Sigler-Nettajarayoni, gidrotozalash, katalitik riforming Reja: Katalitik riforming jarayonining umumiy xarakteristikasi. Katalitik riforming jarayoni umumiy tavsifi. Riforming jarayonini o'tkazish shartlariga asosiy omillar o'zgarishining ta'siri. Qo'zg'almas katalizator qatlamida boruvchi riforming 1. Katalitik riforming jarayonining umumiy xarakteristikasi. Hozirda neftni qayta ishlash zavodlarida benzin sifatini yaxshilash imkonini beruvchi, shuningdek qimmatbaho monomerlar olish jarayonlaridan biri katalitik riforming hisoblanadi va bu jarayon keng tarkalgan bo'lib, ayni vaqtda katalitik riforming qurilmalari asosan platinali katalizatorlar ishtirokida boradi. Katalitik riforming jarayonidan maqsad, yuqori oktanli avtomobil benzin komponentini ishlab chiqarish, shuningdek aromatik uglevodorodlar: benzol, toluol, ksilollar olishdir. Jarayon natijasida vodorod saqlovchi gaz ham olinadi va keyinchalik yoqilg'i, moy va boshqa frakstiyalarni gidrotozalashda ham gidrokreking qurilmalarida foydalaniladi. Katalitik riforming xom-ashyosi bo'lib to'g'ri haydashdan olingan benzin frakstiyalari xizmat qiladi. Yuqori oktanli benzin olish uchun 85-1800Sda qaynovchi benzin frakstiyalari xizmat qilsa, benzol, toluol, ksilol olish uchun 62-850 S, 85-1150 S va 115-1500S frakstiyalaridan foydalaniladi. Ba'zida keng benzin frakstiyalariga termik kreking jarayonidan olingan past oktanli benzin ham qo'shiladi. Bunda xom-ashyo oltingugurtli bo'lsa, katalizator zaharlanishi mumkin, shuning uchun doim riformingda gidrotozalangan xom-ashyo kiritiladi. Xom-ashyo tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,01% (mass.) bo'lishi kerak. Katalitik riforming vaqtida neftning benzin frakstiyasi uglevodorodlarining katta miqdori aromatik uglevodorodlarga aylanadi. Bunda olti a'zoli naften uglevodorodlari degidrirlanishi va parafin uglevodorodlarni degidrostikllanishi kuzatiladi. Bir vaqtning o'zida aromatik uglevodorodlarni dealkillanish reakstiyalari ham boradi. Shuningdek, ularni zichlanishi tufayli katalizator yuzasida koks qatlamini hosil bo'lishiga olib keladi. Katalizator kokslanishini oldini olish va riforming vaqtida hosil bo'lgan to'yinmagan uglevodorodlar gidrogenlanishi uchun reaktordagi vodorodbosimini yuqori oktanli benzin olishda 3-4 MPa, individual aromatik uglevodorodlar olishda 2 MPada saqlash zapur. Barcha asosiy reakstiyalar issiqlik yutilishi bilan boradi. Uglevodorodlarni o'zgarish darajasi jarayon issiqlik effekti yig'indisiga ko'ra aniqlanadi. Jarayon borishida harorat (480-5200 S) pasayadi va xom-ashyoda boshqa o'zgarish kuzatilmaydi. Shuning uchun xom-ashyoni to'la o'zgarishi uchun aralashma oraliq qizdirishdan o'tkazish lozim. Jarayon to'la o'tishi uchun odatda 3ta ketma-ketlikda o'rnatilgan reaktorlardan foydalaniladi. Yuqori oktanli benzin komponentini chiqish miqdori 80-85% (mass.)ni tashkil etadi, uningoktanli soni 80-85 (motor usulida)ga teng. Riforming jarayonini o'tkazishda asosan sanoat katalizatorlaridan hisoblangan alyumoplatinali katalizatorlar (0,3-0,8 mass.platina) qo'llaniladi. Keyingi yillarda platina bilan reniy birikmasi katalizatorlari keng qo'llanilmokda. Bimetalli platina-reniyli katalizatorlarni qo'ullash orqali reaktordagi bosimni 3-4dan 0,70-1,4 MPa gacha pasaytirishga erishildi. Katalizator stilindrik shakldabo'lib, uningdiametri 2,6mm,balandligi 4mm bo'ladi. 2. Katalitik riforming jarayoni umumiy tavsifi. Ushbu qurilma tadqiqot usuli bo'yicha 102 oktan soni va motor usulida 90gacha bo'lgan, benzin ishlab chiqarish uchun xizmat qiladigan mahsulotlar tarkibiga kiradigan etillanmagan riformatni va vodorodni iste'mol qiluvchi barcha qurilmalar uchun vodorod ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan. Qurilma ATdan etkaziladigan gidrotozalangan ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.42 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.42 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: docx