Sikloalkanlar nomenklaturasi. Izomeriyasi. Olinishi

Sikloalkanlar nomenklaturasi. Izomeriyasi. Olinishi

O'quvchilarga / Kimyo
Sikloalkanlar nomenklaturasi. Izomeriyasi. Olinishi - rasmi

Material tavsifi

Sikloalkanlar. nomenklaturasi. Izomeriyasi. Olinishi 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 9-mavzu Reja: Sikloalkanlar. Nomlanishi va izomeriyasi. Sistematik nomenklatura Sikloalkanlar tegishli alkanlardan molekulasi tarkibida 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Sikloalkan Alkan Mana shu atomlarning ajralib chiqishi hisobiga uglerod halqasi yopiladi. Nomlanishi va izomeriyasi. Sikloalkanlarning nomi sistematik nomenklatura bo'yicha tegishli to'yingan uglevodorodlarning nomi oldiga «siklo» so'zini qo'shib o'qishdan hosil bo'ladi. Sistematik nomenklatura Sikloalkanlarni nomlashda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: 4. Avval halqadagi nechinchi uglerod bilan bog'langanligi ko'rsatilgan holda radikallar nomi aytiladi va asosiy zanjir (uglevodorod halqasi) nomini aytish bilan modda nomlanadi. 1. Asosiy zanjir sifatida halqa olinadi. 2. Halqadagi uglerod atomlari raqamlanadi. 3. Yonaki zanjirdagi radikallar joylashgan o'rni raqam bilan ko'rsatiladi. Izomeriyasi - halqadagi uglerod soni va radikallar joylashgan o'rniga ko'ra hosil bo'ladi. Sikloalkanlarda izomeriya siklobutandan boshlanadi. Olinishi. 1 Sikloalkanlar laboratoriyada to'yingan uglevodorodlarning digalogenli hosilalariga metallar ta'sir ettirib olinadi. Fizik xossalari. Sikloalkanlar amalda suvda erimaydi. Ularning xossalari alkanlar xossasiga o'xshash bo'lib, dastlabki ikki vakili gaz, qolganlari suyuqlik va yuqori molekulyar birikmalari qattiq moddalardir. Molekulyar massasining ortishi bilan qaynash harorati va zichligi oshib boradi. Kimyoviy xossalari Sikloalkanlarda ham xuddi alkanlarga o'xshab, hamma bog'lari to'yingan, lekin ular birikish reaksiyasiga kirishish xususiyati bilan alkanlardan farq qiladi. Bog'ning uzilishi natijasida uglerod atomlarida bo'sh valentliklar paydo bo'ladi vodorodni va galogenlarni biriktirib oladi birikish reaksiyalariga kirishadi. Kichik halqali (siklopropan va siklobutan) birikmalar, ularning katta halqali gomologlariga (siklopentan va siklogeksan) nisbatan birikish reaksiyasiga oson kirishadi. Sababi kichik halqalarni katta halqalarga nisbatan beqarorligidadir. Masalan, gidrogenlash (vodorod biriktirish) reaksiyasi har xil sikloalkanlarda turlicha temperaturada boradi Ishlatilishi. Siklogeksanning xlorli birikmasi geksaxlorsiklogeksan - C6H- 6Cl6 qishloq xo'jaligida insektitsid (zararkunandalarga qarshi) vosita sifatida ishlatiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.52 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.52 MB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga