). Shponkalarni o'tqazish val sistemasida b kenglik bo'yicha amalgan oshiriladi. 19-rasm. Prizmatik shponkalar. Val pazasi va vtulka pazasida shponka chetlashishlari o'zgarmas, o'tqazishning xarakteri esa pazalarning chegaraviy chetlashishlarini o'zgartirish bilan ta'minlanadi. Shponkalar kengligi bo'yicha V3 yoki X3 dopusklari bo'yicha tayyorlanadi. Vtulkalarning shponka kiradigan pazalari A3 dopuski bo'yicha tayyorlanadi yoki standartda PSh1 (shponkalar o'tkazish) kabi; val pazasi kengligi uchun PSh bilan belgilanuvchi maxsus dopusk bo'yicha ishlatiladi. Val pazasi shponka o'tuvchi tipdagi o'tqazishga ega, vtulka pazali shponka esa sirpanuvchi yoki sharakatlanuvchan dopusklarga ega. Shponka va pazalarning boshqa parametrlari uchun ancha qo'polroq aniqlik klasslari belgilangan: yani shponka balandligi h uchun V4 bo'yicha, val va vtulka pazalarining chuqurligi (19-rasmda t va t1 o'lchamlar) A5 bo'yicha, paza uzunligi uchun esa V7 bo'yicha belgilangan. Katta quvvatlarning bir valdan ikkinchi valga uzatilishi bilan xarakterlanuvchi mexanizmlarda 20-rasm. To'g'ri yonli shlitsali birikmalari. a-D bo'yicha markazlashtirish bilan, b-d bo'yicha markazlashtirish bilan, v-b bo'yicha markazlashtirish bilan shponkali birikmalar ancha mustashkam bo'lgan shlitsali birikmalar bilan almashtiriladi. Bundan tashqari, shlitsali birikmalar bo'lganda ish vaqtida val bilan vtulka o'qlarining mos kelishi yaxshi ta'minlanadi, yani detallarning yaxshi markazlashtirilgan birikmalari amalga oshiriladi. Mashinasozlikda shlitsali birikmalarning bir necha xillari ishlatiladi, bulardan eng ko'p ishlatiladigani to'g'ri yonli (20-rasm) va evolventa shlitsali birikmalardir. To'g'ri yonli shlitsali birikmalarda dopusk va o'tqazishlar. To'g'ri yonli shlitsali birikmalar uchta parametrdan, yani tashqi diametr D, ichki diametr d va yon tomon blardan iborat. Markazlashtirishning aniqligi, yani birlashayotgan detallar o'qlarining val va vtulka shlitsalari o'qlari bo'yicha mos kelishi (ustma-ust tushishi) D yoki d bo'yicha o'lchamlarni aniq tayyorlash shisobiga ta'minlanadi. Agar o'tqazish uchun asosiy parametr sifatida D qabul qilingan bo'lsa, (20-rasm, a), u sholda d (20-rasm, b) bo'yicha dopusklar birmuncha qo'polroq klasslarda olinadi. Markazlashtirishning u yoki bu usuli markazlashtirishning qanday aniqlikda talab qilinish, ish sharoiti va tayyorlashning texnologik imkoniyatlariga bog'liq. Eng tejamli, demak, eng ko'p tarqalgan markazlashtirish D diametr sirti bo'yicha markazlashtirishdir, chunki shlitsa valining D bo'yicha yuqori aniqligiga jilvirlash yo'li bilan oson erishmoq mumkin, bunda vtulkadagi shlitsa teshiklari protyajka metodi bilan shosil qilinadi. Evolventa shlitsali birikmalarning dopusklari. Evolventa shlitsali birikmalar to'g'ri yonli shlitsali uzatmalarga nisbatan ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
102.99 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
102.99 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: doc