Sifat analizi va uning vazifalari

Sifat analizi va uning vazifalari

O'quvchilarga / Kimyo
Sifat analizi va uning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Sifat analizi va uning vazifalari. Reja 1. Sifat analizi. Uning asosiy vazifalari haqida umumiy tushuncha 2. Sifatiy analiz usullarining sinflanishi. 3. Sifat analizida kation va anionlarning klassifikatsiyasi. Sifat analizi - analitik kimyoning asosiy bo'limlaridan biri; analiz qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasidagi elementlar, radikallar, funksional guruhlar va birikmalarni kimyoviy, fizikkimyoviy, fizikaviy aniqlash va identifikatsiyalash usullari majmui. Sifat analizining muhim tavsifli usullari: 1) o'ziga xoslik (selektivlik) - qidirilayotgan elementni boshqa element ishtirokida aniqlash usuli va 2) sezgirlik - nihoyatda oz miqdordagi elementni, ya'ni bir tomchi (0,01-0,03 ml) eritmadagi elementni aniqlash. Sifat analizining hozirgi usullarida sezgirlik 1 mkg ga boradi. Anorganik moddalarning klassik Sifat analizi quruq yoki ho'l usulda olib boriladi. Ultramikrokimyoviy analiz, Tomchi analiz). Suvli eritmalardagi anorganik birikmalarning Sifat analizi ion reaksiyalariga asoslangan. Sifat analizining kimyoviy usuli bilan bir qatorda fizikaviy, fizikkimyoviy usullari qam keng qo'llanadi. Bu usullar tekshirilayotgan moddalarning optik, elektr, magnit, issiqlik, katalitik, adsorbsion va b. xossalarini o'rganishga asoslangan (q. Spektram analiz, Polyarografiya). Analiz qilishda avval moddalarning sifat tarkibi aniqlanadi, ya'ni u qanday elementlardan, element guruhlaridan yoki ionlardan tarkib topganligi haqidagi masala hal qilinadi, so'ngra moddaning miqdoriy tarkibini aniqlashga o'tiladi. Moddaning tarkibiga qanday element yoki ionlar kirishini topish, aniqlash sifat analizining vazifasidir. 1) Sifat analizning kimyoviy usullari bilan ish ko'rilganda topilishi lozim bo'lgan element yoki ion o'ziga xos xususiyatlari biror birikmaga aylantiriladi va ayni birikma hosil bo'lganligi ana shu xossalari asosida bilib olinadi.Bunda sodir bo'ladigan kimyoviy o'zgarish analitik reaksiya, bu reaksiyaga sabab bo'lgan modda esa reagent deyiladi. 2) Analizning fizik-kimyoviy reaksiya asosida hosil qilingan modda rangli eritmasining rang intensivligi shu moddaning kontsentratsiyasiga bog'liqligiga, yoki aniqlanadigan modda eritmasi orqali o'tayotgan elektr toki shu modda kontsentratsiyasiga bog'liqligiga asoslangan va hokazo juda ko'plab misollar keltirish mumkin. 3) Analizning fizikaviy usullari,moddaning kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizikaviy xossalari o'rtasidagi bog'lanishga asoslangan.Masalan, spektral analizda modda gorelka alangasiga yoki elektr yoyiga kiritilganda sodir bo'ladigan nurlanish spektri aniqlanayotgan elementar uchun xos chiziqlar bo'lishiga qarab, berilgan moddada o'sha elementlar bor yo'qligi haqida, chiziqlar ravshanlik darajasi asosida ularning miqdori to'g'risida fikr yuritiladi. Bu usul juda seziluvchan bo'lib elementlarni 10-6-10-8 g gacha miqdorini aniqlashga imkon beradi. Lyuminestsent analiz moddalarning lyuminestsentsiyalanishiga asoslangan, ya'ni bunda modda o'ziga tushayotgan ultrabinafsha yoki boshqa nurlar ta'sirida o'ziga xos nurlar chiqarib lyuminestsentsiyalanadi. Lyuminestsentsiyaning intensivligi va rangi turli moddalarni sifat va miqdoriy aniqlashda analitik belgilar hisoblanadi.(sezgirligi10-10 g) Analitik reaksiyalarni bajarishda ishlatiladigan modda miqdorlariga qarab sifat analizda makro-(0,5-1,0 g),mikro-(0,005-0,01g)-, yarimmikro (0,02-0.05 g)-, va ultramikro (1 mg)- usullardan foydalaniladi. Mikroanalizda juda seziluchan reaksiyalardan foydalaniladi, reaksiyalar mikrokristalloskopik yoki tomchi usuli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 10.06 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 10.06 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga