Silvinitni uch bosqichli shlamsizlantirish texnologiyasini ishlab chiqish

Silvinitni uch bosqichli shlamsizlantirish texnologiyasini ishlab chiqish

O'quvchilarga / Kimyo
Silvinitni uch bosqichli shlamsizlantirish texnologiyasini ishlab chiqish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti Magistratura bo'limi Qo'lyozma huquqida UDK:661.322.1 Rahmatov Doniyor Xudoyorovich «Silvinitni uch bosqichli shlamsizlantirish texnologiyasini ishlab chiqish (Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi misolida)» mutaxassislik: 5A320401-Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (mineral o'g'itlar kimyoviy texnologiyasi) Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya Qarshi - 2013 yil MUNDARIJA Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida etibor qaratildi. Bugungi kunda ko'plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o'rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so'zsiz isbotlab bermokdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o'zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta'minlash, faoliyat ko'rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi turlarini o'zlashtirish bo'yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2012-2016 yillarda hisob-kitoblar bo'yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo'lgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko'zda tutilmokda. Haqiqatan ham 20 yil mobaynida xalqimiz Prezidentimiz rahbarligida mislsiz yutuqlarga erishdiki, buni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy sohalarda ko'rish mumkin. Ayniqsa iqtisodiy sohalardagi muvaffaqiyatlarimiz jahon ahlini hayratga solmoqda. Kelajakka har tomonlama barkamol mamlakatni meros qoldirish siyosatning muhim bo'g'inidir. Mustaqil O'zbekistonda ijtimoy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining yaratilishi boshqa muhim ho'jalik tadbirlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish tizimlarida tub o'zgarishlar yuz berishini ko'zda tutadi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov o'zining «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning choralari va yo'llari» nomli asarida bank va moliya tuzilmalariga qo'shimcha yordam berish, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining faolligini kuchaytirish, rag'batlantirish va boshqa chora-tadbirlarni ishga solishni ko'zda tutish kerakligini takidlab o'tadi. [1] Shu bois sanoat korxonalarida mavjud bo'lgan muammolarni bartaraf etish maqsadida mamlakatimizda innovatsion tadqiqotlar borasida ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov aytganlaridek, Mahsulot raqobatbardoshligini ta'minlash uchun ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash bo'yicha katta va kichik loyihalarni izlash, buning uchun zarur mablag' va manbalarni topish, bu xar bir korxona rahbari va muhandis-texnik xodimlarining birinchi navbatdagi eng muhim vazifasi va majburiyati bo'lmog'i kerak. 2007 yil 1 mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Kaliyli tuzlar Tyubegatan konining bazasida kaliyli o'g'itlarning dehqonobod zavodini qurilishini tashkil qilish haqidagi qarori chiqarilgan. Ushbu qarorga binaon kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarish maqsadida 2010 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 4.25 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 4.25 MB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga