Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning maqsadi, ularning shakllari. O'quvchilarning ozlashtirishini hisobga olish va baholash Reja: Maqsad1. Sinfdan (va maktabdan) tashqari ishlar, ularning turlari. 2. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar tashkil etishning asosiy prinsiplari, o'quvchilar kasb tanlashiagi ahamiyati. 3. Sinfdan tashqari ishni tashkil etish va rasmiylashtirish. 4. Mashg'ulotlarda rolli sahnalashtirish. 5. Yubiley kechalari, kimyoviy shashka o'yini. 6. Kimyo o'qitish natijalarini nazorat qilishning maqsadi, shakli, usullari va ahamiyati. 7. Og'zaki so'rash, yozma ish, sinov-test. 8. Test, testning o'quv jarayonining turli bosqichlarida nazorat qilishda qo'llanilishi. 9. yetuklik attestati olish imtixoni. 10. O'quvchilar ozlashtirishini baholash me'yorlari. 11. O'quvchilarning ozlashtirishi va sifat ko'rsatkichlari. O'quvchilarning ozlashtirishini nazorat qilish o'quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Uning vazifasi o'qitish maqsadi qaysi darajaga yetgan-yetmaganligini aniqlashdir. O'rta maktabda o'quvchilarning bilimini nazorat qilish o'qitish xarakteriga ega bo'lganligi uchun nazorat qilish usullari boshqa o'qitish usullari bilan chambarchas bog'langan. O'quvchilar bilimini nazorat qilish vaqtida xam o'qitish, tarbiyalash, rivojlantirish funksiyalari bajariladi. O'qitish ahamiyati shundaki, o'quvchi oz bilimi va ko'nikmalarini doim to'grilab turishining imkoni bo'ladi .O'quvchilar bilimini nazorat qilishining tarbiyaviy ahamiyati juda katta . Doimiy tekshirishlar o'quvchini sistematik ravishda ishlashga o'rgatadi, olingan bilim va ko'nikmalarini amalda qo'llay oladi.O'quvchilarda mas'uliyatlik, maqsad sari yo'nalish, mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yengish va boshqa ma'naviy fazilatlar shakllanadi. O'quvchilar bilimini nazorat qilishda ularni rivojlantiruvchi ahamiyatiga alohida e'tibor beriladi. O'quvchilarning fikrlash qobiliyati, analiz, sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlik kiritishlar xam alohida nazorat qilinadi. Kimyo o'qitish natijalarini nazorat qilishning shakllari xilma-xil bo'ladi. Bu nazoratning tashkil qilinishiga- individual, frontal, guruh va differentlashgan, yeki bajarilishiga bog'liq.-og'zaki, yezma, eksperimental bo'lishi mumkin. Bundan tashqari didaktikada nazorat turlari mavjud, ular didaktik funksiyasiga bog'liq: mavzu o'qitishdan oldin, dars vaqtida, chorak yeki yarimyillik, yil oxirida. Nazorat qilish usullari. Og'zaki nazorat va oz-ozini nazorat qilish usullari: a) individual so'rash b) frontal so'rash v) og'zaki zachetlar g) og'zaki imtihon d) programmalashtirilgan so'rash e) og'zaki oz-ozini nazorat qilish. Yozma nazorat va oz-ozini nazorat qilish usullari: a) yozma nazorat qilish b) yozma zachetlar v) yozma imtihon g) programmalashtirilgan yozma ishlar d) yozma ravishda oz-ozini nazorat qilish. Amaliy-laboratoriya nazorati va oz-ozini nazorat qilish usullari: a) kontrol - laboratoriya ishlari b) ENM yordamida nazorat qilish v) eksperimental masalalar yechish g) amaliy-laboratoriya ishlari yordamida oz-ozini nazorat qilish. O'quv vaqtining juda cheklanganligi tufayli o'qituvchi dars vaqtida hamma o'quvchilarni so'rab chiqa olmaydi, shuning uchun o'quvchilarning butun ishi davomida ularni doimo ishini kuzatib borish kerak. Dars plani tuzishda so'raladigan o'quvchilarnigina emas, balki tekshirib borilishi kerak bo'lgan, orqada qolayotganligi ma'lum bo'lgan o'quvchilarni ham darsda ikki-uch marta turgizib so'rash kerak. Surash - o'quvchilarning ozlashtirishini hisobga olishning asosiy formasidir. Maxsus ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.67 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.67 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:13 ]
Arxiv ichida: doc