Silikat materiallarining turlari

Silikat materiallarining turlari

O'quvchilarga / Kimyo
Silikat materiallarining turlari - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: SILIKAT MATYeRIALLARINING TURLARI. Reja: 1. Keramika ashyolari ishlab chiqarish va qo'llaniladigan xom-ashyolar. 2. Keramik ashyolarni ishlab chiqarish texnologiyasi. 3.Keramika ishlab chiqarishda qo'llaniladigan asosiy apparatlar va qurilmalar. Keramika grekcha keramikos so'zidan olingan bo'lib, giltuproq degan manoni anglatadi. Keramik materiallar va buyumlar asosan turli xildagi giltuproqlardan hamda bazi bir oksidlardan (SiO2, MgO, Al2O3, Fe2O3, FeO, CaO va boshqalar) tayyorlanadi. Keramik materiallar va buyumlarni tayyorlashdagi umumiylik, pishirish jarayonida xom ashyo yumshab, zarrachalarning bir-biriga yopishib yaxlitlanishidir. Bunda xom-ashyo tarkibidagi oson suyuqlanuvchi aralashmalarning mayda zarrachalari bilan sovush paytida mustahkam birikib qattiq keramikaga yani sopol parchasiga aylanadi. Pishirish yaxlitlanish darajasiga qarab ikki xil, g'ovak va zich pishgan keramika hosil bo'ladi. Silikatlar texnologiyasi. Silikatli materiallarning sinflanishi va ishlatilashi. Silikatlar, yarimsilikatlar, alyumosilikatlarning aralashmasi yoki suyuqlanmalaridan tashkil topgan materiallarga silikatlar deb, ularning ishlab chiqaruvchi sanoat tarmog'ida silikatlar sanoati deb ataladi. Silikatli materiallar kimyoviy tarkibi, olinish sharoiti xossalari va ishlatilish sohalariga qarab uch guruhga: keramika, bog'lovchi materiallar va shishaga bo'linadi. Birinchi guruh: g'isht, fyans, kafel (koshin), cherepitsa (tomga yopiladigan sopol), terrakota (jigarrang sopol), kulol va o'tga chidamli buyumlar (shomot, dinas va boshqalar) kiradi. Ikkinchi guruhga: chinni, kimyo sanoati uchun kislotalarga chidamli buyumlar, yulka va qoplama plitalar va boshqalar kiradi. Keramik buyumlar sirtining holatiga qarab sirlangan (glazurlangan) va sirlanmagan buyumlarga bo'linadi. Sirlangan buyumlarning sirti shishasimon yaltiroq sir bilan qoplangan bo'ladi. Silikatlar aralashmasini to'liq suyuqlanguncha qizdirib, so'ngra suyuq massani sovutilsa turli navdagi shishalar hosil bo'ladi. Kukunsimon silikatlar va alyumosilikatlarni va boshqa mineral moddalarni quydirilsa bog'lovchi xossaga ega bo'lgan birikmalarga aylanadi. Hozirgi zamonda silikatli materiallar ishlatilmaydigan sohani ko'rsatish qiyin. Silikatli materiallar ayniqsa qurilishda, masalan, qurilish g'ishtlari, cherepitsalar, qoplama materiallar, o'tga chidamli va kimyoviy buyumlar, elektr issiqlik va shovqinni izalyatsiyalovchi (o'tkazmaydigan) materiallar qurilish va bezak ishlari tayyorlashda keramik quvurlar olishda, elektrotexnika va radiotexnika sanoatida turli xildagi chinni izolyatorlar, isitish asboblari uchun har xil keramik qismlar, sanitariya-gigiyena (ozodalik) texnikasi narsalari va xoka'zolar. Keramika materialariga qiziqish shunchalik oshdiki, XXI asrni bazan keramika asri deb ham atalmoqda. Hozirning o'zida noyob mexanik, magnit, elektrik va optik xossalarga ega bo'lgan, xalq xo'jaligining turli-tuman sohalarida ishlatiladigan keramik materiallar yaratiladi. Keramika buyumlari. Chinni va fayans. Keramika deb turli mineral ashyolardan, asosan tabiiy giltuproqdan, dolomit, magnezit, kvartsit, talku va shunga o'xshash boshqa materiaalardan tayyorlangan buyumlarga aytiladi. Chinni va fayans. Chinni fayansdan kimyoviy tarkibi bilan farq qiladi. Chinnining shixtasi tarkibida kvarts ( SiO2 ) va dala shpati (Na2OK2O*Al2O3*6SiO2 )miqdori ko'p bo'ladi va chinni fayansga nisbatan yuqori haroratda kuydiriladi. Shuning uchun ham chinni zarrachalari zich joylashgan, tiniq va mustahkam, qattiq bo'ladi, fayans esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 948.57 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 948.57 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga