Simlik xomashyosi asosidagi preparatlarning zamonaviy yo'l bilan analiz qilish

Simlik xomashyosi asosidagi preparatlarning zamonaviy yo'l bilan analiz qilish

O'quvchilarga / Kimyo
Simlik xomashyosi asosidagi preparatlarning zamonaviy yo'l bilan analiz qilish - rasmi

Material tavsifi

Simlik xomashyosi asosidagi preparatlarning zamonaviy yul bilan analiz qilish Reja: Namunani plastinkaga tomizish Ochiltirish (Modifikatsiya qilish) Natijalarni hujjatlashtirish Standartlashtirish va xalqaro normalashtirish Yupqa qavatli xromatografiya (YuqX) usuli dorivor o'simliklar tahlili uchun keng qo'llaniladigan usuldir. YuqX usulining qulayliklaridan biri yakuniy natija olish uchun uning parametrlarini o'zgartirish osonligida hisoblanadi. Boshqa tomondan esa analiz uslublari standartlashmagan va analizning aniq shart-sharoitlari belgilanmagan. Shunga qaramasdan YevropaFarmakopiyasida (European Pharmakopoeia) instrumentlashgan YuqXning yangi zamonaviy imkoniyatlari ko'paymoqda. U tez suratlar bilan rivojlanmoqda. Odatda YuqX dorivor o'simliklar va farmsanoat uchun keng qo'llanilganligi sababli bu usul dorilarni identifikatsiya qilishda jahon farmakopiyasida katta aqamiyatga ega. Odatdagi YuqXda olingan natijalarni aniq hisoblash va taqqoslashda qiyinchiliklarga duch kelinadi. Oddiy YuqXning natijalari biz e'tibor bermagan har xil omillar ta'sirida noaniq chiqadi. Metodologiyani takomillashtirishda qarama-qarshiliklar keltirib chiqaradi, to'g'ri va aniq natijalar olish uchun kamchiliklarga uchraydi. Shunday qilib, YuqXni eskirib borayotgan usul sifatida qarash va uni nisbatan ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YusSX) yoki boshqa usul bilan almashtirish kerak degan fikrga kelishi mumkin. Shularga qaramay bu usulning o'ziga xos xususiyatlari bor, masalan; analizda faqat suratini olish identifikatsiya qilish imkonini beradi, shu bilan birga barqarorlikni tekshirish uchun yoki ishlab chiqarishda mahsulot sifatini aniqlashda o'ziga xos ahamiyatga ega. Analizning tezkorligi va kam sarfliligi bilan ham ahamiyatlidir. Farmatsevtika va kimyo sanoatining tezkorlik bilan rivojlanishi o'z-o'zidan YuqX usulubining ham takomillashini talab etadi. Mazkur ishda YuqX uslubining nazariy ma'lumotlarini va amaliy natijalarini ochib berishga harakat qilingan. Yevropafarmakopiyasida YuqX hamma dorivor o'simliklar, ekstraktlar va ba'zi sintetik preparatlarni identifika-tsiyasi uchun asosiy usul sifatida qo'llaniladi. YuqX uncha zamonaviy darajadagi usul bo'lmasa ham farmakopiyadagi istalgan boshqa usubga bog'liqligi va texnikasi kam emas. Keyingi vaqtlarda YuqX usuli va yuqori samarali yupqa qavatli xromatografiya (YusYuqX) usuli bilan takomillashib, qo'llanilish sohasi ham kengayib bormoqda. Instrumental YusYuqX namunaning sepilishi, ko'tarilish jarayoni va natijalarni qayd qilish bosqichlarining aniqligi bilan oddiy YuqXdan tubdan farq qiladi. Plastinkalar ko'rsatkichining aniqligi uslubning muhim tajribaviy xususiyati hisoblanadi. YusYuqXning muhim jihati shundaki, natijalar faqat surat shaklida taqqoslanmaydi. Shu bilan birga YusYuqX miqdoriy usul sifatida ham qaraladi, uni farm yo'nalishida miqdoriy analiz sifatida qo'llash imkoniyati bor. Asosan miqdoriy aniqlashlar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YusSX) yordamida bajarilar edi. Texnikalashgan YusYuqX usuli uni almashtirish imkonini berdi. Uslubni muqobillashtirish va standartlashtirish tajriba natijalari samaradorligining oshishiga olib keladi. Nazariy ma'lumotlar va amaliy manba ma'lumotlariga asoslanib, zamonaviy YuqX-yuqori samarali YuqXni ishlatilish sohasi kengayib bormoqda. Plastinkalar va ularning xarakteristikalari 70-Yillar oxirida rastalarda yangi YusYuqX plastinkalar paydo bo'la boshladi. Bu plastinkalar tor, o'rta o'lchamli (5 (m) sorbentli va keng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.97 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.97 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga