Shukur Tolipovich Tolipov (1908 - 1990)

Shukur Tolipovich Tolipov (1908 - 1990)

O'quvchilarga / Kimyo
Shukur Tolipovich Tolipov (1908 - 1990) - rasmi

Material tavsifi

Shukur Tolipovich Tolipov (1908 -1990) Shukur Tolipovich Tolipov o'tgan asrning 40-yillarida O'zbekistonda analitik kimyo ilmiy maktabini yaratgan, dunyoga taniqli olim. Kimyo fakultetida O'rta Osiyodagi dastlabki analitik kimyo kafedrasini tashkil qilgan va uni 1933 - 1998 yillar davomida boshqargan olim professor V.A.Novikov bo'lib, u O'zbekistonda kimyo fanining bu soqasidagi ilmiy ishlarini birinchi bo'lib yo'lga ko'ydi. So'ngra analitik kimyo kafedrasini 52 yil davomida Qozog'iston Fanlar akademiyasining akademigi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor Shukur Tolipovich Tolipov boshqarib, analitik kimyoning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lgan «Elementlar analitik kimyosida organik reagentlarning qo'llanilishi, optik metodlarda qo'llaniladigan reagentlarni immobillash, modifikatsiyalangan elektrodlar yaratish hamda ularni atrof-muhit obyektlari analiziga ko'llash» bo'yicha yirik ilmiy maktabga asos soldi, uni butun dunyo kimyogarlariga tanitdi. U shu kafedrada talabalikdan akademiklik darajasigacha bo'lgan mashaqqatli va faxrli yo'lni bosib o'tdi. Sh.Tolipov o'z ilmiy faoliyatini metallarniig ftoridlari xossalarinya o'rganishdan boshladi va ilmiy izlanishlar asosida ftoridlarni kimyoviy anshtizda qo'llash bo'yicha bir qator nazariy yondashuvlarga asos soldi. Uning- rahbarligida ishlab chiqilgan ko'pgina ilmiy usullar ishlab chiqarish amaliyotida va qishloq xo'jaligida keng qo'llanildi. Akademik olimning shogirdlari 1940 - 1950 yillarda ftor kimyosi rivojiga salmokli hissa qo'shib, analitik kimyo ilmiy maktabining yangi tarmogi ftorometriyani sezilarli darajada boyitdi. Sh. Tolipov tomonidan o'tgan asrning 50 - 60-yillarida bajarilgan fundamental qator ilmiy-tadkiqot ishlari Respublikamiz hududidagi tabiiy birikmalar (anabazin, gossmpol, papaverin, paxikarpin, salg'solin, piridin, xinolin va b.), ularning sintetik hosilalarining 100 dan ortik turining sintezi, og'ir va zaharli metallar bilan kompleks hosil qilish xossalari, shuningdek benzol halqasiga o'rinbosarlar kiriti-lishining azoreagentlar reaksion qobiliyatiga ta'siri asosida yangi qonuniyatlar o'rganildi va ular asosida turli metallarni atrof-muhit bilan bog'liq holatda miqdoriy aniqlashning fizik-kimyoviy usullari ishlab chiqildi. Bu ishlar dunyo kimyogar olimlari tomonidan ham tan olindi. Bu yangi yo'nalishning rivojlanishida Sh.Tolipov ilmiy maktabining tayanch markazi, analitik kimyo kafedrasi a'zolarining xam xizmati katta bo'ldi. Sh.Tolipov 1942-1984 yillarda O'zMU kimyo' fakulteti dekani lavozimida uzluksiz 42 yil samarali ishladi. Bu davrda u analitik kimyo sohasining yirik mutaxassislaridan biri sifatida tanildi va kimyo ta'limining taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi. O'zbekistonda kimyogar analitiklar ilmiy maktabini yaratdi. Bu maktab O'rta Osiyoda analitik kimyo va uning taraqqiyotiga keng yo'l ochib berdi. O'tgan asrning 60-yillarida mazkur ilmiy maktabga asos solgan kafedraning professor-o'qituvchilari tarkibi shu kafedraning bitiruvchilari va aspirant analitiklarining katta guruhi hisobiga kengaydi. L.A.Xadeeva, G.S.Andrushko, N.T.To'raxonova, I.P.Shesterova, L.P.Chaprasova, N.G.Smaglyuk, S.Ye.Podlipskaya, L.Ye.Zeltser, A.Ye.Martirosov, U.M.Mansur-xo'jaev, Sh.A.Islomovalar ilmiy faoliyat bilan jiddiy shugullana boshladilar. Professor Sh.Tolipov yangi yo'nalish - «Siyrak elementlar analitik kimyosida organik rsagentlarni qo'llash» mavzusi bo'yicha ilmiy-tekshirish ishlariga rahbarlik qildi. Bu yo'nalish Respublika iqtisodiyoti, sanoati va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.89 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.89 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga